К содержанию
РецензированоRU2026

O‘TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA ONA OBRAZI

Shadmanova Mehrinisa Shadman qizi · Shukurova Amira Abduxakimova (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Shadmanova Mehrinisa Shadman kızı (Ilmiy rahbar: O‘zbekiston Finlandiya pedogogika instituti o‘qituvchisi) · Shukurova Amira Abdukhakimova (Ilmiy rahbar: O‘zbekiston Finlandiya pedogogika instituti o‘qituvchisi) · Шадманова Мехриниса Шадман кызы (Ilmiy rahbar: O‘zbekiston Finlandiya pedogogika instituti o‘qituvchisi) · Шукурова Амира Абдухакимова (Студент Узбекско-Финского педагогический институт)

Для учителей · 10 · 55-56 · 2026

Аннотация

В статье анализируется, как образ матери изображен в творчестве выдающегося представителя узбекской литературы Откира Хошимова, как он раскрывается через социальное, нравственное и воспитательное содержание его произведений. В основном внимание уделяется тем аспектам образа матери, которые показывают ее любящую, терпеливую, умную, мудрую, и в то же время ее место в обществе, на примерах ее известных произведений, таких как «Заметки на полях блокнота», «Между двух дверей», «Дела мира». В статье подчеркивается, как образы 557 матерей, созданные писателем, воплощают дух, ценности и жизненный опыт народа. Анализируются также аспекты образа матери в творчестве Уткира Хошимова, который представлен как идеальный пример современной узбекской женщины. Ключевые слова. Образ матери, Откир Хошимов, узбекская литература, воспитание, нравственность, материнская любовь, женский образ, национальные ценности. IMAGE OF THE MOTHER IN THE WORKS OF OTKIR HASHIMOV Shadmanova Mehrinisa Shadman qizi, Student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute Shukurova Amira Abdukhakimova Scientific supervisor: Teacher of the Uzbek-Finnish pedagogical institute Annotation. This article analyzes how the image of the mother is depicted in the work of the outstanding representative of Uzbek literature Otkir Hoshimov, and how it is revealed through the social, moral and educational content of his works. Mainly, on the example of such famous works as “Notes in the margins of the notebook”, “Between two doors”, “The affairs of the world”, attention is paid to the aspects of the image of the mother that show her kind, patient, wise, wise and at the same time her place in society. The article highlights the fact that the images of the mother created by the writer embody the national psyche, values and life experiences. The aspects of the image of the mother in the work of Otkir Hoshimov, which are shown as an ideal example of a modern Uzbek woman, are also analyzed. Keywords: Image of the mother, Otkir Hoshimov, Uzbek literature, upbringing, morality, maternal love, female image, national values. O‘zbek adabiyotida ona obrazi doimo muqaddas timsol sifatida tasvirlanib kelgan. Xalqimizning ongida “Ona – muqaddas’’, “Ona – Vatan timsoli’’ degan tushunchalar chuqur ildiz otgan. O‘tkir Hoshimov esa bu timsolni adabiy badiiyat orqali yuraklarga singdira olgan yozuvchilardan biridir. Uning asarlarida ona obrazini o‘qib, nafaqat ona degan so‘zga, balki hayotdagi har bir qadamingizga mas’uliyat bilan qarashga o‘rganasiz [1]. Ona obrazining adabiyotdagi o‘rni juda qadimga borib taqaladi. Tarixga nazar solganimizda, jasoratli onalar timsolini xalq og‘zaki ijodidagi dostonlarda ko‘rishimiz mumkin. Masalan, “To‘maris”, “Kuntug‘mish”, “Alpomish”, “Rustamxon” kabi dostonlarda ona obrazi yorqin ifoda topgan. Jumladan, To‘maris obrazi masaggetlar xalqining mard va jasur onasi sifatida tilga olinadi. U o‘g‘lining dushman qo‘liga tushib, o‘z joniga qasd qilganiga qaramay, xalqini himoya qilish uchun dushmanga qarshi kurashadi. Kir II kabi yovuz dushmanning boshini qon solingan meshga solib, yovuzlikning fojiali oqibatini namoyon etadi. To‘maris jasorat, matonat va vatanparvarlik timsolidir. U o‘z shaxsiy iztirobini ichiga yutib, xalq oldidagi burchini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Uning bu qahramonligi haqida ko‘plab rivoyatlar yaratilgan, yozuvchi Mirkarim Osim va shoir Ibrohim Yusupov ham “To‘maris” nomli asarlarida uni ulug‘lashgan. “Kuntug‘mish” dostonida esa Xolbeka obrazi orqali fidokor ona timsoli gavdalanadi. U ikki o‘g‘li qatl qilinish arafasida turganida ham ularni qutqarish yo‘lida barcha imkoniyatlardan foydalanadi. Bu ona mehrining, sadoqati va matonatining yorqin ifodasidir. “Rustamxon” dostonidagi Huroyim ham shunday obrazdir – u farzandini xalq xizmatiga yetaklash, uni ezgu yo‘lga boshlash bilan ona jasoratining yuqori cho‘qqisini namoyon etadi. Ayol kishining bunday tarbiyaviy roli ko‘pincha jangovar qahramonlikdan ham ustun qo‘yiladi. Bu obrazlarni yaratishda badiiy to‘qima muhim rol o‘ynaydi. U asarlarning ta’sirchanligini oshirib, estetik qimmatini belgilaydi. Adabiyot hayot hodisalarini badiiy tarzda ifodalovchi kuchli vositadir. Masalan, O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asaridagi ona siymosi yuraklarni larzaga soladi. Undagi “Oyi, men keldim…” satrlari, ayniqsa kitobxon asarni to‘liq o‘qigan bo‘lsa, chuqur hayajon uyg‘otadi. 558 Ona obrazining muqaddasligi har bir xalq adabiyotida alohida o‘rin egallagan. Ona farzandini mehr bilan tarbiyalaydi, uni hayotning og‘ir damlarida ham qo‘llab-quvvatlaydi. Onaning mehr-muhabbati, fidoyiligi va sabr-toqati xalqimiz orasida doimo ulug‘lanib kelgan. U bolasi uchun jonini ham fido qilishga tayyor bo‘lgan, mehri daryo zotdir. Ona o‘z farzandi uchun hatto hayotining so‘nggi lahzasida ham fidokorlik ko‘rsatishga tayyordir. O‘tkir Hoshimov — yirik iste’dod egasi bo‘lib, u o‘ndan ortiq roman va qissalar, ko‘plab ta’sirchan hikoyalar hamda bir nechta sahna asarlarini yaratgan mashhur yozuvchidir. U ilk yirik

Доказательный фрагмент

«В статье анализируется, как образ матери изображен в творчестве выдающегося представителя узбекской литературы Откира Хошимова, как он раскрывается через социальное, нравственное и воспитательное содержание его произв…»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируется, как образ матери изображен в творчестве выдающегося представителя узбекской литературы Откира Хошимова, как он раскрывается через социальное, нравственное и воспитательное содержание его произв… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Image of the mother, Otkir Hoshimov, Uzbek literature, upbringing, morality, tarbiya, ayol timsoli, ona mehri, o‘zbek adabiyoti, Kalit so‘zlar: Ona obrazi, axloq, O‘tkir Hoshimov, milliy qadriyatlar.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники