Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISAJON SULTON HIKOYALARIDA NOVATORLIK
Jo‘rayeva Surayyo Tolibjon qizi · Yuldosheva Saodat Azizovna, ilmiy rahbar (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Juraeva Surayyo Tolibjon qizi (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti dotsenti) · Yuldosheva Saodat Azizovna, bilimsel danışman (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti dotsenti) · Özbekistan-Finlandiya Pedagoji Enstitüsü Doçenti (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti dotsenti) · Джураева Сурайё Толибжон кизи (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti dotsenti)
Для учителей · 2026
Аннотация
In fiction, the concepts of friendship, loyalty, and betrayal are among the immortal themes. In Uzbek literature, the image of “friend” is interpreted differently. Isajon Sultan's story “Do‘st” (Friend) is one such work. In this article, the content of this story is analyzed, and the author's ideological goal is considered. The work discusses the philosophical meanings expressed through the word “friend”. Keywords. Prose, story, image, “Friend” story, soul, body, Abay, “Proverbs”,heart, mind, zeal, knowledge, metaphor. Mustaqillik davri nasrida o‘z yo‘nalishi, qalamining o‘tkirli bilan adabiyot olamida o‘z o‘rniga ega ijodkorlarimiz bir qancha. Jumladan, Shukur Xolmirzayev, Murod Muhammad Do‘st, Ulug‘bek Hamdam, Normurod Norqobilov, Luqmon Bo‘rixon, Isajon Sulton singari ijodkorlarning o‘ziga xos yo‘nalishda yaratgan asarlari milliy adabiyotimiz taraqqiyotiga sezilarli darajada hissa qo‘shmoqda. Bugungi kunda nasrda shaklga emas, ko‘proq ruhiyat tasviriga alohida e’tibor berilmoqda. Badiiy asardagi obrazlarga munosabat yozuvchi tomonidan emas, balki kitobxonning o‘ziga havola qilinmoqda. Bu esa nasr taraqqiyotining bir pog‘onaga ko‘tarilganligidan dalolat beradi. Bugungi kunning shunday ijodkorlaridan biri O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Isajon Sultondir. Uning dastlab romanlari, keying yillarda hikoyalari ham falsafiyligi bilan ajralib turadi. Yozuvchi asarlarida o‘ziga xos uslubni: ramziylik, falsafiylik, qat’iyatlilik kabi jihatlarni kuzatamiz. Hikoyalari ham o‘yga toldiradi, ham mushohadaga undaydi. Buni “Do‘st” hikoyasi misolida ko‘rib o‘tamiz. Ishda Isajon Sulton ijodi va turkiy xalqlarda do‘stlik obrazi haqidagi ilmiy ishlar tahlil qilindi. Unda qiyosiy-chog‘ishtirma, tarixiy-tipologik metodlardan foydalanildi. Majoz turli janrlarda, ayniqsa, masal, rivoyat, hikoya, qissa ba’zan roman shaklida ham uchrab turadi. Adabiyotimizda Muhammad Sharif Gulxaniy “Zarbulmasal” [10] asari o‘zbek adabiyotida majoziy xarakterda yaratilgan bo‘lsa, jahon adabiyotida XX-asrda yozilgan Jorj Oruellning “Molxona” [5] romani esa fikrimizning dalilidir. Ham nasrda, ham nazmda keng qo‘llanib kelinayotgan majoziy obraz tasviridan yozuvchi Isajon Sulton ham ustalik bilan foydalangan. O‘zbek adabiyotida, balki jahon adabiyotida ham o‘lmas mavzulardan biri bo‘lgan do‘stlik mavzusini turlicha talqin etuvchi asarlar bir qancha. Masalan, Xalq og‘zaki ijodidan, “Alpomish” dostonida Alpomish va Qorajonning do‘stliga; [7; 10-bet] ertaklarda, “Egrivoy va To‘g‘rivoy”ning munosabatlari keltirilgan bo‘lsa, [3; 56-bet], XX-asrda yozilgan O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asarida ham do‘stlarning munosabatlari yoritib berilgan [4; 19-bet]. “Alpomish” dostonida Qorajon sadoqatli do‘st desak, “Egrivoy va To‘g‘rivoyda” bunung aksini ko‘ramiz. XX asrda yashab ijod etgan shoirimiz Erkin Vohidovning mashhur she’ri “Do‘st bilan obod uying, gar bo‘lsa u vayrona ham, Do‘st qadam qo‘ymas esa Vayronadir koshona ham” - degan satrlarida inson yashar ekan, unga har doim bir do‘stning kerakligi haqidagi fikrlar ilgari surilgan. Bugungi kun nasrda Murod Muhammad Do‘stning “Lolazor” romani [6]. Yoshlikdan birga o‘sgan ikki do‘stning hayot muammolari ikki xil insonga aylantirgani, konfliktlar ichida do‘stlikka darz ketishi, orzularini orzuligicha qolib ketganligi, davrning muammolari ko‘rsatilgan. Bir qarashda Isajon Sultonning ham hikoyasida xuddi shunday muammolar keltirilgan deb o‘ylaysiz. Chunki hikoyaning boshlanishidagi badiiy tasvirlar kitobxonni shunday o‘ylashga majbur qiladi. Senu men tengdosh edik, do‘st. O‘tloqlarda o‘ynar edik. O‘shanda… rosa chopar edik-da. Oyog‘imiz ostida quyun o‘ralashardi. Qirda shamoldan o‘zib ketardik. To‘kilgan o‘rik gullari chopishimizdan paydo bo‘lgan shiddatlarda yerdan ko‘tarilib, uchib - uchib yana yerga qayta qo‘nardi. Dunyo biz uchun mana shu kichkina makondan iborat edi, xolos. 479 Bir qarashda bolalikdan birga katta bo‘lgan ikki do‘stning xotiralariga o‘xshaydi. Ammo bu ikki do‘stning o‘zaro suhbati emas, buni hikoyani chuqur mushohada qilibgina anglash mumkin. Do‘stlik mavzusiga Isajon Sulton mutlaqo yangicha tus bergan. Ijodkorimiz ikki kishi o‘rtasidagi munosabatlarni emas, tana bilan ruhni o‘zaro suhbatlashtirgan. Bu hikoyaning falsafiyligidan dalolat beradi. Adabiyotimiz tarixida Alisher Navoiyning “Lison ut tayr” yoki “Farxod va Shirin” asarlarida falsafiylik yorqin ko‘zga tashlanadi [1; 25 bet]. Farxodning ismini kelib chiqishi, yo uning o‘rgangan ilmlari komillik sari qadamlari edi. Qardosh xalqlardan qozoq shoiri Abayning ham ijodida shu yo‘nalishdagi asarlari bor. “Naqliya so‘zlar” deb nomlanadi [12]. Asar nasihat shaklida yozilgan bo‘lib, qisqa fikrlar aytilgan, xulosalar keltirilgan. “Naqliya so‘zlar”ning O‘n yettinchi so‘z bo‘limida G‘ayrat, Aql, Yurak - har uchalasi, o‘zini maqtab tortishib qoladi. Ilmning oldiga kelib hakamlik qilishini so‘raydi va ilm uchalasi birikishini aytadi. Agar birika olmasangiz men yurakni yoqlayman, chunki insonlar qalbini toza saqlashlari lozim, deb xulosa beradi. U
Доказательный фрагмент
«In fiction, the concepts of friendship, loyalty, and betrayal are among the immortal themes.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn fiction, the concepts of friendship, loyalty, and betrayal are among the immortal themes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Prose, story, image, “Friend” story, soul, body, Abay, “Proverbs”, heart, mind, g‘ayrat, “Do‘st” hikoyasi, Kalit so‘zlar. Nasr, ruh, aql, “Naqliya so‘zlar”, yurak, hikoya, tana, obraz, ilm, majoz.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026