Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MADANIYATLARARO ALOQANING O‘RNI VA LINGVOKULTUROLOGIYA HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR
Umarova Farangiz No‘monjon qizi · Umarova Farangiz Nomonjon kızı · Умарова Фарангиз Номонжоновна
Для учителей · 2026
Аннотация
В данной статье анализируются понятия межкультурной коммуникации и лингвокультурологии, их взаимосвязь и значение в современной лингвистике и процессах коммуникации. Рассматриваются различия, стереотипы и процессы культурной адаптации, возникающие в ходе общения между представителями разных культур. Кроме того, исследуется связь лингвокультурологии с языковыми единицами, фразеологией, речевым этикетом и культурными ценностями. Ключевые слова. Межкультурная коммуникация, лингвокультурология, коммуникативная компетентность, речевой этикет, культурные различия, менталитет. THE ROLE OF INTERCULTURAL COMMUNICATION AND BASIC CONCEPTS OF LINGUOCULTUROLOGY Farangiz Umarova No`monjon kizi, Uzbekistan state world languages university student 662 Annotation. This article analyzes the concepts of intercultural communication and linguoculturology, their interrelation, and their significance in modern linguistics and communication proceses. It duscusses the differences, stereotypes, and cultural adaptation processes thar arise during communication between representatives of different cultures. Additionally, the article explores how linguoculturology relates to linguistic units, phraseology relates to linguistic units, phraseology, speech etiquette, and cultural values. Keywords. Intercultural communication, communicative competence, linguoculturology, cultural differences, speech etiquette, mentality. Bugungi globallashgan dunyoda madaniyatlararo muloqot muhim ahamiyat kasb etmoqda. Turli millat va madaniyat vakillari o‘rtasidagi aloqa nafaqat xalqaro munosabatlar, balki ta’lim, biznes, diplomatiya va ijtimoiy hayotning turli jabhalarida ham tobora muhim o‘rin egallamoqda. Bunday sharoitda samarali muloqot olib borish uchun nafaqat tilni mukammal bilish, balki o‘sha tilda so‘zlovchi jamiyatning madaniyati, mentaliteti va urf-odatlarini ham tushunish zarur. Madaniyatlararo aloqa – bu turli madaniyat vakillari o‘rtasida axborot almashinuvi, tushunish va o‘zaro anglashuv jarayonidir. Har bir millat va etnos o‘ziga xos qadriyatlar, dunyoqarash, muloqot me’yorlariga ega bo‘lib, bu jihatlar til vositasida ifodalanadi. Shuning uchun tilni o‘rganish jarayonida lingvokulturologik jihatlarni hisobga olish muhimdir. Lingvokulturologiya esa til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni o‘rganib, turli tillarda ifodalangan madaniy qadriyatlar va mentalitetni tadqiq qiladi. Madaniyatlararo aloqa jarayonida insonlar nafaqat lingvistik bilimlarga, balki o‘zga madaniyatni tushunish va hurmat qilish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi kerak. Chunki turli xalqlarning dunyoqarashi, qadriyatlari va nutq madaniyati o‘rtasida jiddiy farqlar mavjud bo‘lib, ular noto‘g‘ri talqin qilinganda tushunmovchilik yoki hatto ziddiyatlar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, G‘arb jamiyatlarida shaxsiy hududga ehtiyotkorlik bilan yondashiladi, ya’ni insonlar o‘zaro suhbatda ancha masofa saqlaydi. Sharq madaniyatlarida esa jismoniy yaqinlik va aloqa (masalan, quchoqlashish, yelkaga qo‘l qo‘yish) do‘stona munosabat ramzi hisoblanadi. Bunday tafovutlar xalqaro aloqalar jarayonida hisobga olinishi lozim. Madaniyatlararo muloqotning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun quyidagi jihatlar muhim hisoblanadi: Til bilimi – samarali aloqa uchun chet tilini bilish muhim, lekin lingvistik bilimning o‘zi yetarli emas. Madaniy kompetensiya – suhbatdoshning madaniyatini, urf-odatlarini va qadriyatlarini tushunish lozim. Empatiya va bag‘rikenglik – turli madaniy yondashuvlarni hurmat qilish va tushunishga intilish kerak. Stereotiplardan voz kechish – har bir insonning individual xususiyatlari borligi e’tiborga olinishi lozim. Shunday qilib, madaniyatlararo aloqa nafaqat turli tillarni o‘zlashtirishni, balki o‘sha tilda so‘zlashuvchilarning madaniyatini tushunishni ham talab qiladi. Bu jarayon turli xalqlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va global muloqotni yaxshilashga xizmat qiladi. Shuningdek, madaniyatlararo muloqot tamoyillarini o‘rganish kommunikativ shokning sabablarini aniqlash imkonini beradi. Bunday identifikatsiyalash kommunikativ shokning oqibatlarini bartaraf etishning bir usuli hisoblanadi. Xalqlarning madaniyatlararo o‘zaro munosabatlar jarayonining asosi - murakkab yondashuvlardan foydalanib, muloqot xususiyatlarini o‘rganish, muvaffaqiyatli madaniyatlararo muloqot mavzusi sifatida tilni o‘rganish usullarini tanlashda sifatli o‘zgarishlar [1.https://conferencea.org]. Til nafaqat aloqa vositasi, balki u xalqning tarixiy tajribasi, urf-odatlari, qadriyatlari va hayot tarzining aksidir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi, albatta. Masalan, turli xalqlarning kundalik mloqotida uchraydigan iboralar, nutq etiketi va metaforalar o‘sha jamiyatning madaniy xususiyatlarini aks ettiradi. Ingliz tilida vaqt iqtisodiy resurs sifatida qabul qilinib, “Time is money 663 “ ( Vaqt- bu pul ) kabi iboralar keng ishlatilsa, o‘zbek madaniyatida vaqt bardavomlik va hayotiy tajriba bilan bog‘liq bo‘lib, “Ko‘pni ko‘rgan ko‘pni biladi“ kabi iboralar uchraydi.
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируются понятия межкультурной коммуникации и лингвокультурологии, их взаимосвязь и значение в современной лингвистике и процессах коммуникации.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируются понятия межкультурной коммуникации и лингвокультурологии, их взаимосвязь и значение в современной лингвистике и процессах коммуникации. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Intercultural communication, communicative competence, linguoculturology, lingvokulturolgiya, nutq etiketi, Kalit so‘zlar. Madaniyatlararo aloqa, mentalitet., madaniy tafovutlar, kommunikativ kompetensiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024