Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAQOLLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI (Tog‘ay Murod qissalari misolida)
MAQOLLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI · Kobilov Nomoz O‘rolovich · DEYİMLERİN LİNGVOKÜLTÜROLOJİK ÖZELLİKLERİ · Kobilov Nomoz O‘rolovich · ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ПОСЛОВИЦ · Kobilov Nomoz O‘rolovich
Для учителей · 2026
Аннотация
This article explores the linguoculturological features of Uzbek folk proverbs through the example of Toghay Murad’s stories. The role of proverbs in expressing national thinking, values, mentality, and traditions is highlighted. The usage of folk proverbs in Toghay Murad’s narratives is analyzed to show how the writer reflects national culture through them. Furthermore, the proverbs are examined from linguistic and cultural perspectives. Keywords. Folk proverbs, linguoculturology, national thinking, artistic function of proverbs, mentality, literary analysis. Ma’lumki, har bir til o‘z nafisligini, eng avvalo, xalq og‘zaki ijodi janrlarida aks ettiradi. Og‘zaki ijodda xalq topqirligini o‘zida aks ettirgan tilning go‘zal namunalari jamlangan bo‘ladi. Og‘zaki ijodining muhim bir bog‘ini bo‘lgan xalq maqollarida tilning barcha qatlamlari umumlashgan. Chunki “ ... maqollar xalq hayotini, uning o‘tmishdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy turmush darajasini o‘rganishda noyob manba bo‘lib xizmat qiladilar. Bu narsa turli ijtimoiy munosabatlarning xalqning axloqiy me’yorlari va e’tiqodlarining, maishiy turmushi va mehnati, sevgisi va nafrati, ozod hayot uchun intilishlarining obyektiv, ixcham va lo‘nda aks etganligida ko‘rinadi” [O‘zbek..., 1987: 18]. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da shunday ta’rif berilgan: «Maqol [a. لاقم – maqol, kichik asar; so‘z, nutq]. Hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan yaratilgan, odatda pand-nasihat mazmuniga ega bo‘lgan ixcham, obrazli, tugal ma’noli va hikmatli ibora, gap» [O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2006: 569.]. Tabiiyki, Maqol jahon xalqlari og‘zaki ijodining mumtoz janrlaridan biri bo‘lib, unda xalqning ko‘p asrlik tarixi, turmush tarzi, milliy madaniyati, etnografiyasi, orzu-istaklari, dunyoqarashi, o‘y-fikrlari, tilining misqollab yig‘ilgan boyligi tamg‘alangan bo‘ladi. Xalq maqollarida kishilikning turmush tajribalari asosida chiqargan falsafiy xulosalari ixcham va lo‘nda shaklda ifoda etilgan. Ularni qadimgi xalq poetik tafakkurining, ota-bobolar donishmandligining bebaho merosi, til tarixining takrorlanmas yodgorligi desa bo‘ladi [Mirzaaliyev, 2020: 5]. Shu bois xalq maqollarida xalq hayotini to‘lasincha o‘zida aks ettirganligi bois ularning lingvokulturologik xususiyatlarini tadqiq etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Lingvokulturologiya insonga xos madaniylikni nutq va diskursda yuzaga chiqishi barobarida olamning milliy manzarasi, lisoniy ong, mental-lisoniy majmuaning xususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi fandir. Shu bois ham, unda inson mentallitetini aks ettiruvchi jarayonlar yetakchilik qilishi shubhasizdir. Kognitiv psixologiya bilan shug‘ullanuvchi olimlarning qayd etishicha, inson miyasining tuzilish jarayoni turli fanlarning integrasiyasi orqali takomillashib borganligi bois ular sun’iy tafakkur bilan o‘zaro zich aloqada bo‘lib, “tafakkur – axborotni qayta ishlash vositasi sifatida”gi ta’rif shakllangan [Alfirenko, 2010: 46]. Oqin ijodkor asarlari tahlilidan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, u har bir xalq maqolini o‘z o‘rnida qo‘llashga harakat qilgan. E’tiboringizni asardan olingan quyidagi parchaga qaratamiz: “ Onamiz tap-taqir kallamni ushlab ko‘rdi. Ich-ichidan kuydi. Aytib-aytib kuydi. -Kambag‘alni tuyaning ustida it qopadi, degani shu-da, -dedi” (Ot kishnagan oqshom,7). Bu parchada adib asar qahramoni hayotidagi qiyinchiliklar yetmay turganda, uning boshiga og‘ir kulfat tushganligini kuchliroq ifodalash maqsadida mazkur maqoldan unumli foydalangan. Shu bilan birga, adib mazkur qissada hududning o‘ziga tabiati, mentaliteti singari xususiyatlarini ifodalab beruvchi maqollardan ham unumli foydalanadi. “Ot olsang, Oboqlidan ol, ayol olsang, Irg‘alidan ol (o‘sha asar,12)”, 609 ho‘kiz qorindan ol, ho‘kiz olsang ot qorindan ol(o‘sha asar,13)”, “Oti borning – qanoti bor (o‘sha asar,13)”. Shevaga xos maqollarni adabiy tilga xos maqollar bilan hamohang tarzda qo‘llab personaj nutqining ta’sirchanligini oshirish maqsadini quyidagicha amalga oshirgan: “Bildim, el, Ziyodulla kal, otangni ko‘rdim – ahmadi forig‘, onangni ko‘rdim – tovoni yoriq, ko‘rpangga qarab oyoq uzat, dedi. O‘zing bir sag‘ir bo‘lsang, senga kim qo‘yibdi otni, dedi. Yana tag‘in kal bo‘lsang, kalga nimam, dedi. Kalga eshak ham bo‘ladi, dedi”(o‘sha asar,15). “Chavondoz qanoti bo‘lgan otning yigitga, egasiga do‘stligini “Birodarlar, ot usti behisht, og‘zi do‘zax!” (o‘sha asar, 23), “Birodarlar, eshak yiqitsa, tuyog‘ini to‘shaydi, ot yiqitsa, yolini to‘shaydi!” (o‘sha asar, 40) singari maqollar ishtirok etgan jumlalar orqali ishonarli tarzda tasvirlab berishga erishgan. Asarda xalqona ohang ta’sirida qishloqda axborotning xalq ichiga tez tarqalishini quyidagicha tasvirlaydi: “Birodarlar, yomon gap, raketadan oldin yuradi, yaxshi gap, toshbaqadan keyin yuradi!” (o‘sha asar, 153). “Elga bir gap tegmasin. Chibinday gapni tuyaday qilib gapiradi. El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. Endi bor gapni aytayin... “ (o‘sha asar, 153). Adib maqollar uchun asos bo‘lgan birliklarning aslida
Доказательный фрагмент
«This article explores the linguoculturological features of Uzbek folk proverbs through the example of Toghay Murad’s stories.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the linguoculturological features of Uzbek folk proverbs through the example of Toghay Murad’s stories. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Folk proverbs, linguoculturology, national thinking, artistic function of proverbs, mentalitet, milliy tafakkur, lingvokulturologiya, maqolning badiiy funksiyasi, adabiy tahlil., Kalit so‘zlar. Xalq maqollari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025