К содержанию
РецензированоUZ2026

JALOLIDDIN RUMIY IJODIDA O‘ZIGA XOSLIK

Ko‘charmurodova Shohsanam Ravshan qizi · Yakubova Safiya Hamdamovna · Ko‘charmuradova Shohsanam Ravshan kizi · Yakubova Safiya Hamdamovna · Pedagoji ve Diller Fakültesi · Кочармурадова Шохсанам Равшан кызы · Якубова Сафия Хамдамовна (Студентка факультета педагогики и языков)

Для учителей · 2026

Аннотация

In this article, the great thinker Jalaliddin Rumi deeply explained both philosophically and scientifically that the main essence of Islam is enlightenment and mystical thinking in his mystical views, and most importantly, he was able to convey it to the hearts and souls of people in a simple and understandable way. Keywords. The world of the spirit, the world and man, self-awareness, love, Sufism, mysticism, time, “What is within you is within you”,”worldly desire, religious knowledge”, “Masnavi, spiritual”. Mumtoz sharq adabiyotida buyuk allomalar borki, ular o‘z davridayoq insonlarga ma’naviy ozuqa va pirikomili bo‘lishgan. Mana shunday mutafakkir, valiylardan biri Jaloliddin Rumiy 1207- yilda Balxda Bahouddin Valad oilasida tavvallud topgan. Arablarning da`vosiga ko‘ra, Rumiyning Ota-ona avlodi Muhammad(s.a.v) va Xalifa Abu Bakir shajarasiga borib taqaladi. Uning otasi ulug‘ shayxlardan donishmandlardan biri bo‘lgan.Bahouddin Valad Muhammad Xorazimshoh bilan kelisholmay Balxdan chiqib ketadi va Makka safaridan so‘ng, Turkiyaning Ko‘niya shahrida qo‘nib topadi va shu yerda muqim qoladi va 1273-yilda vafot etadi.Uning ilmiy adabiy merosi juda kattadir. Mavlona Rumiy arab, fors tillarida ijod qilgan. Masnaviy, ruboiy va g‘azallarini o‘zichiga olgan “Devoni Kabir” (“Ulug‘ devon”)da uch mingdan ortiq she`rlari bor. Falsafiy-so‘fiyona g‘oyalar ruhiyat olamini kashf qilgan asarlaridan yana biri “Masnaviy ma’naviy’’si Qur`ondan kiyingi o‘rinda turuvchi muqaddas kitobdir.Uning asosini Qur’ondagi oyatlar, hadislar, hikoyatlar va timsollar tashkil qilgan bu asar 6 jilddan iborat . Qur`oni karim oyatlarining yetmish foiz mohiyatini o‘zida mujjassamlashtirgan, 270 dan ziyot hikoyalarni, yuzlab pand-u hikmatlarni o‘z ichiga olgan va shu o‘rinda o‘ta murakkab falsafiy, so‘fiyona qarashlarni oddiy sodda qilib turmish tafsilotlari bilan yetkazib bergan. Jaloliddin Rumiyni o‘rganish asosan, XIV asrdan boshlab, birinchi navbatda uning izdoshlari va shogirtlari uning ta`limotini o‘rganishga kirishishgan. Xususan, uning o‘g‘li Sulton Valad bo‘lib, otasining ta`limotini davom ettirgan va asarlarini sharhlab keng jamoatchillikka yetkazishga harakat qilgan. Reynold Nicholson: Ingilis sharqshunosi, Rumiyning “Masnaviy” asarini ingilis tiliga tarjima qilib, Rumiyning asarlarini G‘arbda keng yoyishga harakat qilgan. Radiy Fish rus yozuvchisi sharqshunosi Mavlono Rumiy haqida asar yozadi u “Jaloliddin Rumiy” asaridir. Uni O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol tomonidan tarjima qilgan. Va shu o‘rinda Jaloliddin Rumiy haqida o‘zi ham keng ko‘lamda o‘rganadi va keng targ‘ib qilgan va shu qatorida Munavvara Oymatovaning ijodiy faoliyatida ham Mavlono Rumiy alohida ahamiyatga egadir. Jaloliddin Rumiy hayoti va ijodini o‘rganib, ma`naviy ustozi sifatida ko‘rib, uning ijodiy faoliyatini insonlarga yetkazish maqsadida ko‘plab ilmiy izlanishlar, dissertatsiyalar, maqolalar va kitoblar ham ommaga taqdim qilinmoqda. Jumladan, Ch.Xumoi, M.Cha’fari, R.Xadizade, N.Odilova va Radiy Fishning Jaloliddin Rumiy asarini T-1986-yil. (Jamol Kamol tarjimasi) olishimiz mumkin. Radiy Fish bu asari haqida shunday yozadi: “Ushbu kitob tarixiy faktlar va bizgacha yetib kelgan dalillarga suyanib, shoirning hayoti, uning ma`naviy izlanishlari tarixini tiklashni ko‘zlagan bir urinishdir” deb bayon qiladi. Munavvara Oymatova olima “Rumiy va o‘zbek adabiyoti” mavzusida ilmiy ishlar olib bormoqda. Olima Rumiy hayoti va ijodi bilan bog‘liq bir necha maqolalarini e’lon qilgan. Ulardan biri [Rumiy dunyosi_ 2013-yil.] mavzusidagi maqolasidir. 504 XX asrning boshlarida rus sharqshunoslari: A.Karimskiy, I.E.Goldsier, E.Bertels kabi tadqiqodchilarni keltirish mumkin. Jaloliddin Rumiyning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishda Asqar Mahkam, Ulug‘bek Hamdam va Jamol Kamol kabi ijodkorlarimizning mehnatlari beqiyosdir. Jaloliddin Rumiyning “Fiqihi mo- fiqiho” ya`ni “Ichingdagi ichingdadur” asari juda buyuk asar deb atashimiz mumkin. U kitob bir baxtli insonning hayoti yoki bir baxtsiz haqida emasdir. U barcha insonlarning o‘zligini bilish haqidadir. Uni o‘qigan inson, albatta.” Men haqimda ekan” deb o‘ylasa ajab emas. Unda insonni tadqiq qiladi, botniy ilmlar manbai , o‘zini anglash va shu orqali ilohni anglash mumkinligini ochib bera olgan. Insonning javhari bo‘lmish sof qalbi , iymoni tafakkuri bilan naqadar buyukligini e`trof etish bilan birga nuqsonlari nafsi, hirslarini jilovlay olmagani uchun insonga nuqson emas balki ashaddiy dushmani uni qafasga soladi. O‘zini o‘zligini unutgan insonlar nafsiga qul bo‘ladur shu sababli insoniylik fazilatlari yo‘qolib hayvondan farqlanmay qoladi. Birgina shakilda inson qiyofasi qoladi, u yerda ma`no mohiyatan yo‘qdir. O‘zini anglay boshlagach dushmanini ham ilohni ham o‘z ichidan topa boshlaydi. “Ichingdagi ichingdadur” asarining bir hikoyasida keltiriladiki: Bir odam zahar solingan kosani Hazrati Umarga olib kelishdi va shunday dedi : -bu dushmanlarni bildirmsdan o‘ldirish uchun juda yaxshidir, bir tomchisi bilan bir dushmanimizni

Доказательный фрагмент

«In this article, the great thinker Jalaliddin Rumi deeply explained both philosophically and scientifically that the main essence of Islam is enlightenment and mystical thinking in his mystical views, and most importa…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the great thinker Jalaliddin Rumi deeply explained both philosophically and scientifically that the main essence of Islam is enlightenment and mystical thinking in his mystical views, and most importa… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
The world of the spirit, the world and man, self-awareness, love, Sufism, so‘fiylik, vaqdat, tasavvuf, diniy bilim “Masnaviy ma’naviy”., Kalit so‘zlar. Ruhiyat olami olam va odam, dunyoviy istak, “Ichingdagi ichingdadur, o‘zlikni anglash, sevgi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники