К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK VA TURK TILI MAKTAB DARSLIKLARIDA FONETIK MATERIALLAR HAQIDA

FONETIK MATERIALLAR HAQIDA · Muxammadiyeva Sanobar Baxtiyor qizi · Vahit Turk (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · FONETİK MALZEMELER HAKKINDA (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Mukhammadiyeva Sanobar Bakhtiyor kızı (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Vahit Türk (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Мухаммадиева Санобар Бахтиёр кызы (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Вахит Турк (магистрант узбекско-финского педагогического института)

Для учителей · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekistondagi va Turkiyadagi maktab darsliklarida fonetik materiallarning taqdim etilishi tahlil qilinadi. O‘zbek va turk tili maktab darsliklaridagi fonetik materiallarning o‘xshash va farqli jihatlari qiyoslanadi. Kalit so‘zlar. Unli tovushlar, undosh tovushlar, tovush uyg‘unligi, tovush va harf, fonetik materiallar, qiyosiy tahlil. ÖZBEKİSTAN VE TÜRK OKUL DERS KİTAPLARINDAKİ FONETİK MALZEMELER HAKKINDA Mukhammadiyeva Sanobar Bakhtiyor kızı, Özbek-Finlandiya pedagoji enstitüsü'nde yüksek lisans öğrencisi Vahit Türk, Bilimsel danışman, İstanbul kültür üniversitesi öğretim üyesi, filoloji doktoru Özet. Bu makalede Özbekistan ve Türkiye'deki okul ders kitaplarında fonetik materyallerin sunumu analiz edilmektedir. Özbek ve Türk okul ders kitaplarındaki fonetik materyaller arasındaki benzerlikler ve farklılıklar karşılaştırılmaktadır. Anahtar kelimeler. Ünlüler, ünsüzler, ses uyumu, ses ve harf, fonetik malzemeler, karşılaştırmalı analiz. О ФОНЕТИЧЕСКИХ МАТЕРИАЛАХ В УЗБЕКИСТАНСКИХ И ТУРЕЦКИХ ШКОЛЬНЫХ УЧЕБНИКАХ Мухаммадиева Санобар Бахтиёр кызы, магистрант узбекско-финского педагогического института Вахит Турк, научный руководитель, профессор стамбульского университета культуры, доктор филологических наук Аннотатция. В статье проводится сравнительный анализ изложения фонетических материалов в школных учебниках Узбекистана и Турции, а также их различия и сходства. Сравниваются сходства и различия узбекских и турецких школних учебников. Ключевые слова. Гласные, согласные, звуковая гармония, звук и буква, фонетический материал, сравнителные анализ. ABOUT PHONETIC MATERIALS IN UZBEKISTAN AND TURKISH LANGUAGE SCHOOL TEXTBOOKS Mukhammadiyeva Sanobar Bakhtiyor qizi, master’s student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute Vahit Turk, scientific supervisor, professor of Istanbul culture university, doctor of philology 650 Annotation. This article analyzes the presentation of phonetic materials in school textbooks in Uzbekistan and Turkey. Similarities and differences of phonetic materials in Uzbek and Turkish school textbooks are compared. Keywords. Vowels, consonants, sound harmony, sound and letter, phonetic materials, comparative analysis. Turkiy tillar oilasiga kiruvchi turk tili o‘zbek o‘quvchisi uchun butunlay begona emas. Shunga qaramasdan, uning o‘ziga xos farqli qirralari mavjud. Buni, avvalo, tilning kelib chiqishi va fonetika bo‘limidan boshlash lozim. Sababi turk tilini o‘rganayotgan o‘quvchi uchun turk tili fonetikasining o‘ziga xos tomonlarini aniq va lo‘nda qilib ochib berish zarur. Fonetikani yaxshi o‘zlashtirish, bu o‘quvchiga, avvalo, to‘g‘ri talaffuz qilish uchun muhim. So‘z to‘g‘ri talaffuz qilinmasa so‘zning ma’nosi tushunilmaydi yoki noto‘g‘ri tushunchaga olib keladi. Misol uchun: Sinir (chegara) – sinir(asab), olmak(bo‘lmoq) – olmak (o‘lmoq), koku(hid) – koku(ildiz), atmak( otmoq), - etmek (qilmoq), … kabi. Bunga o‘xshagan misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Yana turk tili fonetikasini yaxshi bilgan talabada imlo xatolar ham kam uchraydi. [ I.X.Kamalovna,”O‘zbek auditoriyasi uchun turk tilini o‘qitishdagi ba’zi o‘ziga xoslik xususida” maqolasi,75-bet]. O‘zbek va turk tilining o‘qitilishida esa maktab darsliklari muhim o‘rin tutadi. Bu o‘rinda, avvalo, fonetika bo‘limida nimalar o‘rganilishi haqida ma’lumotga ega bo‘lishimiz kerak. Fonetikada tildagi tovushlar, ularning paydo bo‘lishi va turlari, nutq organlari, ularning tovush hosil qilishdagi harakat holati, nutq apparati, nutq tovushlarining akustik va artikulyatsion xususiyatlari, nutq jarayonida sodir bo‘ladigan turli xil fonetik hodisalar, nutqning fonetik bo‘linishi, tovushlarning kommunikativ roli, hamda prosodika kabi hodisalar o‘rganiladi. Demak, fonetika- (gr. Phone – tovush) tilning keng ma’noda tovush tuzilishini o‘rganuvchi tilshunoslikning bo‘limi. Har bir til o‘z fonetikasiga ega. U shu tildagi tovushlarning hosil bo‘lishi va talaffuzining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning tasnifi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadi, talaffuz va yozuv munosabatlarini hamda urg‘u va bo‘g‘in xususiyatlarini tekshiradi. [ D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova,”O‘zbek tili fonetikasi” o‘quv qo‘llanmasi, 4-bet]. Maktab darsliklaridagi fonetik materiallar esa tovush tizimi, talaffuz qoidalari, urg‘u haqida ma’lumot beruvchi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. O‘zbek va turk tillarida ushbu materiallar quyidagicha taqdim etiladi: O‘zbek tili darsliklarida fonetik materiallar:  O‘zbek tili darsliklarida fonetik materiallar asosan 1-4-sinflarda boshlang‘ich darajada o‘qitiladi va keyinchalik murakkab fonetik hodisalar 5-9-sinflarda batafsil o‘rgatiladi.  Darsliklarda tovush va harflar alohida bo‘limlarda yoritilib, unli va undosh tovushlarning sinflanishi tushuntiriladi.  So‘z urg‘usi va tovush uyg‘unligi singari hodisalarga darsliklarda kam e’tibor beriladi.  Darsliklarda ko‘proq yozma mashqlar, fikrlashga doir boshqotirmalar, matn bilan ishlash berilgan. Audiomatn tinglash va shu asosda topshiriqlarni bajarish uchun ham darslar keltirilgan. Tu

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘zbekistondagi va Turkiyadagi maktab darsliklarida fonetik materiallarning taqdim etilishi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘zbekistondagi va Turkiyadagi maktab darsliklarida fonetik materiallarning taqdim etilishi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Vowels, consonants, sound harmony, sound and letter, phonetic materials, tovush uyg‘unligi, Kalit so‘zlar. Unli tovushlar, tovush va harf, qiyosiy tahlil., undosh tovushlar, fonetik materiallar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники