К содержанию
РецензированоUZ2026

HIKOYALARNING O‘QUVCHILAR IJTIMOIY RIVOJLANISHIGA TA’SIRI: TAHLILVA METODIK YONDASHUVLAR (Abdusaid Ko‘chimov hikoyalari misolida)

TAHLILVA METODIK YONDASHUVLAR · Hayrullayeva Muhabbat Pirmamat qizi · Hayrullayeva Muhabbat Pirmamat Kizi (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti)

Для учителей · 2026

Аннотация

This article examines the role of the story genre in the educational process, based on structural analysis, problem-based learning, interactive methods and creative approaches. The impact of Abdusaid Kochimov's stories on the social development, behavior and personal maturity of students is analyzed. Kochimov's stories serve to form moral values (honesty, justice, diligence) and aesthetic intuition in students, as well as social consciousness. These works play an important role in understanding students' internal conflicts, strengthening self-analysis and personal development processes, as a result of which they are formed as more socially adapted, conscious and responsible individuals. Keywords. Literary fiction, short story genre, moral education, ethical values, human psychology, internal conflict, honesty, justice, analysis and reflection, character development, artistic thinking, language and style, aesthetic education. Badiiy adabiyotning jamiyat hayotidagi o‘rnini aniq tasavvur qilish uchun u bajaradigan ijtimoiy funksiyalar (vazifalar) nimadan iborat ekanligini ko‘rib chiqish kerak.Badiiy adabiyot zimmasidagi eng muhim va birinchi navbatdagi vazifani qisqa qilib, insonni komillikka yetaklash deya ta’riflah mumkinki, uning uddalanishi jamiyatning mukammallashuviga xizmat qiladi.Shundan kelib chiqsak, “badiiy adabiyot dunyoni o‘zgartiradi” degani ham aslo mubolag‘a emas, ayni haqiqat.Zero, badiiy adabiyot inonni o‘zgartirish orqali dunyoni o‘zgartiradi. [3,3b.]. Epik turning eng kichik janri bo‘lgan hikoya badiiy tafakkur ibtidosidan beri talay shakliy- mazmuniy o‘zgarishlarga uchraganiga qaramasdan, o‘zining asl qiyofasini, jozibasi va faolligini yo‘qotmay kelayotgan badiiy hodisalar sirasiga kiradi.Aytish mumkinki, bugungi maktab o‘quvchisi ham hikoya janrining muayyan belgilaridan xabardor.Lekin, shunga qaramasdan, nazariy adabiyotshunoslik, hech qachon, bu janr xususida so‘nggi xulosani ayta olmaydiki, bu ham hikoyaning doimiy harakatdagi, murakkab estetik hodisa ekanligidan dalolatdir. Hikoyachilik janri o‘zbek adabiyotida qadimdan shakllangan.Alisher Navoiy davrida nasr shaklidagi kichik hikoyalar mavjud bo‘lsa, XX asr boshlarida Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat kabi adiblar hikoyachilikning yangi bosqichini boshlab berdilar.Ular hikoyalarda hayotiy voqealarni 463 aks ettirib, ijtimoiy va ma’naviy muammolarni yoritdilar.Mustaqillik yillarida esa, hikoyachilikda yangicha uslub va g‘oyalarga asoslangan asarlar paydo bo‘ldi. Abdusaid Ko‘chimov ana shunday yozuvchilardan biri bo‘lib, u o‘z hikoyalarida inson ruhiyati, ijtimoiy muammolar, milliy qadriyatlar va insoniylik masalalariga e’tibor qaratgan. Uning hikoyalari o‘quvchilarga nafaqat badiiy zavq bag‘ishlaydi, balki, ularni hayotiy saboqlarga ham o‘rgatadi.Shu bois, Ko‘chimov hikoyalari o‘quvchilarning badiiy tafakkurini rivojlantirishga va ma’naviy tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Hikoya uchun voqeani quruqdan-quruq so‘zlab berish emas, balki, obrazlar, ramzlar, badiiy detallar vositasida xarakter yaratish muhimdir.Hikoya inson tafakkuriga bir zarb bilan tezda muhrlanadigan, go‘zal poetik shakl qurilishiga ega adabiy hodisa sanaladi. Ijodkorning dunyoqarashi badiiy asar g‘oyasini belgilovchi muhim omildir.Jamiyatdagi hukmron mafkura, ijtimoiy-siyosiy qarashlar ijodkorning dunyoqarashiga kuchli ta’sir o‘tkazadi.Badiiy g‘oya- individual hodisa.Badiiy asar g‘oyasining ahamiyati va qimmati uning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga muvofiqligi hamda asarda hayot voqeligining obrazli tarzda ta’sirchan ifodalanishi asosida belgilanadi. Yozuvchi hikoyalari tili soddaligi, o‘quvchiga darrov tushunarli bo‘lishi bilan ajralib turadi.Hikoyani o‘qib, inson o‘z hayotini taqqoslab, tahlil qilishi mumkin.Asarda aks etgan inson ruhiyatining murakkab qatlamlari va axloqiy qarama-qarshiliklar o‘quvchilarga chuqur psixologik va ma’naviy saboqlar beradi.Quyidagi jihatlar orqali “Tubsiz quduq” hikoyasi o‘quvchilar ruhiyatiga va axloqiga ta’sirini ko‘rish mumkin: Ichki ziddiyatlar va o‘z-o‘zini tahlil qilish. Hikoyada qahramonning ichki kurashlari, orzu- havaslari va o‘ziga nisbatan tanqidiy fikrlari aks etadi.Bu orqali o‘quvchilar o‘zlarining ichki dunyosini anglashga , o‘z his-tuyg‘ulari va qarorlarini tahlil qilishlari mumkin.Shunday qilib, o‘z- o‘zini anglash va shaxsiy rivojlanish yo‘lida ijobiy qadamlar qo‘yishlariga yordam beradi. Axloqiy qadriyatlar va ma’naviy tarbiya. Hikoyada halollik, adolat, mehnatsevarlik kabi axloqiy qadriyatlar muhim o‘rin tutadi.Qahramonning xatti-harakatlari va ichki monologlari o‘quvchilarga bu qadriyatlarning ahamiyatini anglashga, shaxsiy hayotlarida ularni qo‘llashga ilhom beradi.Natijada, o‘quvchilar o‘z axloqiy qarashlarini mustahkamlashlari va hayotiy qiyinchiliklarda to‘g‘ri yo‘lni tanlashga o‘rganadilar. Tanqidiy fikrlash va empatiya. Asardagi obrazlar va voqealar real hayotiy tajribalarni aks ettiradi, bu esa o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash va empatiya ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.Qahramonning o‘z xatola

Доказательный фрагмент

«This article examines the role of the story genre in the educational process, based on structural analysis, problem-based learning, interactive methods and creative approaches.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the role of the story genre in the educational process, based on structural analysis, problem-based learning, interactive methods and creative approaches. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Literary fiction, short story genre, moral education, ethical values, human, tahlil va tafakkur, Kalit so‘zlar. Badiiy adabiyot, obraz yaratish, inson ruhiyati, hikoya janri, ma’naviy tarbiya, axloqiy qadriyatlar, til va uslub, ichki ziddiyat, halollik, estetik tarbiya., adolat, badiiy tafakkur
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники