Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“QUTADG‘U BILIG” VA “HIBAT UL-HAQOYIQ” DOSTONLARIDA BILIM VA BILIMNING FOYDASI HAQIDA
Baratova Malika Ulug‘bek qizi · BILGININ FAYDASI ÜZERINE (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Baratova Malika Ulug‘bek kizi (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Баратова Малика Улугбек кызы (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi)
Для учителей · 15 · 37-39 · 2026
Аннотация
В данной статье подробно рассматриваются аспекты знания и просвещения, его преимущества и вред невежества в эпосах «Кутадгу билиг» и «Хибат ул- хакойик», которые считаются уникальными шедеврами узбекской литературы периода раннего Возрождения и написаны в духе тюркских панднаме. Также имеется множество стихов, демонстрирующих сходство идейно-художественных идей между первой в узбекской литературе эпической поэмой, написанной в стиле маснави, и произведением «Хибат ул-хакойик» великого художника слова Ахмада Югнаки, известного как учитель нравственности. 491 Ключевые слова. Юсуф Хос Хаджиб, дидактическая литература, Ахмад Югнакий, знание и невежество, панднама. IN THE EPISTLES “QUTADG‘U BILIG” AND “HIBAT UL-HAQOYIQ” ON KNOWLEDGE AND THE BENEFITS OF KNOWLEDGE Baratova Malika Ulug‘bek qizi, Student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute Scientific advisor: Sharipova Sunbula Ahad qizi, Lecturer at the lepartment of Uzbek language and literature Annotation. This article extensively examines the aspects of knowledge and enlightenment, its advantages, and the harm of ignorance in the epics “Qutadgu’u bilig” and “Hibat ul-haqoyiq”, which are considered unique masterpieces of Uzbek literature of the early Renaissance period and written in the spirit of the Turkic pandnama. There are also many verses that show the closeness of ideological and artistic ideas between the first epic in Uzbek literature written in the masnavi style and the work "Hibat ul-haqoyiq" by the great word artist Ahmad Yugnakiy, known as the teacher of morality. Keywords. Yusuf Khos Hajib, didactic literature, Ahmad Yugnakiy, knowledge and ignorance, pandnama. “Bo‘stonul orifin”da shunday hadis keltiriladi: “Banda sadaqa qiladigan narsaning eng afzali ilm o‘rganmog‘i so‘ng uni o‘zidan boshqalarga o‘rgatmog‘idir” [1, 4 b.]. Darhaqiqat, mumtoz mutafakkirlarimiz ilm o‘rganmoq, ilmning insоn hayotidagi ahamiyati, qolaversa, ilm talabidagi insonning maqomi xususida doimo mulohaza yuritganlar. O‘zbek adabiyoti tarixida turkiy adabiyot namunalarining eng ko‘hnasi bo‘lmish “Qutadg‘u bilig” “Hibat ul-haqoyiq” kabi asarlarda ham ushbu mavzu borasida atroflicha fikrlar, hikmatlar, pand-nasihatlar keltiriladi. Xususan, o‘z davrining yetuk faylasufi, olimi, fozili, davlat arbobi, fan va adabiyot homiysi bo‘lmish Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida ideal shaxs, jamiyat, davlat qanday shakllanishi kerak, ideal shaxs fazilatlari qanday bo‘lishi kerak va bu fazilatga qanday qilib erishish kerak, mansub sohiblarining xususiy, shaxsiy hayoti va jamiyat hamda davlat munosabati qay tartibda bo‘lishi shart kabi muhim masalalarning falsafiy tizimini yaratadi. Muallif o‘z asariga “Qutadg‘u bilig” deb nom qo‘yganligi haqida shunday deydi: Kitab ati urdum “Qutadg‘u bilig”, Qutadsu o‘qug‘liqa tutsu elig [8, 112 b.]. Mazmuni: Kitob otini “Qutadg‘u bilig” qo‘ydim, O‘quvchiga baxt keltirsin qo‘lidan tutsin. O‘sha davr adabiyotida, xususan, turkiy adabiyotda ham an’anaga aylangan, pandnoma ruhi bilan yozilgan asarlardan biri XII asr oxiri – XIII asr birinchi yarmida yashab ijod qilgan, o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos o‘rin tutadigan ulug‘ shoir va mutafakkir Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul- haqoyiq” (“Haqiqatlar tuhfasi”) dostonidir. Ahmad Yugnakiyning Qur’oni karim va Hadisi sharif ma’nolari singdirilib, islom dini axloqini targ‘ib qilish va komil insonni tarbiyalab yetishtirish maqsadi bilan yozilgan ushbu asardagi hikmatlarning mavzusi keng va rang-barang: ularda olam va odam munosabatlari, hayotning mazmuni, inson umrining mohiyati, bilimning afzalligi, odob-axloqning kishi kamoloti uchun ahamiyati, insoniy fazilat va qusurlar xususida chuqur bilim va katta hayotiy tajriba asosida kundalik turmushdan olingan misollar vositasida teran mulohazalar yuritib ibratli xulosalar chiqarish uchun asosiy manbalardan biridir. Xususan, olim ilm manfaati va jaholat zararlari haqida deb nomlangan bobda bilim, bilimlilik, bilimsizlikning qiymati, ilm qadri, donolik, zakovatlilik, bilimsizlikning ziyoni haqida o‘z fikrlarini bayon etadi: Baholiq dinor ul biliklik kishi, Bu johil biliksiz – bahosiz beshi [2, 17 b.]. 492 Mazmuni: Bilimli oltindek har yerda ustun, Bilimsiz misoli qurigan o‘tin. Bundan ko‘rinib turibdiki, adib bilimli insonni oltinga bilimsizni esa o‘tinga tenglashtirishi orqali oltin va o‘tinning orasida qanchalik farq bo‘lsa bilimli va bilimsiz orasida ham shunchalik tavofut borligini bir bayt misolida ochib bera olgan. Yoki “Qutadg‘u bilig” asaridagi ushbu misralarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Bilimsizga to‘rda o‘rin bo‘lsa ko‘rgin, Bu to‘r poyga sanaladi poyga esa to‘r sanaladi. Agar donoga poygadan o‘rin tegsa, Bu poyga to‘rdan ham to‘rroq bo‘ladi [8, 100 b.]. Ushbu misralardan bilimning qadri har qachon va har yerda yuqori bo‘lishi muqarrarligiga, bilimsizning esa bunday mavqega erisha olmasligiga amin bo‘lamiz. Yuqorida keltirilgan parchalarni o‘rganish orqali quyidagi hadis yodga tushishi bejiz emasdir: Ibn Abbos roziyallohu anhumo bu borada aytganlarki, “Ula
Доказательный фрагмент
«В данной статье подробно рассматриваются аспекты знания и просвещения, его преимущества и вред невежества в эпосах «Кутадгу билиг» и «Хибат ул- хакойик», которые считаются уникальными шедеврами узбекской литературы пе…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье подробно рассматриваются аспекты знания и просвещения, его преимущества и вред невежества в эпосах «Кутадгу билиг» и «Хибат ул- хакойик», которые считаются уникальными шедеврами узбекской литературы пе… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Yusuf Khos Hajib, didactic literature, Ahmad Yugnakiy, knowledge and, didaktik adabiyot, pandnoma., Kalit so‘zlar. Yusuf Xos Hojib, bilim va bilimsizlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025