Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ERKIN A’ZAM HIKOYALARI TILINING SOTSIOLINGVISTIK TAHLILI
Sayfullayeva Shaxrizoda Jamshid qizi · Saifullayeva Shahrizoda Jamshid kızı (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Sayfullayeva Shakhrizoda Jamshid qizi (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi)
Для учителей · 2 · 2026
Аннотация
In this scientific work, the sociolinguistic analysis of the language of Erkin Azam’s stories and their significance in the formation of artistic text is studied. Keywords. Sociolinguistics, dialect, paralinguistic means, argo, jargon, vulgarism, slang. СОЦИОЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ЯЗЫКА РАССКАЗОВ ЭРКИНА АЪЗАМА Сайфуллаева Шахризода Джамшид кызы, студентка Узбекско-Финского педагогического института Аннотация. В данной научной статье изучается социолингвистический анализ языка рассказов Эркина Аъзама и их значение в формировании художественного текста. Ключевые слова. Социолингвистика, диалект, паралингвистические средства, арго, жаргон, вульгаризм, варварство, сленг. Kirish. Har bir tilning adabiy tilga mansub bo‘lmagan, biroq xalqning katta qismi uchun asosiy muloqot vositasi hisoblangan so‘zlari mavjud. Bu so‘zlar kundalik hayotda ko‘p ishlatilgani bois tilshunoslikda ulardan voz kechib bo‘lmaydi. Muloqot uchun qulay hisoblangan bu birliklar tilshunoslikda sotsiolekt deb yuritiladi. Sotsiolekt – umumiy ijtimoiy xususiyatlariga ko‘ra birlashgan ayrim guruhlarning lisoniy ehtiyojlarini qondirish asosida nutq amaliyotida ishlab chiqilgan muloqot shakli. Mazkur shakllar ijtimoiy chegaralangan kishilar guruhining kommunikativ ehtiyojlariga xizmat qiladi. Sotsiolingvistik nuqtayi nazaridan sotsiolektga “argo”, “jargon” va “sleng” kiradi [3,23-b]. Shuningdek, paralingvistik so‘zlar va dialektizmlar ham sotsiolingvistikada o‘rganiladi. Sleng (“slang” – ingliz tilidan olingan bo‘lib jargon, oddiy, og‘zaki leksikaga xos so‘zlar”), umumiy sleng, maxsus sleng (jargon va argon maxsus so‘zlar) hamda vulgarizm (qo‘pol so‘zlar) 694 haqida so‘zdir [2,297-b]. “U yonidagi temir sandiqdan shisha oladi. – Mana shundan jindakkina otib yuborsang, odam bo‘lasan-qolasan. Nima, deysanmi? Talmovsirama. Dori bu, dori – qultamitsin. Qult-qult yutasan – tamo-om, olam guliston!” (E.A’zam “Ta’ziya” hikoya) Ushbu parchada keltirilgan “dori”, “qultamitsin” so‘zlari “aroq – spirtli ichimlik”, “otib yubormoq” so‘zi “ ichmoq” ma’nosida qo‘llangan hamda shu ma’noni yashirin va yumshoqroq ifodalashga xizmat qilgan. “…Hammani o‘ziga qaratib, shang‘illagancha allanimalarni vaysab ketaveradi. Lug‘ati ham antiqa: tramvayni «uch tiyinlik» deydi, taksini – «pulyutar», restoranni – «registron»”. Erkin A’zamning “Anoyining jaydari olmasi” hikoyasidan olingan mzakur parchada qahramon tilida keltirilgan “pulyutar”, “uch tiyinlik”, “registron” so‘zlari ham jargonlar bo‘lib, qahramonning, qishloqlik jaydari yigitga xos qiyofasini yaqqol gavdalantirish, uslubiy maqsadni yuzaga chiqarishda foydalanilgan. “– O‘tir, o‘tir! Qo‘zilaring qo‘lingga qaraydi, ikkita issiq patir o‘rab beray, — dedi onasi kiftidan bosib.” (E.A’zam “Piyoda” hikoya). “Er-xotinning orasida nimalar bo‘lmaydi, falokat-da buyam, yarashib ketar, o‘rtada jujuqlari bor, neki qilgan bo‘lsa – o‘zining sho‘riga, qo‘yinglar shuni, deb bir og‘iz arz qilib borganida-ku, har qalay, el-yurtda obro‘si bor, bu yog‘i mahalliychilik, hammayam odam – chiqarib kelardi o‘g‘lini.”( E.A’zam “Ta’ziya” hikoya) Ikkala gapda keltirilgan “jujuqlar” va “qo‘zilar” so‘zlari “bolalar” so‘zi o‘rnida qo‘llanib, birinchi gapda onaning tasvirini chizish va keksa onalarga xos mehr, erkalash kabi jihatlarni ifodalashga, ikkinchi gapda esa bolalarning yosh jihatdan kichikligini ifodalashga xizmat qilgan. Ijtimoiy muloqot jarayonida ayol va erkaklar nutqida o‘ziga xosliklar mavjud bo‘lib, ular yosh, irq, ijtimoiy mavqe va boshqa jihatlar bilan bogliq bo‘ladi. Shu jihatdan keksalar va yoshlar, ayollar va erkaklar nutqida bir qancha farqlar seziladi. “Mana buni enang berib yubordi, suzma-chakki. «Chalob qilib ichsin, chanqog‘i bosiladi, - dedi.- Shaharlik qizlardi ketidan yuguraverib tomoqqinalari qaqrab ketgandir bolaginamning», dedi. … U yoqda enasi og‘ir yotibdi, «Ulimning mavridginasini ko‘rmay ketadigan bo‘ldim-da», deb chirqillagani-chirqillagan.” (E.A’zam “Anoyining jaydari olmasi” hikoyasi) Keltirilgan ushbu parchalarda “Ulimning mavridginasi”, “tomoqqinalari qaqrab ketgandir bolaginamning” birikmalarida qo‘llangan shevaga xos so‘zlar va –gina kichraytirish-erkalash qo‘shimchalari keksa yoshli onalar nutqidagi o‘ziga xoslik, ulardagi mehr va yumshoqko‘ngillik kabi xususiyatlarni yuzaga chiqargan. Sotsiolingvistikada parazit so‘zlar, varvarizm va vulgarizmlar kabi umumxalq tiliga xos salbiy unsurlar ham mavjud, ulardan badiiy asarlarda asosan qahramonni tasvirlash kabi uslubiy maqsadlarda foydalaniladi. “Xotinini urib g‘ilay qilib qo‘ydi. Bir yilmi, ikki yil qamoqdayam yotib keldi. Ukkag‘ar bobo aralashmadi, ko‘rgani ham bormadi.” (E.A’zam “Ta’ziya” hikoya) Mazkur gap tarkibidagi “ukkag‘ar” so‘zi vulgar so‘z bo‘lib, erkak kishiga xos nutqni, obrazning o‘ziga xosligini ko‘rsatish uchun nutqqa olib kirilgan. “– Voy bolam-ey, ko‘karib ketibsan-a! Kir-kir… Qachon kelding? Man xavotir olib o‘tiribmanki, bu izg‘irinda bolafaqir qay ahvolda kelarkan, deb. O‘lgur sovuq ham…” ( E.A’zam “Ko‘k eshik” hikoya). U har yili o‘qishga ki
Доказательный фрагмент
«In this scientific work, the sociolinguistic analysis of the language of Erkin Azam’s stories and their significance in the formation of artistic text is studied.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this scientific work, the sociolinguistic analysis of the language of Erkin Azam’s stories and their significance in the formation of artistic text is studied. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sociolinguistics, dialect, paralinguistic means, argo, jargon, vulgarism, slang, sleng., varvarizm, dialekt, vulgarizm, Kalit so‘zlar. Sotsiolingvistika, paralingvistik vosita
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024