К содержанию
РецензированоRU2026

SHARQ ADABIY MEROSIDA STRATEGIK LIDERLIK:NAVOIY QALAMIDA “ISKANDAR” OBRAZINING BADDIY-FALSAFIY TALQINI

Turabekova Laylo Shavkat qizi · Turabekova Layla Shavkat kızı (Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi) · НАСЛЕДИИ: ХУДОЖЕСТВЕННО-ФИЛОСОФСКАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ (Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi) · ОБРАЗА «ИСКАНДАРА» НАВОИ (Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi) · Турабекова Лейла Шавкат кызы (Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi)

Для учителей · 2026

Аннотация

Статья называется «Стратегическое лидерство в литературном наследии Востока: художественно-философская интерпре-тация образа Александра у пера Навои» и представляет собой глубокий анализ произведений Алишера Навои и изображения в них образа Александра. В статье анализируется образ Александра в творчестве Навои не только как историческая личность, но и как стратегический лидер, а также изучается его образ с художественной и философской точки зрения. Ключевые слова. Художественно-философская мысль, концепция, методологическая теория, божественная справедливость, духовно-нравственные ценности. STRATEGIC LEADERSHIP IN THE EASTERN LITERARY HERITAGE: ARTISTIC-PHILOSOPHICAL INTERPRETATION OF THE IMAGE OF “ISKANDAR” IN NAVOI’S PEN Turabekova Laylo Shavkat qizi, Student of the Samarkand state institute of Foreign languages 569 Annotation. The article is entitled “Strategic Leadership in the Eastern Literary Heritage: Artistic and Philosophical Interpretation of the Image of Iskandar in Navoi's Pen", and it presents an in-depth analysis aimed at studying the works of Alisher Navoi and the depiction of the image of Iskandar in them. It also analyzes Iskandar in Navoi's work not only as a historical figure, but also as a strategic leader and studies his image from an artistic and philosophical perspective. Keywords. Artistic and philosophical thought, concept, methodological theory, divine justice, spiritual and moral values. Sharq adabiyoti va falsafasi azaldan ideal shaxs, yetuk hukmdor, adolatparvar rahbar obrazlarini yaratish va targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratgan.[6,17 b.] Bu jihat Alisher Navoiy ijodida ham yorqin namoyon bo‘ladi. Xususan, uning “Xamsa” turkumiga kiruvchi “Saddi Iskandariy” asarida Iskandar obrazining yaratilishi orqali muallif faqat tarixiy shaxsni emas, balki ideal hukmdorning badiiy-falsafiy modelini yaratishga uringan.[1,12b.] Sharq adabiy-falsafiy tafakkurida liderlik masalasi doimo markaziy mavzulardan biri bo‘lib kelgan. Xususan, “sulhi kullo” (umumiy tinchlik), “hikmatli hukmronlik”, “adolat asosidagi davlat boshqaruvi” kabi tamoyillar Sharq siyosiy falsafasining asosiy ustunlarini tashkil etadi. Bunday g‘oyalar faqat nazariy fikrlar bilan cheklanib qolmagan, balki badiiy adabiyotda jonli timsollar orqali ifoda etilgan. Shu ma’noda, Iskandar obrazi Sharq adabiyotida ideal hukmdorning timsoli sifatida shakllangan bo‘lib, bu obraz Alisher Navoiy ijodida o‘ziga xos badiiy-falsafiy yuksaklikka ko‘tarilgan.“Saddi Iskandariy” asari nafaqat tarixiy yoki badiiy jihatdan qimmatli, balki unda aks ettirilgan g‘oyalar orqali strategik liderlik tushunchasining Sharq tafakkuri doirasidagi talqinini o‘rganish imkonini beradi. Maqola yozilishida Alisher Navoiy tomonidan yozilgan “Saddi Iskandariy” asarining nasriy bayonidan asosiy manba sifatida foydalanildi. Tadqiqotda badiiy-falsafiy tahlil, obraz tahlili, tarixiy-adabiy yondashuv metodlari qo‘llandi. Iskandar obrazining adabiy kontekstdagi shakllanishi, uning yetakchilik fazilatlari va axloqiy qadriyatlar bilan uyg‘unligi tahlil qilindi. Shuningdek, liderlik tushunchasi bugungi kundagi nazariyalar bilan qiyosiy ravishda yoritildi.Metodologik asos sifatida dastlab Iskandar obrazining manbaalarini aniqlashga e’tibor qaratildi. Bu borada yunon manbalaridagi Aleksandr Makedonskiyga oid tarixiy faktlar hamda Sharq tafakkurida shakllangan afsonaviy obrazlar o‘rganildi. Yunon manbalarida Iskandar ko‘proq g‘alaba va qudrat timsoli sifatida tasvirlansa, Sharq adabiyotida u komillik sari intiluvchi, dunyo sirlarini anglashga intilgan donishmand shaxs sifatida namoyon bo‘ladi [2,35 b.]. ,,Saddi Iskandariy” dostonida esa bu ikki tendensiya mujassam: Iskandar – zabardast sarkarda, dunyo kezib, turli mamlakatlarni zabt etgan qahramon, ammo ayni paytda u doim hikmat izlovchi, donishmandlarga quloq tutuvchi, adolatni ustun qo‘yuvchi rahnamo sifatida gavdalanadi. Metodologik jihatdan obrazning bu ikki qirrasi alohida tahlil qilindi va ular orasidagi uyg‘unlik masalasi ko‘rib chiqildi.Tadqiqotda Iskandar obrazining boshqa adabiy manbalardagi talqinlari bilan qiyosiy tahlili ham amalga oshirildi. Jumladan, Firdavsiy “Shohnoma”sidagi Iskandar [3,79 b,]. Nizomiy Ganjaviy asarlaridagi Iskandar hamda Qur’onda zikr etilgan Zulqarnayn timsollari o‘rganildi. Har bir manbada obraz turlicha: Firdavsiyning Iskandari ko‘proq tarixiylikka, Nizomiyniki falsafiy tafakkurga yo‘g‘rilgan bo‘lsa, Navoiy ushbu ikki yo‘nalishni birlashtirgan. Bu esa bizga ideal hukmdor modelining vaqt va makonga qarab qanday o‘zgarishini tahlil qilish imkonini beradi.Navoiy tomonidan yaratilgan ideal hukmdor konsepsiyasi faqat adabiy obraz emas, balki axloqiy va siyosiy g‘oya sifatida ham namoyon bo‘ladi. Bu konsepsiyada hukmdorning mas’uliyati, xalq oldidagi burchi, adolatga asoslangan boshqaruv tizimi, ilmsiz kuchning ojizligi kabi g‘oyalar metodik tarzda ochib berildi.Falsafiy metod sifatida qadriyatlar tizimining tadqiqi asos qilib olindi. Dostonning g‘oyaviy asosida ilohiy adolat, axloqiy poklik,

Доказательный фрагмент

«Статья называется «Стратегическое лидерство в литературном наследии Востока: художественно-философская интерпре-тация образа Александра у пера Навои» и представляет собой глубокий анализ произведений Алишера Навои и и…»

Образец извлечения

Демо-превью

Статья называется «Стратегическое лидерство в литературном наследии Востока: художественно-философская интерпре-тация образа Александра у пера Навои» и представляет собой глубокий анализ произведений Алишера Навои и и… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Artistic and philosophical thought, concept, methodological theory, divine, metodologik nazariya, ma'naviy va axloqiy qadriyatlar., ilohiy adolat, Kalit soʻzlar. Badiiy-falsafiy tafakkur, konsepsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники