Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TARIXIY ILDIZLARDAN GLOBALLASHUVGACHA: TURKIY XALQLAR O‘RTASIDAGI TIL VA MADANIYAT UYG‘UNLIGI
Avazbekova Barchinoy Baxodirjon qizi · Maxammatjonova Zebo Ma’rufjon qizi · Avazbekova Barchinoy Bakhodirjon kızı · Makhammatjonova Zebo Marufjon kizi · Kokand Üniversitesi Andijan Şubesi · Авaзбекова Барчиной Бахадиржоновна · Махамматжанова Зебо Маъруфжоновна
Для учителей · 2026
Аннотация
В данной статье анализируются тенденции развития тюркологии в условиях глобализации, особенности межкультурных связей между тюркскими народами и значение лингвокультурологии как науки. Освещается взаимное влияние культуры и языка среди тюркских народов, рассматриваются возможности и проблемы, возникающие в процессе глобализации. Кроме того, исследуются актуальные вопросы сохранения и развития национальной самобытности тюркских народов через взаимодействие различных культур. 645 Ключевые слова. Глобализация, межкультурная коммуникация, лингвокультуро- логия, единство языка и культуры, тюркология, тюркские народы, культурное наследие, национальные ценности, языковая политика, глобальная культура, идентичность, межкультурный диалог, цифровое образование, транснациональная культура, молодежь и межкультурная коммуникация. FROM HISTORICAL ROOTS TO GLOBALIZATION: THE HARMONY OF LANGUAGE AND CULTURE AMONG TURKIC PEOPLES Avazbekova Barchinoy Baxodirjon qizi, Maxammatjonova Zebo Ma’rufjon qizi, Students of the Andijan branch of Kokand university, Annotation. This article analyzes the development trends of Turkology in the context of globalization, the unique aspects of intercultural relations among Turkic peoples, and the significance of the science of linguoculturology. It highlights the mutual influence of culture and language among Turkic nations and examines the opportunities and challenges emerging in the process of globalization. Additionally, the article explores the pressing issues of preserving and promoting the national identity of Turkic peoples through intercultural communication. Keywords. Turkology, globalization, intercultural communication, linguoculturology, unity of language and culture, Turkic peoples, cultural heritage, national values, language policy, global culture, identity, intercultural dialogue, digital education, transnational culture, youth and intercultural communication. Turk xalqlari qadimdan geografik va madaniy jihatdan keng hududlarda xususan, Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Kichik Osiyo va hatto Sharqiy Yevropagacha tarqalgan. Ularning madaniyatlararo aloqalari asosan ko‘chmanchilik madaniyati, savdo yo‘llari, diplomatik va harbiy faoliyat orqali rivojlangan. Miloddan avvalgi I ming yillik oxiri va milodiy I ming yillik boshlarida shakllangan qadimgi turkiy qabila ittifoqlari – Xunnlar, keyinchalik Gokturk (Turk) xoqonligi — Sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyo madaniy hayotiga chuqur ta’sir ko‘rsatgan. Ayniqsa, Gokturk xoqonligi davrida (VI-VIII asrlar) turkiy xalqlar o‘rtasida yagona siyosiy va madaniy makon shakllangan, bu esa til va madaniyatda o‘zaro ta’sirni kuchaytirgan. Orxun-Enasoy bitiklari (VIII asr) – o‘z davrida turkiy xalqlarning mustahkam madaniyatlararo aloqalarini ko‘rsatadigan muhim tarixiy yodgorliklardan hisoblanadi. Ushbu bitiklar umumturkiy til va madaniyatni birlashtirishga xizmat qilgan bo‘lib, dunyoqarash va siyosiy qadriyatlarni umumlashtirgan. Keyinchalik, IX-XIII asrlarda Qoraxoniylar, Saljuqiylar kabi davlatlar tarkibida turkiy xalqlar islom madaniyati bilan tanishib, arab va fors madaniyati aloqalarini mustahkamlashgan. Bu jarayonda turkiy xalqlar madaniyatida diniy va ilmiy taraqqiyot kuchaydi, arab-fors tilidan ko‘plab ilmiy va madaniy atamalar o‘zlashtirildi. XIII-XIV asrlarda Oltin O‘rda, Chig‘atoy ulusi va boshqa turkiy davlatlar orqali Yevropa va Osiyo madaniyatlari o‘rtasidagi vositachi sifatida turkiy xalqlar madaniyatlararo aloqaning rivojlanishiga xizmat qildilar. Ayniqsa, Buyuk Ipak yo‘li orqali amalga oshirilgan savdo va madaniy almashinuvlar bu jarayonda muhim o‘rin tutgan. Turk xalqlarining madaniyatlararo aloqasi boyish, moslashish va o‘zaro ta’siri asosida asrlar davomida rivojlanib, ular har bir tarixiy davrida boshqa xalqlar bilan diniy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan muloqotga kirishib, o‘z milliy xususiyatlarini saqlab qolishga va boyitishga muvaffaq bo‘lganlar. Bugungi globallashuv davrida turkiy xalqlar o‘rtasidagi madaniyatlararo aloqalar yangi bosqichga ko‘tarildi. XX asr oxiri va XXI asr boshlarida mustaqil turkiy davlatlarning vujudga kelishi (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon kabi) o‘zaro siyosiy, madaniy va ilmiy aloqalarning faollashuviga asos yaratdi. 1992-yilda tashkil etilgan Turk Kengashi (hozirgi nomi – Turkiy davlatlar tashkiloti) turkiy xalqlarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash, umumiy tarixiy va madaniy merosni saqlash va rivojlantirishda muhim rol 646 o‘ynayapti. Ushbu tashkilot doirasida madaniyat, ta’lim, ilm-fan va san’at sohalarida ko‘plab qo‘shma dasturlar amalga oshirilmoqda. Madaniyatlararo almashinuvning muhim shakllaridan biri sifatida har yili o‘tkaziladigan “Turk dunyosi madaniy festivallari”, “Turkvision” qo‘shiq tanlovi va Turkiy xalqlar adabiyoti forumi kabi tadbirlar alohida e’tiborga loyiqdir. Ushbu tadbirlar turkiy xalqlarning o‘ziga xos milliy san’ati, adabiyoti va madaniy an’analarini butun dunyoga tanitish va ularni mustahkamlash uchun katta ahamiyatga ega. U
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируются тенденции развития тюркологии в условиях глобализации, особенности межкультурных связей между тюркскими народами и значение лингвокультурологии как науки.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируются тенденции развития тюркологии в условиях глобализации, особенности межкультурных связей между тюркскими народами и значение лингвокультурологии как науки. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Turkology, globalization, intercultural communication, linguoculturology, unity, transmilliy madaniyat, globallashuv, lingvokulturologiya, turkiy xalqlar, til siyosati, global madaniyat, til va madaniyat birligi, Kalit so‘zlar. Turkologiya, turkologiya, madaniyatlararo dialog, identitet, yoshlar va madaniyatlararomuloqot., madaniyatlararo aloqa, raqamli ta’lim, milliy qadriyatlar, madaniy meros
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014