Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURKIY ADABIYOTLARDA GLOBALLASHUV METAFORALARI: YANGI DAVR POETIKASINING SHAKLLANISHI
Xayrullayeva Zahro Uyg‘un qizi · Khairullayeva Zahro Uygun’un kızı (Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi) · Хайруллаевой Захро Уйгуновна (Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi)
Для учителей · 10 · 55-56 · 2026
Аннотация
В эпоху глобализации социальные, политические и культурные изменения находят отражение не только в турецкой литературе, но и в мировой литературе. Этот процесс не может не оказать влияния на современную литературу тюркских народов. То есть такие концепции, как технологии, социальные сети и культурная интеграция, выражаются через новые образы, метафоры и стили. В результате поэтика новой эпохи формируется в современном духе. Ключевые слова. глобализация, тюркские народы, современная поэтика, культурные связи, духовная гармония, творцы и истоки. METAPHORS OF GLOBALIZATION IN TURKIC LITERATURE: THE FORMATION OF A NEW ERA OF POETICS Khayrullayeva Zahro Uygun qizi Student of the Samarkand state institute of foreign languages 563 Annotation. During the globalization period, social, political and cultural changes are reflected not only in Turkish literature, but also in world literature. This process cannot but affect the modern literature of the Turkic peoples. That is, concepts such as technology, social networks, cultural integration are expressed through new images, metaphors and styles. As a result, the poetics of the new era is being formed in a modern spirit. Keywords. globalization, Turkic peoples, modern poetics, cultural ties, spiritual harmony, creators and sources. Manaviyat dunyosining nur sochuvchi chirog‘i sanalgan turkiy adabiyot ko‘p millatli xalqlarning beqiyos xazinasi hisoblanadi. O‘zbek, qozoq, qirg‘iz, ozarbayjon, turkman va boshqa xalqlar adabiyotida yaratilgan asarlarni ma’naviy boylik sirasiga kiritish mumkin. Globallashuv davri adabiyoti milliy doiradan chiqib, insoniyat taqdirini, hozirda jamiyatga xavf solayotgan nomaqbul ishlar va global muammolarni (ekologiya, madaniyatlararo to‘qnashuv, migratsiya) yoritib berishga sabab bo‘ldi. Yangi davr adabiyotining rivojlanishiga texnologiyalar, ijtimoiy tarmoq va ommaviy axborot vositalarining talay hissasi mavjud. Zamonaviy she’riyat modernizmga asoslangan masalalarni targ‘ib qilish bilan birgalikda turli millatlar adabiy an’analarini birlashtirishga xizmat qiladi. Shu o‘rinda qo‘shimcha qilish lozimki modernlashgan poetikada sharq falsafasi bilan g‘arbiy eksiztensializm uyg‘unlashuvi mujassam. Bu holat esa madaniyatlararo dialogga debocha bo‘ladi. Natijada she’riyat faqat turkiy xalqlar orasida emas Yevropa davlatlari adabiyoti bilan ham aloqada bo‘ladi. Badiiyatning o‘tkir quroli bo‘lmish so‘z orqali jahon xalqlarini birlashuvga, o‘zaro do‘stonalikka chaqirish mumkinligi azaldan xalqimizga yod bo‘lib ketgan. Globallashuv davrida shoirlar o‘z milliyliklarini saqlab qolishga intilar ekan, ba’zan globalizm bosimi bilan ziddiyatga tushib qoladilar. Oqibatda poetik ifodada ichki kurashlar yuzaga keladi. Garchi she’riy asrlar zamonaviy oqimga hamrohlik qilsa-da, turkiy adabiyot mumtoz manbalardagidek jozibasini saqlab qoladi. Hozirgi davr poetikasida turli til va uslublar qo‘llanishiga qaramay milliy til o‘z qiymatini yo‘qotmaydi. Aksincha, asarga noziklik va jilo beradi. Zotan tillararo hamkorlik adabiyotning keng tarqalishiga zamin yaratadi. Zamonaviy she’riyatning ommalashuviga texnologiya davrining ta’siri xususida ko‘plab qarashlar mavjud. Bugungi kunda she’rlar faqat kitoblarda emas, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, video platformalarida katta tezlikda tarqalmoqda. Bu ommalashuv poetik ifodaning yangi shakllarini (vizual she’riyat va boshqa) yaratmoqda. Zamonaviy she’riyat va poetikaning antik davrini taqqoslab ko‘rilganda yangicha xulosalar paydo bo‘ladi. Forobiyning “She’r san’ati…” kitobida poetika mufassal bayon etiladi. Ushbu asarda she’rning yaratilish tabiati ijodkor shaxsi va mahorat muammolari so‘z qadri xususida fikr yuritiladi. XI asrda yashab ijod qilgan adbiyotshunos olim Abdulqodir Jurjoniy qalamiga mansub “Asror ul-balog‘a fi-ilmi bayon” (Bayon ilmida balog‘at sirlari) asarida so‘z san’atidagi shakl va mazmun masalasiga alohida urg‘u berilsa, XIII asrda yashagan qomusiy olim Qays Roziyning “Kitob ul-mo‘jam fi maoyiri ash’or il-ajam” (Ajam she’riyati me’yorlari qomusi) kitobida nazariy masalalar-aruz tizimi, poetik san’atlar, she’riy janrlar tahlil qilinadi. Kaykovusning “Qobusnoma”sida esa, she’r jamiyatning turli qatlamlari estetik talablaridan kelib yaratilishi, badiiy asar, albatta, ta’sirchan bo‘lishi lozimligi haqida mulohazalar o‘rin olgan. Lirik asarlar sirasiga tazkiralar, devon va bayozlar kiritilgan [1, 22 b]. Obrazlar sistemasi voqeliklar bilan o‘zaro uyg‘unlashib ketgan.Cho‘lponning “Adabiyot nadur” maqolasida o‘rtaga tashlangan “Adabiyot yashasa- millat yashar” degan g‘oyasi milliy uyg‘onish va turkiy adabiyotning tomir otishiga turtki bo‘ldi. “O‘rxon-Enasoy bitiklari”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari - bularning barchasi turkiy xalqlarning ilk adabiy meroslari sifatida e’tirof etiladi. Globallashuv jarayonida bu nodir asarlar nafaqat ilmiy doiralarda, balki jahon ommasi orasida ham keng o‘rganilmoqda va turli tillarga tarjima qilinmoqda. Bu esa turkiy ada
Доказательный фрагмент
«В эпоху глобализации социальные, политические и культурные изменения находят отражение не только в турецкой литературе, но и в мировой литературе.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ эпоху глобализации социальные, политические и культурные изменения находят отражение не только в турецкой литературе, но и в мировой литературе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- globalization, Turkic peoples, modern poetics, cultural ties, spiritual harmony, ruhiy uyg‘unlashuv, madaniy aloqalar, ijodkorlar va manbalar., turkiy xalqlar, zamonaviy poetika, Kalit so‘zlar. Globalashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024