К содержанию
РецензированоRU2026

“OILA” KONSEPTINING QIYOSIY TAHLILI

Anorqulova Ozoda Nizomjon qizi · Anorkulova Ozoda Nizamcan kızı (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti) · Аноркулова Oзoда Низамжон кызы (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti)

Для учителей · 2026

Аннотация

В данной статье наряду с некоторыми сравнительными исследованиями, проведенными по концепту “семья”, анализируются понятия, связанные с семьей в узбекском языковом ландшафте. В узбекском, каракалпакском, казахском, киргизском, башкирском и русском языках даны выводы с оглядкой на некоторые исследования, связанные с понятием “семья”. Кроме того, на узбекском языке приводятся краткие представления о национальной модели, рамке и национальном символе понятия “семья”. Ключевые слова. Понятие “семья”, языковой ландшафт, сравнительное исследование, узбекский и каракалпакский язык, казахский, башкирский, русский, киргизский язык, ядро, ментальные отношения. COMPARATIVE ANALYSIS OF THE CONCEPT “FAMILY” Anorkulova Ozoda Nizamjan kizi, Uzbek-Finnish pedagogical institute associate professor of the department of Uzbek language and literature 599 Annotation. In this article, along with some comparative studies carried out on the concept of “family”, concepts related to the family in the Uzbek linguistic landscape are subject to analysis. Conclusions are given in Uzbek, Karakalpak, Kazakh, Kyrgyz, Bashkir and Russian, looking at some studies related to the concept of “family”. In addition, in the Uzbek language, the national model of the concept of “family”, the frame and the national symbol are presented. Keywords. Concept “family”, linguistic landscape, comparative study, Uzbek and Karakalpak language, Kazakh, Bashkir, Russian, Kyrgyz language, nuclear, mental relations. Azal-azaldan sharq dunyosida oilaviy munosabatlar, unga bo‘lgan mehr, sadoqat, intilish o‘ziga xos qadriyat sifatida ulug‘lanadi. Bu shunday makonki, doimo o‘ziga tortadi, unda iliqlik, birdamlik mujassam. Insonlar bu makonda kamol topadi, aksiologik qarashlarini shakllantiradi hamda kelajak hayoti uchun ham zamin yaratadi. Qadimda insonlar bir oila bo‘lib yashash tushunchasiga ega bo‘lmaganlar. Oilaviy birlik jamiyat, davlat rivojlanishi bilan mustahkamlanib borgan. Tillarni qiyoslashda ularning qarindoshlik, hududiy yaqinlik xususiyatlariga ham ahamiyat berish lozim, masalan o‘zbek va qoraqalpoq tillari ana shu jihatlardan bir-biriga yaqin. Qardosh tillar va bir mamlakat hududiga tegishli bo‘lsalar-da, oilaviy qadriyatlar, o‘zaro munosabatlar birmuncha farq qiladi. Mana shunday xususiyatlarni D.U.Dospanova o‘zining “O‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi “oila” konsepti” deb nomlanagan maqolasida ochib bergan. Unda o‘zbek va qoraqalpoq tilida so‘zlashuvchilar mentalitetida “oila” konseptining alohida xususiyatlari, antroponimlarning qo‘llanilishi, qarindoshlik atamalarining ifodalanishi haqida ma’lumotlar beriladi: O‘zbek tilida - aka, uka, ota, xola, singlim, kenayi va boshqalar; qoraqalpoq tilida - aga, ajaga, kishe, jenga, apa, jezda. Mazkur atamalardan foydalanish qarindoshlik munosabatlari va darajalarini, yosh bilan bog‘liq jihatlarini belgilaydi. Maqolada o‘zbek va qoraqalpoq tillarida quyidagicha qarindoshlik yo‘nalishlari ajratiladi: ota-ona – farzandlar; 2) farzandlar – ota -ona; 3) bir avlod vakillari; 4) turmush o‘rtoq; 5) uzoqroq qarindoshlar. Oila madaniyat namoyon etuvchi bo‘g‘in sanalganligi tufayli bu borada bajarilgan ishlarning aksariyatida turli tillarda oila bilan bog‘liq holatlar qiyoslangan. Shunday ishlardan yana biri A.A.Ivanenko tomonidan amalga oshirilgan. Olima o‘z tadqiqotida rus va qirg‘iz tillarida “oila” konseptining namoyon bo‘lishi mavzusida bo‘lib, bunda ham tajriba ma’lumotlariga tayanilgan. Mazkur kitobda olamning rus va qirg‘iz tili manzarasida “oila” ning umumiy konsept sifatidagi xususiyatlari lingvistik-madaniy hamda vazifaviy-semantik tasnif asosida ochib berilgan [1:2]. Rus va qirg‘iz tillari kelib chiqish, turkumlanish jihatdan bir-biridan farq qilsa-da, ayrim madaniy qadriyatlari, turmush tarzi, hududiy yaqinligi jihatdan yaqinlik kasb etadi. Ularning grammatik qurilishi, insonlar tafakkurida ham o‘ziga xos umumiy hamda xususiy jihatlari mavjud. Qiyosiy tadqiqotlar nafaqat ikki til, balki uch til misolida amalga oshirilgan o‘rinlar ham mavjud, masalan, G.U.Urkinbayevaning “Rus, qozoq va boshqird tillari olamning lisoniy manzarasida “oila” konsepti” nomli maqolasida boshqird folklor asarlarining turli janrlarini o‘rganish asosida boshqird xalq madaniyatida «семья/ғаилə» tushunchasi va oilaviy munosabatlarning ifodalanishi hamda kontekstual aktuallashuvi ko‘rib chiqiladi. Boshqird xalq dunyosining lingvistik manzarasida nikoh bilan bog‘liq tushunchalarga ҡоҙалау, яусылау, кәләшлеккә һоратыу, ҡатынлыҡҡа һоратыу, кәләшлеккә әйттереү, ҡыҙ әйттереү, ҡыҙ йәрәштереү, йәрәшеү kabi marosimlar kirishi maqolada keltirilgan. Shuningdek, rus va boshqird oilalari tilida kelgan semaning semantik hajmi qozoq tiliga nisbatan keng. Rus tilida, qozoq tilida bo‘lgani kabi oila so‘zi qarindosh tillar guruhiga (til oilasi) murojaat qilish uchun ishlatilmaydi. Shu bilan birga, oila, boshqirdlarning fikriga ko‘ra, uy va birga yashaydigan yaqin qarindoshlar guruhi va mehnat faoliyati yoki mafkura, san’at yo‘nalishi, jinsi, familiyasi bil

Доказательный фрагмент

«В данной статье наряду с некоторыми сравнительными исследованиями, проведенными по концепту “семья”, анализируются понятия, связанные с семьей в узбекском языковом ландшафте.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье наряду с некоторыми сравнительными исследованиями, проведенными по концепту “семья”, анализируются понятия, связанные с семьей в узбекском языковом ландшафте. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Concept “family”, linguistic landscape, comparative study, Uzbek and, yadro, qirg‘iz tili, Kalit so‘zlar. “Oila” konsepti, lisoniy manzara, rus, qozoq, qiyosiy tadqiqot, boshqird, o‘zbek va qoraqalpoq tili, mental munosabatlar.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники