Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHE’RIY SAN’AT: SO‘ZLAR ORQALI HISSIYOTLARNI IFODALASH
Bozorova Zulxumor Ilxom qizi · Imomqulova Gulchehra Norboboyevna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Bozorova Zulkhumor Ilkhom kızı (ilmiy rahbar, Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi) · Imomkulova Gulchehra Norboboyevna (ilmiy rahbar, Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi) · Бозоровa Зулхумор Ильхом кизи (ilmiy rahbar, Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi) · Имомкулова Гулчехра Норбобоевна (Студентка Узбекско-Финского педагогического института)
Для учителей · 2026
Аннотация
Данная статья посвящена самой увлекательной и сложной отрасли литературы – литературному искусству. В то же время в статье представлена методология поэтического искусства, их применение и анализ. На примерах газелей показано, что роль художественного часа в литературе ни с чем не сравнима. Ключевые слова. Ташбеx, диагноз, тадид, тальме, соотношение, преувеличение, гулув, таблих, иргак, мушабба, мушабхабхихи, ваджи шабах. POETRY: EXPRESSING FEELINGS THROUGH WORDS Bozorova Zulkhumor Ilkhom kizi, Student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute Imomkulova Gulchehra Norboboevna, Scientific supervisor , teacher of the Uzbek-Finnish pedagogical institute Annotation. This article is about the most attractive and complex field of literature, the artistic arts. At the same time, the article presents the methodology of poetic arts, their application and analysis. By giving examples from ghazals, it is shown that the role of artistic time in literature is incomparable. 543 Keywords. Tashbeh, dias, ta'did, talmeh, tanosub, mubolaga, guluv, tabligh, irgoq, mushabbah, mushabhabhihi, wajhi shabah. Uzoq yillik tarixga ega bo‘lgan, san’at nomini olgan badiiylik vositalari faqatgina she’r bezagi emas, balki shoir xohish va istagini o‘quvchiga yetkazuvchi vosita muallifning rangin tuyg‘ular olami haqida tasavvur beruvchi manba yoki shoir ko‘nglini kitobxon didi va zavqi bilan bog‘lovchi ma’naviy rishta hamdir. Ana shu ma’noda she’riy san’atlar mumtoz adabiyotshunoslikda ilmi bade’ unvoni bilan sharaflangan va unga ilmi adab tarkibiga kiruvchi mustaqil ilm turlaridan biri deb qaralgan. Badiiy san’atlar haqidagi dastlabki ilmiy risolalar johiliyya davrida yoki ilk islom xalifalari zamonida shakllanganiga qaramay, bu san’atlar xalq zakovati va badiiy balog‘atining belgisi sifatida qadimdan mavjud bo‘lgan.Sheriy san’atlar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu san’atni ilmi badi deb yuritilganiga guvoh bo‘lamiz. lmi badi’ (ar. badi’ - go‘zal, chiroyli, ajoyib, nodir, nafis, yangi paydo bo‘lgan narsa ) - Musulmon Sharq poetikasining tarkibiy qismlaridan biri, nutqqa bezak beruvchi san’atlar, ularning o‘ziga xos jihatlari, fikrni go‘zal va mazmunli ifodalash usullarini o‘rganuvchi sohadir. Tashbeh adabiyotda keng qo‘llaniladigan she’riy san’atlardan biri hisoblanadi. Tahbehda asosan biror narsa, belgi yoki harakat boshqa bir narsaga qiyoslanadi. Bu esa o‘sha tushunchani anglash va his qilishni osonlashtiradi. Demak, tashbehni oddiygina qilib o‘xshatish desak ham bo‘ladi.Tashbehning yuzaga kelishida to‘rt unsur ishtirok etishi mumkin. Masalan: “Yuzing go‘zallikda gul kabidir” deyilganda yuz gulga qiyoslaniyabdi. Mushabbah-o‘xshatilgan narsa ( yuz) Mushabbahbihi- o‘xshayotgan narsa (gul) Vosita-o‘xshashatish vositalari (kabi) vajhi shaboh-o‘xshatish sababi (go‘zallikda) Bundan tashqari quyidagi misralarida ham tashbeh she’riy san’atidan mohirona foydalanilgan: Sen gulsen-u, men haqir bulbuldurmen, Sen shu’lasen, ul shu’laga kuldurmen. (Z.M.Bobur) So‘z san’atida -dek, -day, -cha, -simon, -vor, -oso, -vash, -iy, -oyin kabi qo‘shimchalar, kabi, go‘yo, go‘yoki, misli, yanglig‘, xuddi singari so‘zlar o‘xshatish vositasini yuzaga chiqaradi. O‘xshatish vositasi ishtirok etgan g‘azallarda tashbeh yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Ba’zan g‘azallarda o‘xshatish vositasi ham tushib qolib o‘xshamish bilan o‘xshatilmishgina ishtirok etadi. Masalan, “qoshi hiloldek egik” deyish o‘rniga “qoshi hilol” deyilishi, “qomati sarvdek tik” deyish o‘rniga esa “sarvqomat” tarzida ishlatilishi bunga misol bo‘la oladi. Ermas alar tufrog‘-u, sen nuri pok, Xilqat* alarg‘a-yu, sanga-tiyra xok*. (Navoiy) misralarida ham xuddi shu holat kuzatiladi. Asos va vositaning qo‘llanilish yoki qo‘llanmasligidan qat’i nazar o‘xshamish va o‘xshatilmish ishtirok etgan o‘xshatish mutlaq tashbeh (aniq o‘xshatish) deyiladi. Lekin ba’zi o‘rinlarda o‘xshamish ham tushib qolib, faqat o‘xshatilimishgina ishtirok etadi. Bu esa kinoya tashbehni yuzaga chiqaradi. Masalan: Bo‘rini dag‘i galadin dur qil, Suv beribon bog‘ni ma’mur qil. (Navoiy) Tashxis (arab.-shaxslantirish)-jonlantirish demakdir. Turli narsalar, hayvonlar, qushlar, o‘simliklar va boshqalarga insoniy xususiyatlarni ko‘chirish san’atidir.Masalan: Bahor elga aysh-u manga iztirob, Kulub holima barq*, yig‘lar sahob*. (Navoiy) Ushbu musralarda barq ya’ni chaqmoqning kulishi va bulutning yig‘lashi jonlantiriliyabdi. 544 Jamoling vasfini* qildim chamanda, Qizordi gul uyotdin anjumanda*. (Atoyi) Bunda qorning taglarida qish, Bahor uchun so‘zlaydi olqish, (H.Olimjon) Erta tong shamoli sochlarin yoyib, Yonimdan o‘tganda so‘rab ko‘ramen. Aytadir:bir ko‘rib, yo‘limdan ozib Tog‘-u toshlar ichra istab yuramen! (Cho‘lpon) *xilqat-tabiat, tashqi ko‘rinish; *tiyra xok-qora tuproq; *barq-chaqmoq; *sahob-bulut; *vasf-ta’rif; *anjuman-yig‘ilish. Ta`did-fikriy rivoj,ketma-ketlik, tadrijiylik. U grammatik qurilmalarnining bir xil shaklidan ketma- ket foydalanish orqali ham yuzaga chiqarilishi mumkin. Dardga to‘lding, g‘amga to‘lding, telba bo‘
Доказательный фрагмент
«Данная статья посвящена самой увлекательной и сложной отрасли литературы – литературному искусству.»
Образец извлечения
Демо-превьюДанная статья посвящена самой увлекательной и сложной отрасли литературы – литературному искусству. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Tashbeh, dias, ta'did, talmeh, tanosub, mubolaga, guluv, tabligh, irgoq, Kalit so‘zlar. Tashbeh, tablig‘, mubolag‘a, g‘uluv, mushabbahbihi, mushabbah, ta’did, irg‘oq, vajhi shaboh., tashxis
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026