К содержанию
РецензированоRU2026

OʻTKIR HOSHIMOV IJODIDA ONA OBRAZINING BADIIY TALQINI

Abdumitalova Xabiba Abdusaid qizi · Imomqulova Gulchehra Norboboyevna (Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · İMAJININ SANATSAL YORUMU (ilmiy rahbar, Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi) · Abdumitalova Habiba Abdusaid kızı (ilmiy rahbar, Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi) · Imomkulova Gulchehra Norboboyevna (ilmiy rahbar, Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi) · Абдумиталова Хабиба Абдусаид кизи (ilmiy rahbar, Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi) · Имомкулова Гулчехра Норбобоевна (Студентка Узбекско-Финского педагогического института)

Для учителей · 2026

Аннотация

В статье анализируются произведения известного узбекского писателя Откира Хошимова “Заметки на полях блокнота” и “Произведения о мире”, по- новому оцениваются актуальные в них темы, а также отражается мастерское изображение писателем образа Матери и восточной женщины, а также их общих качеств. Ключевые слова. Сильная женщина, божественная героиня в произведении, творческое мастерство, универсальная женщина. ARTISTIC INTERPRETATION OF THE IMAGE OF THE MOTHER IN THE WORK OF OTKIR HASHIMOV Abdumitalova Khabiba Abdusaid kizi, Student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute Imamkulova Gulchehra Norboboevna, Scientific Director, teacher of the Uzbek-Finnish pedagogical institute 540 Annotation. This article analyzes the works of the famous Uzbek writer Otkir Hashimov “Notes on the margins of the notebook” and “Works of the world”, evaluates the current topics in them in a new light, and also reflects the skillful depiction of the image of the Mother and her oriental female figure, common qualities created by the writer. Keywords. A reliable woman, divine heroine in the work, creative skill, universal woman. Qaysi millat borki “Ona” siymosini madh etmasa. Dunyoning qay burchagida bo‘lmay, bir yurtdagi farzandini quchib o‘tirgan onani boshqa yurtdagi onaning dilbandiga boʻlgan mehrini taqqoslay olmaysiz. Har ikkisi ham jonining bir parchasi boʻlgan farzandi uchun borini berishga tayyor. Ona shundayin fidokor, shundayin jonkuyar zot-ki u bizga na mansabimiz, na muomalamiz, na gunohlarimizga qarab munosabatda bo‘ladi. Bir kun kelib eng ishongan doʻstingiz yoki jondan aziz yoringiz sizdan ketishi mumkin ammo ona sizga hech qachon pand bermaydi, u doimgidek hokisor, mehribonligicha qolaveradi. Ko‘plab manbalarda ham “Ona” siymosi ulugʻ zot sifatida tasvirlanadi hattoki butun bir davlat, millatni tasvirlashda ham e’tiborimizni qaratishimiz zarur boʻlgan inson bu onadir. Borliqdagi yaratilgan eng nafis, eng noyob, eng qimmatli tariflar ham volidamiz uchundir.Vaholanki, har qaysi asarni tahlil qiladigan bo‘lsak unda “Ona” obrazini topishimiz mumkin. Yozuvchi asar qahramonlariga ta’rif berar ekan “Ona” siymosiga o‘zgacha bir uslubda yondashadi. Bu obrazni gavdalantirayotganda har bir adib o‘z onasini koʻz o‘ngidan oʻtkazadi. Shuning uchun ham bu obraz boshqa asar qahramonlaridan ustun va ajralib turuvchi obrazdir. Hattoki, ona soʻzini eshitar ekanmiz har kishining koʻz o‘ngida shubhasiz o‘z onasi gavdalanadi. Asardagi bu obrazni kitobxonga yuksak mahorat bilan tasvirlab bera olish har qanday yozuvchining ham qo‘lidan kelavermaydi, albatta. Buning uchun kishining qalbida o‘z onasi uchun hech soʻnmaydigan mehr-muhabbat shulasi nur sochib turishi lozim. Ana shunday iliq nur adiblarimiz qalamni charxlashga undaydi. Bu yo‘sinda charxlangan qalamlardan, shubhasiz, tahsinga sazovor sanat asarlari yaraladi. Ana shunday qalam sohiblaridan biri “Oʻzbekiston xalqi yozuvchisi” faxriy unvoni, ”Mehnat shuhrati”, “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari sohibi Oʻtkir Hoshimovdir. U 1941-yil 5-avgustda dunyoga kelgan bo‘lib, bolalik yillarida urush tufayli bir qancha qiyinchiliklarni boshidan kechirgan. Shu qiyinchiliklar tufayli oʻqish bilan birgalikda pul topish ilinjida ishlashga ham majbur bo‘lgan. Keyinchalik “Toshkent oqshomi” gazetasida bo‘lim mudiri, “Sharq yulduzi” jurnalida bosh muharrir bo‘lib ishlagan. U 1962-yilda xalq orasiga “Po‘lat chavandoz” nomli ilk kitobi bilan kirib kelgan. Bundan tashqari unga “Shamollar esaveradi”, ”Bahor qaytmaydi”, ”Odamlar nima derkin”, ”Qalbingga quloq sol” kabi qissalari shuhrat choʻqqisini egallash uchun pillapoya bo‘ldi desak yangilishmagan bo‘lamiz. Biz uni yana mohir tarjimon, romannvis, qissanavis, hikoyanavis sifatida ham yaxshigina tanib olganmiz. Uning har jabhada yetakchiligi, harakatchanligi har bir yosh avlod uchun o‘rnak bo‘la olishi shubhasizdir. O‘tkir Hoshimov ijodini “Ona” obrazisiz tasavvur etish mumkin emas. Bu obraz haqida gap ochar ekanmiz Oʻtkir Hoshimov ijodi birinchilardan bo‘lib yodimizga tushadi. Chunki bu adibchalik hech kim bu obrazni mukammal tarzda ifodalay olgan emas. Aynan “Dunyoning ishlari” asari bunga munosib misol bo‘la oladi. Bu asar haqida taniqli Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad shunday tarif bergan :”Dunyoning ishlari” asarini qissa emas doston deb atashni istardim u qoʻshiqday oʻqiladi. Uni o‘qib turib o‘z onamizni oʻylab ketamiz. Shu oshiq , shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umrlik uzub bo‘lmas qarzlarimizni aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol ko‘z oldimizda koʻndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi.” Oltinga teng bu fikrlar insonni bir muddat oʻyga choʻmdiradi, insonni biroz bo‘lsa ham xulosa olishga undaydi. Bu asarda keltirilgan “Gilam paypoq” “Oq oydin kechalar” “Tush” “ Alla “ “Oltin baldoq” “Rus bolaning onasi” “ Iltijo” kabi hikoyalar insonni e’tiborsiz qoldirmaydi. Bunda haqiqiy jafokash Sharq ayoli gavdalantirilgan. Har bir hikoyada ona madh etiladi. Asar boshida kelti

Доказательный фрагмент

«В статье анализируются произведения известного узбекского писателя Откира Хошимова “Заметки на полях блокнота” и “Произведения о мире”, по- новому оцениваются актуальные в них темы, а также отражается мастерское изобр…»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируются произведения известного узбекского писателя Откира Хошимова “Заметки на полях блокнота” и “Произведения о мире”, по- новому оцениваются актуальные в них темы, а также отражается мастерское изобр… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
A reliable woman, divine heroine in the work, creative skill, universal woman, asardagi ilohiy qahramon, universal ayol., ijodiy mahorati, Kalit soʻzlar. Moʻtabar ayol
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники