Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TOG‘AY MUROD IJODIDA OT TASVIRI
Boliqulova Mehribon Abdumutal qizi · Pardayeva Iroda Mamayunusovna (Samarqand davlat chet tillari instituti Sharq tillari fakulteti talabasi) · Bolikulova Mehriban Abdumutal kızı (ilmiy rahbar, Samarqand davlat chet tillari instituti dotsenti) · Pardayeva Iroda Mamayunusovna (ilmiy rahbar, Samarqand davlat chet tillari instituti dotsenti) · Боликулову Мехрибон Абдумутал кизи (ilmiy rahbar, Samarqand davlat chet tillari instituti dotsenti) · Пардаева Ирода Мамаюнусовна (государственного института иностранных языков)
Для учителей · 2026
Аннотация
This article analyzes the artistic and philosophical interpretation of the image of the horse in Togay Murod’s work “The Night of the Horse's Neighing”. In the writer's work, the image of the horse is elevated not only as the main theme, but also to the level of a symbolic tool that illuminates the deep layers of national consciousness, historical memory and the human psyche. In particular, the life struggles, honor, freedom and pride in the image of the rider Ziyodulla are expressed artistically through the image of the horse. Also, the writer's language style, the skill of revealing reality through symbols are analyzed on a scientific and theoretical basis. Keywords. Image of the horse, national spirit, freedom, art, the work “The Night of the Horse's Neighing”, folk oral work, “Alpomish” epic, rider, symbols, national consciousness, analysis and interpretation. O‘zbek adabiyotida hayvonot olami timsollar orqali insoniyat hayotining chuqur qatlamlarini ochib berish qadimdan mavjud bo‘lgan an’anadir. Ayniqsa, ot obrazi xalqimizning tarixiy xotirasi, milliy g‘ururi va erkinlikka intilishining ajralmas timsoli sifatida ko‘p bora adabiy ifodasini topgan. Togʻay Murod – XX asr o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos uslub va mazmuniy qatlamlarga ega yorqin vakillaridan biri bo‘lib, uning asarlarida milliy ruh, dehqon tafakkuri va falsafiy teranlik ustuvorlik qiladi. Ayniqsa, “Ot kishnagan oqshom” qissasi badiiy-estetik jihatdan murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, undagi ot obrazi nafaqat syujet markazining tarkibiy elementi, balki asosiy g‘oya va ramziy qatlamni belgilovchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi. “Ot kishnagan oqshom” qissasida halollik va mardlik tarannum etuvchi asarlardan biri bo‘ldi. Qissa qahramoni Ziyodulla kal elning mashhur chavondozi. Chavondozlar orasida ham o‘zining halolligi bilan tanilgan. U g‘irromlik ro‘y bersa to‘g‘risini aytadi. To‘g‘rilik Ziyodulla kalning qonida bor. Ziyodulla bir to‘yda o‘yining chilvar solgan chavondozlarni ko‘rib nafratlanadi! “Birodorlar, chavondozlar nimaga etagini qoqib ketayapti? Adolatga! Nimaga tupurib ketayapti? Adolatga! Kimdan arozalab ketayapti? Adolatdan! Bir to‘yda nomard, iymonsizga achchiq qilib, adolatni o‘tga tashlab ketayapti!”. Lekin Ziyodulla adolat osmonda deguvchilarga qarata shunday deydi: “Yo‘q birodorlar adolat erda! Oyoqlarimiz ostida! Adolat tuproqqa qorashib yotibdi! Adolatni kam buldayin xor qilayapti? Biz o‘zimiz” Qissada chavandoz va hamqishloqlarining adolat yo‘lidagi kurashlari o‘zining g‘oyat ishonarli tasvirini topgan. Masalan, bir yili qishloqqa otlarni go‘shtga topshirish to‘g‘risida buyruq keladi. Tabiiyki buyruq qishloq ahlini sergak torttiradi. Lekin hech kim yurak yutib buyruqqa qarshi borolmaydi. Shunda Ziyodullaga o‘xshagan chavondozlar yani adolatni izlashga to‘shadilar. 554 Bunday noxush xabarni eshitgan Ziyodulla chavandoz shunday deydi: “Kuntug‘mish»ni go‘shtga topshirib bo‘ladimi? “Alpomish”ni go‘sht qilib bo‘ladimi?” Albatta, Ziyodulla chavandoz aytganidek, adolat haqida ko‘p gapirish mumkin. Ammo bu yo‘lda kurashishi esa har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. Ziyodulla ham bu yo‘ldan qaytadiganlardan emas. O‘z e’tiqodida sobit inson. Chavondoz sodda va samimiy, ayni paytda, cho‘rtkesar inson. Bu fazilatlari unga ko‘p tashvishlar keltiradi. “Ot kishnagan oqshom” muallifining ijodida folklorda ko‘p uchraydigan qahramon va obrazlarga duch kelamiz. Ziyodulla kal mana shunday qahramonlardan biri. Kal timsoli xalq og‘zaki ijodidagi ko‘pgina janrlar latifa, doston, ertaklarda uchraydi. Ertaklardagi kal go‘zal malikaga oshiq bo‘ladi va har qanday to‘siqni engib o‘tab uylanadi. Ziyodulla kalning qishloqning eng suluv qizi Momosuluvga uylanishi ham xuddi shu an’anani eslatadi. Folklorda qahramonning suyuklisini ko‘pincha tushida, ko‘zguda, uzuk ko‘zida yoki bir holatda ko‘rib qolib unga oshiq bo‘lib qolish holatlari uchraydi. Bu jarayon Ziyodulla kalning ham tushida ro‘y beradi. Bu obrazdan folklor qahromonlariga xos favqulodda holatlarni toppish mumkin. Ammo yana bir obraz borki biz uning tahlili misolida T.Murodning xalq og‘zaki ijodi namunalariga ko‘p bor tayanganligiga yana bir bor iqror bo‘lamiz bu - ot obrazi. Folklorda ot tasvirlanayotganda ko‘pincha uning zoti afzalligi ta’kidlab o‘tiladi. Masalan: Asli chambilning otisan! Asli turkman xonazoti! “Ot kishnagan oqshom”da ham shu an’anani uchratish mumkin. “Birodorlar buning Surxonda mana bunday gap bor: ot olsang Oboqlidan ol,ayol olsang Irg‘olidan ol. Buning mag‘zi shuki ot deganlari-dev! Ot bepoyonlikka deydi. Ot masofi nimaligini bilmaydi, xudud nimaligini bilmaydi. Ot qahraton qishda dasht-biyotonlarda chopib o‘sadi. Ana shunda dirkillagan ot bo‘ladi. Uchqur keladi! Bedav bo‘ladi!.. Birodarlar, bo‘z ot qanday bo‘ladi? Surpday oppoq bo‘ladi! Bordi-yu ajdodida bo‘lsa to‘qqizga to‘lganda tarlop bo‘ladi. Tarlop xol-xol ot! Tarlop- otlar sarasi.Birodarlar otning yuzdan biri yaxshi bo‘ladi. Tarlop otning yuzdan biri yomon bo‘ladi. Birodorlar ot tanimasang tarlop ol!” Dostonlarda otl
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the artistic and philosophical interpretation of the image of the horse in Togay Murod’s work “The Night of the Horse's Neighing”.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the artistic and philosophical interpretation of the image of the horse in Togay Murod’s work “The Night of the Horse's Neighing”. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Image of the horse, national spirit, freedom, art, the work “The Night of the, “Ot kishnagan oqshom” asari, “Alpomish”dostoni, milliy ong, badiiyat, milliy ruh, chavandoz, ramziy timsollar, tahlil va talqin., erkinlik, Kalit so‘zlar. Ot obrazi, xalq og‘zaki ijodi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025