Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IQBOL MIRZO SHEʼRLARIDA PRAGMALINGVISTIK BIRLIKLARNING ISHLATILISHI
BIRLIKLARNING ISHLATILISHI · Oʻtamurodova Nafisa Mansurjon qizi · BİRİMLERİN KULLANIMI (Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institute talabasi) · Utamurodova Nafisa Mansurjon kızı (Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institute talabasi) · Utamuratova Nafisa Mansurjon qizi (Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institute talabasi) · ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПРАГМАЛИНГВИСТИЧЕСКИХ (student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute) · Утамурадова Нафиса Мансуржон кызы (student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute)
Для учителей · 2026
Аннотация
В данной статье рассматривается художественная ценность стихов Икбола Мирзо, мастерское использование прагмалингвистических единиц в его поэзии, а также значение и содержание прагмалингвистических выражений. Ключевые слова. прагмалингвистика, течение прагматизма, фразеологические единицы, лексическое значение Oʻzbek sheʼriyatining nomdor vakillaridan biri boʻlgan, oʻzining alohida uslubi bilan boshqa shoirlardan ajralib turgan ijodkor Iqbol Mirzo maʼnodor,takrorlanmas,mazmunli sheʼrlari bilan xalqimiz qalbidan joy olgan adib hisoblanadi.Barchamizga maʼlumki badiiy adabiyotda asar yozma shaklda yoki lirik yoʻnalishda yozilgan boʻlishidan qatʼiy nazar turli badiiy vositalarga,frazeologik,pragmalingvistik birliklarga boy boʻladi.Iqbol Mirzo ham ijod namunalarida pragmalingvistik birliklardan unumli foydalangandir. 687 “Pragmatika” (yunoncha pragma – ish-harakat) aslida falsafiy tushuncha bo‘lib, u Suqrotdan oldingi davrlarda ham qo‘llanishda bo‘lgan va keyinchalik uni J.Lokk, E.Kant kabi faylasuflar Aristoteldan o‘zlashtirganlar. Shu tariqa falsafada pragmatizm oqimi yuzaga kelgan. Bu oqimning asosiy taraqqiyot davri XIX-XX asrlardir. Ayniqsa, XX asrning 20-30-yillarida pragmatizm g‘oyalarining keng targ‘ibi aniq sezila boshladi. Amerika va Yevropada bu targ‘ibotning keng yoyilishida Ch.Pirs, R.Karnap, Ch.Morris, L.Vitgenshteyn kabi olimlarning xizmatlarini alohida qayd etmoq kerak.U. Montegyu, P.Stroson kabilar pragmatikaning tadqiqot predmeti sifatida deyktik iboralar (“men”, “sen”, “bu yerda”, “u yerda”, “hozir”, “o‘sha paytda” kabilar) mazmunini tavsiflashdan iborat deb qarashadi. Ushbu birliklarning referentini matnsiz aniqlash mushkul ekanligi maʼlum. Meni yomon ranjitding, Sendan qattiq xafaman. Lekin sendek kuydirgi Qizni qaydan topaman. [25-bet] “Kuyganyorda yozilgan sheʼr”dan olingan parchada “kuydirgi qiz” iborasiga koʻzimiz tushishi mumkin, bu pragmalingvistik birlikning shoir tomonidan nozik shaklda qoʻllanilganligiga guvoh boʻlamiz. Quyida ushbu frazemaning tahlilini ko‘rib chiqamiz. “Kuydirgi qiz” – bu obrazli ibora bo‘lib, odatda hazilkash, o‘tkir til bilan gapiradigan, biroz qitiq beradigan yoki odamlarni o‘z gaplari bilan “kuydiradigan” qizlarga nisbatan ishlatiladi. Bu ibora ko‘pincha quyidagi ma’nolarda qo‘llanadi: 1. Hazilkash qiz – odamlarni hazil bilan “jazavaga soladigan” yoki ularni kuldira oladigan qiz. 2. O‘ziga ishongan qiz – hech narsadan cho‘chimaydigan, o‘z fikrini ochiq aytadigan qiz. 3. O‘tkir til – keskin va ta’sirli gaplar bilan odamlarni “qizdiradigan” qiz. Bu so‘z odatda ijobiy yoki hazilomuz ohangda ishlatiladi, ammo ba’zan ozgina kinoya ham bo‘lishi mumkin. Dili qonga toʻlib, ko‘zlari – yoshga, Alp Tegin bir hikmat chegirdi toshga: ”Bizning qayg‘umiz yo‘q boladan boshqa...” Bolangga bogʼlidir o‘ylaring, o‘zbek.[31-bet]. “Oʻzbek” sheʼridan olingan parchada “dili qonga toʻlib” pragmalingvistik iborasini uchratamiz.”Dili qonga toʻlib” – pragmalingvistik iborasi chuqur gʻazab, alam yoki dard bilan toʻlgan holatni ifodalaydi. Ushbu ibora majoziy maʼnoda ishlatiladi va insonning ichki holatini, yaʼni qattiq ranjigan yoki adolat izlayotgan hissiyotini aks ettiradi. Bundan tashqari biz boshqa yozuvchi va shoirlarimizning asarlarida ham dili qonga toʻlib iborasini uchratishimiz mumkin. Misol qilib aytadigan boʻlsak. Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romanida “Kampir Yusufbek hojining soʻzlarini eshitib, dili qonga toʻldi. Bunday bexabarlikdan yuragi ezildi. Bu yerda kampirning qayergani, ich-ichidan ezilgani koʻrsatilgan. Alisher Navoiyning gʻazalida Dil nola bilan yonar, jismim qora tutar. Koʻzim yoshi bila daryo, dil qonga toʻldi. Bu mislarda qalb iztirobi, ichki dard alam tasvirlangan. Yoki boʻlsa Oybekning “Navoiy” romanida Ustod Navoiy Husayn Boyqaroning nohaqligini koʻrib dili qonga toʻlib, unga tanbeh berish uchun yoʻl oldi. Bu misolda Navoiyning yuragi gʻam va alamga toʻlganini koʻrish mumkin.Pragmalingvistik jihatdan, bu ibora ko‘pincha shikoyat, nolish yoki qattiq norozilikni ifodalash uchun ishlatiladi. Masalan, agar kimdir ogʻir xiyonatga uchragan yoki katta adolatsizlikka duch kelgan bo‘lsa, u “Dilim qonga to‘ldi” deb aytishi mumkin. Qoshlaring kamon deymi, Yuragim nishon deymi, Kipriging paykon deymi, Jigar-bagʼrim qon deymi, Ko‘zlaring cholpon deymi, [33-bet]. “Soʻroq” sheʼridan olingan ushbu parchada esa “jigar-bagʻrim qon” va “koʻzlaring choʻlpon” iboralariga ahamiyat beradigan boʻlsak bu iboralar yorning goʻzal ekanligini tasvirlash 688 uchun shoir nozik did ila soʻz tanlagan degan fikrga kelamiz."Jigar-bagʻrim qon" pragmalingvistik iborasi insonning chuqur iztirob, qaygʻu yoki alam chekayotganini ifodalaydi. Bu ibora majoziy maʼnoda ishlatiladi va ogʻir ruhiy yoki jismoniy azobni anglatadi. “Koʻzlaring choʻlpon” iborasi goʻzallik, umid yoki nur taratuvchi ko‘zlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bu ibora majoziy ma’noga ega bo‘lib, odatda insonning ko‘zlarining jozibadorligi, porlashi yoki ilhomlantiruvchi ta’sirini ta’riflash uchun qo‘llanadi. Koʻrib turganingi
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается художественная ценность стихов Икбола Мирзо, мастерское использование прагмалингвистических единиц в его поэзии, а также значение и содержание прагмалингвистических выражений.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается художественная ценность стихов Икбола Мирзо, мастерское использование прагмалингвистических единиц в его поэзии, а также значение и содержание прагмалингвистических выражений. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Pragmatic linguistics, pragmatism movement, phraseological units, lexical, Kalit soʻzlar. Pragmalingvistika, pragmatizm oqimi, frazeologik birliklar, lugʻaviy maʼno.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024