К содержанию
РецензированоUZ2026

ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA MILLIY VA UMUMINSONIY G‘OYALAR TALQINI

G‘OYALAR TALQINI · Ibrohimova Muxabbat Anvarjon qizi · Buriyeva Firuza Normurotovna (O‘zbekistn-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · FİKİRLERİN YORUMU (O‘zbekistn-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Ibrohimova Mukhabbat Anvarjon kizi (O‘zbekistn-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Buriyeva Firuza Normurotovna (O‘zbekistn-Finlandiya pedagogika instituti talabasi)

Для учителей · 2026

Аннотация

This article discusses the theme and ideology of a work, one of the issues that determine the viability and longevity of a work of art. After all, there is always a need for research on the interpretation of national and universal ideas in poetic works in literary criticism. One of the representatives of Uzbek literature who was able to create his works perfectly in this regard is undoubtedly Abdulla Oripov. The poet's poetry is imbued with ideas related to humanity and humanity, flora and fauna, as well as national spirit, therefore we can safely say that they are relevant for today and can be the most necessary source for educating young people in the spirit of humanity and patriotism. Keywords. Poetry, idea, patriotism, love, person, poet, creativity, life. Abdulla Oripov she’riyat olamiga so‘nmas shijoat, kuchli ishtiyoq, yorqin iste’dod, o‘tkir tafakkur, serjilo tuyg‘ular va o‘zining uslub va ohangi bilan kirib kelib, XX asr o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biriga aylangan. O‘zidan o‘chmas nom, naqadar boy meros qoldirganki, uning ijodi bugungi kunda ham tarbiya vositasi bo‘la oladi desak, adashmaymiz. Shoirning har bir she’ridan teran ma’no anglash mumkin, ya’ni she’rlari insoniy kechinmalar, milliy va umuminsoniy g‘oyalar singdirilganligi bilan kitobxinlar qalbidan joy olib ulgurgan. Ezgu g‘oyalar, tinchliksevarlik, vatanparvarlik, xalqparvarlik singari falsafiy ma’no-mazmun mujassamligini shoirning qator she’rlarida ko‘rib o‘tamiz: Yonma-yon bitikmiz taqdir toshida, Birimiz yoqa-yu birimiz yengmiz. Rasululloh demish: - Haqning qoshida Taroq tishlaridek barchamiz tengmiz [1.26]. Shoirning “Tenglik” deb nomlangan mazkur she’rida jamiyatdagi barcha insonlar uchun tegishli bo‘lgan tenglik tushunchasi qalamga olingan. Bizga ma’lumki, teng huquqlilik davlatimiz qomusida ham fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar qonun oldida tengligi mustahkamlab qo‘yilgan. Shoir ham o‘z she’ri orqali har bir inson yaratganning suygan bandasi ekanini, oqmi qorami, boymi kambag‘almi, yaxshimi yomonmi allohning dargohida har bir kishi taroq tishlari kabi teng ekanligini anglatmoqchi bo‘ladi. Shuningdek, shoir she’rlari orasida ajdodlarimizdan o‘tib kelayotgan muqaddas ona tilimiz – o‘zbek tilining himoyasiga da’vat etilgan she’rlarni ham uchratamiz. Jumladan, shoirning “Ona tilim” she’rini yod bilmagan birorta o‘zbek bo‘lmasa kerak: Ona tilim, sen borsan, shaksiz 500 Bulbul kuyin she’rga solaman. Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz Men ham to‘ti bo‘lib qolaman [2.397]. Vatanni sevish, asrab avaylash, xalq taqdiri bilan yashash, istiqlol umidi kabi mavzular vatanparvar shoir she’riyatining bosh mavzusi bo‘lib xizmat qilgan. Umuman, xalq, uning dard-u tashvishi, O‘zbekistonmavzusi shoir ijodida ayricha bir muhabbat bilan qalamga olinadi. Ona-yurt – jonajon O‘zbekiston – Abdulla Oripov eng baland maqomlarda qalamga olgan mavzudir. Shoir bevosita O‘zbekistonga she’r bag‘ishlaydimi, paxtani madh etadimi, hamma vaqt ko‘z o‘ngida jafokash xalqimiz, uning muammolari, tashvishlari turadi. Millatning uyg‘onishida, milliy g‘urur tuyg‘ularining chuqur tomir yoyishida, Vatanni tanishning teranlashishida shoir so‘zining salmog‘i beqiyos bo‘ldi. Uning lirik qahramoni O‘zbekistonni otashin bir sevgi bilan sevadi [2.398]. Abdulla Oripov she’riyatida tilga olingan mavzularni ulkan bir daraxtga o‘xshatadigan bo‘lsak, yirik bir shoxini Vatan (milliy istiqlol, tinchlik va boshqalar), yana bir katta shoxni hayot(inson haqidagi mulohazalar) va boshqa yana bir ulkan shoxni sevgi deb nomlasak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bizga ma’lumki, adabiyotda hech bir shoir yoki yozuvchi yo‘qki, o‘z asarlarida sevgini madh etmagan, muhabbatni tilga olmagan. Shu jumladan, Abdulla Oripov ijodida ham muhabbat shabadalari esib turuvchi satrlar talaygina. Shoirning butun she’riyatisingari muhabbat lirikasi ham o‘ziga xosligi, teranligi, tuyg‘ularning tabiiyligi, hayotiyligi, real voqelikka monandligi bilan ajralib turadi. Sevgi haqidagi hazin, mungli ohanglar har qanday oh-vohlar, o‘ldim-kuydimlardan yiroq. Javobsiz muhabbat iztirobi, alami, chuqur insoniy kechinmalar, chinakam sevgi orzumandi bo‘lgan katta qalb egasining dard-u dunyosi, hasratlari, yonish-o‘rtanishlari, iztiroblari shoir muhabbat lirikasining mazmunini tashkil etadi[2.407] “Muhabbat”, “Men seni kuylamoq istayman”, “Ilk sevgi”, “Yuragimning tubida bir nom”, “Sendan yiroqda”, “Sen bahorni sog‘inmadingmi” kabi she’rlarida sevgi va muhabbatning o‘tli nafasi sezilib turadi: Mana, bugun navro‘zi olam, Do‘stlarimga gullar tutarman. Qaylardasan, sevikli erkam... Qo‘limda gul seni kutarman, Umrim bo‘yi chorlab o‘tarman, Sen bahorni sog‘inmadingmi [3.20]? Istiqlol umidi bilan yashash, mustaqillik, tichlik, yurt obodligi, xalq farovonligi va birdamligini mustahkamlash shoirning eng oliy maqsadlaridan biri bo‘lgan va bu kabi g‘oyalar uning ko‘pgina she’rlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, shoirning 2016-yilda yozilgan “Istiqlol yurti” deb nomlanga

Доказательный фрагмент

«This article discusses the theme and ideology of a work, one of the issues that determine the viability and longevity of a work of art.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the theme and ideology of a work, one of the issues that determine the viability and longevity of a work of art. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Poetry, idea, patriotism, love, person, poet, creativity, life, hayot., ijod, Kalit so‘zlar. She’riyat, shoir, vatanparvarlik, inson, sevgi, g‘oya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники