К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK ADABIYOTIDA TARIXIY ROMANLAR

Sharipova Mahfuza · Sharipova Mahfuza (Namangan davlat pedagogika institute magistranti) · Шарипова Махфуза (Namangan davlat pedagogika institute magistranti)

Для учителей · 2026

Аннотация

This article explores the genre of the historical novel, its characteristics, and typology. The author highlights the epic nature of the novel as a large-scale narrative form, emphasizing its capacity to depict life comprehensively. It analyzes the harmony between historical truth and artistic fiction, focusing on how writers skillfully use historical sources to create vivid characters. Special attention is given to the works of prominent global authors, including Alexandre Dumas, as well as the pioneers of Uzbek historical novels — such as Abdulla Qodiriy’s O‘tkan kunlar, Oybek’s Qutlug‘ qon and Navoiy, Odil Yoqubov’s Ulug‘bek xazinasi, and Pirimqul Qodirov’s Yulduzli tunlar. The paper discusses how these works contribute to understanding historical events, national identity, and the spiritual world of the people through rich literary expression. Keywords. Рistorical novel, epic genre, artistic texture, historical truth, image, Uzbek literature, national identity, spirituality Bilamizki, badiiy adabiyotda asarlar tur va janrlariga, shuningdek, mavzu ko‘lamiga ko‘ra farqlanadi. Roman (fr.roman – “lotin tilida emas, roman tillaridan birida yozilgan” ma’nosida) – zamonaviy adabiyotda epik turning yirik hajmli janri. Romanga ta’rif berilganda, odatda, uning hajman kattaligi, hayotni keng ko‘lamda tasvirlashi, qahramon hayotidan katta davrni olib, turli ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘lab talqin qilishi, ko‘plab va turfa kishilar taqdirlari orqali jamiyatning joriy holatini aks ettira olishi, murakkab ko‘p chiziqli syujetga ega bo‘lishi kabi janr xususiyatlari qayd etiladi.[1,60] Romanlar mavzusi, qamrab olingan voqealar ko‘lamiga ko‘ra bir necha xilga bo‘linadi. Jumladan, tarixiy roman, falsafiy roman, fantastik roman, sarguzasht roman, ijtimoiy-siyosiy roman, avtobiografik roman kabilar.[2,46] Biroq tarixiy romanda falsafiy mushohadalar yoki avtobiografik romanda ijtimoiy-siyosiy voqealar tahliliga keng o‘rin berilgan bo‘lishi mumkin. Shu boisdan, romanlarni mavzusiga ko‘ra guruhlarga ajratish nisbiy bo‘ladi. Badiiy adabiyotning asosiy vazifalaridan biri oʻtmishda sodir boʻlgan voqealar, yaqin yoki olis oʻtmishda yashagan tarixiy shaxslarga bagʻishlangan asarlar yaratishdir. Tarixiy asar yozish ancha mushkul ijodiy jarayon. Tarixni qaytadan tiriltirish, tarixiy shaxslarga jon ato etish, yozuvchidan katta mahorat talab qiladi. Shuningdek, muallif tarixiy shaxslar bilan birga ular yaratayotgan obrazni yorqin mujassamlashtirish, tasvir etilayotgan davr manzarasini keng va atroflicha yoritish maqsadida toʻqima obrazlarni asarga olib kiradi. Romanda to‘qima obraz va voqealardan foydalanishning aniq chegarasi, qat’iy o‘lchovi bo‘lmasa-da, bu unsurlarning me’yori tarixiy asar saviyasini belgilovchi asosiy omil hisoblanishini mahoratli muallif yaxshi anglaydi. Shu bois doim tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima o‘rtasidagi oltin ko‘prikni izlaydi.[3,86] Tarixiy mavzuda asar yozuvchi muallifdan tasvir etilayotgan davr hayotini yoki tarixiy shaxsning hayoti va faoliyatini tarix hujjatlari (arxiv materiallari, xotiralar va h.k.) asosida oʻrganish, shu davrning tarixiy koloritini haqqoniy ifodalash, personajlar nutqida oʻsha davr kishilari tiliga xos xususiyatlarni aks ettirish talab etiladi. Yozuvchi yoki shoirning tarixiy mavzuga murojaat etishdan maqsadi, kitobxonlarni tarixiy oʻtmishdagi muhim voqealar, tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati bilan tanishtirish, ularda oʻz xalqining tarixiy oʻtmishiga nisbatan hurmat tuygʻusini uygʻotish va shu yoʻl bilan maʼrifatli avlodni tarbiyalash, zamondoshlarni tarixiy oʻtmish voqealaridan, tarixiy shaxslarning hayoti va 468 faoliyatidagi ibratli tomonlardan saboq olishga undash, bugungi voqelikdagi ayrim noxush voqea va hodisalarga tarixiy oʻtmish voqealarini tasvirlash orqali munosabat bildirishdir. Tarixiy mavzudagi asarlar asosan nasrning roman, qissa va hikoya, dramaturgiyaning tragediya va drama, shuningdek, sheʼriyatning doston, ballada, lirik sheʼr kabi janrlarida yoritiladi. Jahon adabiyotida tarixiy oʻtmish mavzusi Esxil, va U.Shekspir tragediyalari, Haynrix Man, V.Skott, Prosper Merime, A.Dyuma, J.Golsuorsi, L.N. Tolstoy, A. Konan Doyl va boshqa yozuvchilarning romanlarida katta mahorat bilan yoritilgan. Yuqorida nomi keltirilgan jahon adabiyotidagi tarixiy roman mualliflariga to‘xtaladigan bo‘lsak, Aleksandr Dyuma ijodi ancha sermahsul ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Fransuz romanisti bo‘lgan ijodkor yuzdan ortiq tarixiy-sarguzasht romanlar yaratgan. “Uch mushketyor”, “Graf Monte-Kristo”, “Qora lola”, “O‘n yildan so‘ng”, “Yigirma yildan so‘ng”, “Qirolicha Margo” shular jumlasidandir. Adib ijodida, ayniqsa, Yunoniston, Rim va Fransiya tarixiga oid ko‘plab ma’lumotlarni qamrab olgan “Askanio” romani muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur roman badiiyati jihatdan ijodkorning avvalgi ishlariga nisbatan birmuncha yuqoriroq bo‘lib, unda bosh qahramon Askanio ma’suma va go‘zal qiz Kolumbaga bo‘lgan muhabbatida sobit turgan yigirma yoshli yigit sifatida gavdalanadi. Aynan bir-biridan serma

Доказательный фрагмент

«This article explores the genre of the historical novel, its characteristics, and typology.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the genre of the historical novel, its characteristics, and typology. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Рistorical novel, epic genre, artistic texture, historical truth, image, Uzbek, Kalit so‘zlar. tarixiy roman, o‘zbek adabiyoti, badiiy to‘qima, tarixiy haqiqat, epik janr, ma’naviyat., obraz, milliy o‘zlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники