К содержанию
РецензированоUZ2026

ANTIK DAVR OLIMLARINING TA’LIM TARBIYAGA OID QARASHLARI

Tursunboyeva Gulsum To‘raqul qizi · Tursunboyeva Gülsüm Torakul kızı (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute magistranti) · Турсунбоева Гульсум Торакуль кызы (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute magistranti)

Для учителей · 2026

Аннотация

The article analyzes the views of ancient scholars on education and upbringing, highlighting their influence on modern pedagogy. The thoughts of thinkers such as Socrates, Plato, and Aristotle, the connection of education with moral, physical, and mental development, and the importance of philosophical thinking are highlighted. Keywords. Antiquity, ideal education, human nature, intellectual education, moral education, pedagogy, philosophical thought. 472 Ta’lim va tarbiya insoniyat tarixining muhim tarkibiy qismi bo‘lib,insoniyat rivojlanishi bilan birgalikda shakllanib bordi. Uning ildizlari qadimgi sivilizatsiyalarga borib taqaladi. Antik davr olimlari ta’lim jarayoni, axloqiy tarbiya hamda insonning intellektual rivojlanishi to‘g‘risida o‘ziga xos qarashlarni ilgari surganlar. Ularning fikrlari bugungi ilm-fanning, pedagogikaning shakllanishida muhim rol o‘ynagan. Antik davr ta’lim-tarbiyasining shakllanishi, asosan, Yunoniston va Rim madaniyati bilan bog‘liq. Ushbu hududlarda ta’limning asosiy maqsadi ideal fuqaroni tarbiyalash bo‘lib, insonning jismoniy, aqliy va axloqiy jihatdan mukammal shakllanishiga katta e’tibor qaratilgan. Bu davrda yashagan Suqrot, Platon, Aristotel, Mark Tulliy Tsitseron, Kvintilian, Mark Avreliy singari olimlar ilm-fan, ta'lim va tarbiya haqidagi nazariyalarini ilgari surib keyingi davr insoniyat tarqqiyoti rivojiga katta hissa qo‘shdi. Suqrot (469-399 mil.avv.) Fikrlash orqali ta’lim.“Men faqat bitta narsani bilaman, u ham shu: men hech narsani bilmayman” [2, 4 b]. O‘z davrining eng mashxur faylasufi bo‘lib, nazariyalarida ta'limning asosiy maqsadi fikr yuritish va mantiqiy tafakkur orqali insonni shakllantirish deya aytib o‘tadi. Sokrat ta’limning asosiy maqsadi odamlarni fikrlashga o‘rgatish deb hisoblagan. U o‘zining Sokratik usuli orqali o‘quvchilar bilan savol-javob orqali haqiqatni aniqlashga intilgan. Unga ko‘ra:Inson oldindan hech narsani bilmaydi,ya'ni bilimni izlash kerak.O‘qituvchi o‘quvchiga tayyor bilim bermaydi, unga to‘gri yo‘l yo‘riq ko‘rsatib uni shakllantirishga yordam beradi.i. Axloqiy tarbiya ham kishilik jamiyatida muhim bo‘lib, odam avvalo o‘zini tanishi va yaxshilikka intilishi lozim. Sokratning ta’lim usuli bugungi interaktiv ta’lim-savol javob, muhokama, tanqidiy fikrlash metodlarining asosini tashkil qiladi. Platon (427-347 mil.avv.): Ideal ta’lim tizimi. U o‘zining Davlat (Politeia) asarida mukammal, rivojlangan jamiyat uchun qanday ta'lim tizimi joriy etish kerakligi yuzasidan fikrlarini bayon etadi. “U ta'lim 3 bosqichdan iborat bo‘lishi zarurligi har bir bosqich yoshiga ko‘ra guruhlarga ajratilishini yozadi. Unga ko‘ra inson tug‘ilganidan 7 yoshga yetguniga qadar oilada tarbiya olishi va bu davrda asosan axloqiy bilimni yaxshi egallashi lozim. Ta'limning keyingi bosqichi 7 yoshdan 18 yosh oraligida bo‘lib ushbu davrda jismoniy tarbiya hamda musiqiy bilimlarni egallash kerak. Keyingi davr 18-30 yoshlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu davr ilmiy ta'lim davri deb atalib falsafa, matematika, mantiq kabilarni shu davr orasida o‘zlashtiradi” [4. 217b]. Platon asarlarida ayollarning ham erkaklar singari bilim olishda teng huquqli ekanligi, iste’dodli kishilar hamisha hurmatga sazavor ekanligini ham ta'kidlab o‘tgan. Uning qsrashlari bugungi zamonaviy ta'limda ham oz ifodasini topdi. Yoshga qarab- maktab, litsey, OTM tizimida o‘qitish. Aristotel (384–322 mil.avv): Inson tabiatiga mos ta’lim. U o‘zining Siyosat(Politika) va “Nikomax axloqi” asarlarida ta’limni 3 asosiy sohaga ajratadi: 1. Jismoniy tarbiya 2. Axloqiy tarbiya 3. Aqliy tarbiya Sog‘lom tana va sog‘lom ongni shakllantirish uchun jismoniy tarbiya, insoniy fazilatlarining kamol topishida axloqiy tarbiya, mantiq, falsafa hamda ilmiy bilimlarning rivojlanishida aqliy tarbiyaning roli juda katta . Shuningdek Aristotel tajribaga asoslangan o‘rganish orqali inson o‘z bilimlarini yanada mustahkamlashi lozimligini ham uqtiradi. Darhaqiqat, tajriba inson hayotida katta o‘rin tutadi. Biror bir narsni boshlashdan oldin avvalo insonda malaka bo‘liski lozim. Aristotelning bu izlanishlari bugungi kun ta'lim metodida ham keng qo‘llanilmoqda. Jismoniy tarbiyaning zamonaviy maktablarda ham keng joriy qilinishi, eksperimental ta'lim- zamonaviy ta'limda tajriba va laboratorya ishlarining olib borilishi bunga misol bo‘la oladi. Kvintilian(35-100) rimlik olim bu davrda birinchi pedagogik darslik hamda namunali o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerakligi haqida yozgan. Uning asosiy qarashlari "Institutio Oratoria" ("Notiqlik san’ati") asarida o‘z ifodasini topgan. Yosh avlodning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada takomillashtirish,ular tabiatan bilim olishga moyilligi sababli yoshlikdan qobiliyatlarini rivojlantirishda o‘qituvchining roli nihoyatda beqiyosdiri. Kvintilian o‘qituvchi oldiga bir qancha talablarni qo‘yadi. “Birinchidan mehribon va talabchan bo‘lishi, ikkinchidan notiq bo‘lishi 473 kerakligini yozadi”. [ 6, 167 b] Kvintilian qarashlari bugungi ta'lim tizimida ham keng qo‘llanilmoqda. Pedagogik metodikalar – o

Доказательный фрагмент

«The article analyzes the views of ancient scholars on education and upbringing, highlighting their influence on modern pedagogy.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article analyzes the views of ancient scholars on education and upbringing, highlighting their influence on modern pedagogy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Antiquity, ideal education, human nature, intellectual education, moral, axloqiy tarbiya, aqliy tarbiya, ideal ta'lim, pedagogika, inson tabiati, Kalit so‘zlar. Antik davr, falsafiy tafakkur.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники