К содержанию
РецензированоUZ2026

XALQ OG‘ZAKI IJODIDA RANGLAR TASVIRI

Akramova Jayrona Jamol qizi · Sharipova Sunbula Ahad qizi (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Akramova Jayrona Jamol kızı (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Sharipova Sunbula Ahad kızı (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Акрамова Джейрона Джамол кызы (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Шарипова Сунбула Ахад кызы (Студентка Узбекско-Финского педагогического института)

Для учителей · 15 · 37-39 · 2026

Аннотация

This article analyzes Kaykovus’s work “Qobusnoma”, its compositional structure, the role of the work in the development of our didactic literature, and the author’s views on human development. The opinions are substantiated by the analysis of individual chapters. 488 Keywords. “Qobusnoma”, pandnoma, story, Kaykovus, educational guidelines, deposit. Musulmon sharq adabiyotida pand-nasihat, umuman, didaktika alohida o‘rin tutadi. Kaykavus qalamiga mansub “Qobusnoma” asari ham didaktikaning nodir namunalaridan hisoblanib, u Sharq-u G‘arb mamlakatlari orasida juda mashhur hisoblanadi. Mo‘jaz rivoyatlar, ixcham latifalar, kichik-kichik hikoyatlar va hadislar asarni yanada jozibali, o‘qishli bo‘lishini ta’minlaydi. “Qobusnoma” asari asrlar mobaynida bir qancha tillarga tarjima qilingan. Xususan, turk, uyg‘ur, tatar, ingliz, farang, olmon, rus va boshqa tillarga tarjima qilinganini ko‘rishimiz mumkin. Ma’lumki, asar turkiy tilga birinchi marta 1860-yilda buyuk mutafakkir va shoir Muhammad Rizo Ogohiy tomonidan tarjima qilingan. Ogohiy tarjimalari ichida “Qobusnoma” alohida o‘rinlardan birini egallaydi. Bu nodir asar 1965, 1973 va 1986-yillarda adabiyotshunos olim Subutoy Dolimovning katta sa’y-harakatl.Sari bilan uch marta nashrdan chiqarilgan edi. Nashrga O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondida saqlanuvchi (inv.1274/11) Ogohiy tarjimasi qo‘lyozmasi asos qilib olindi, shu bilan birga, professor Y.E.Bertelsning ruscha tarjimasi va Eron professori Said Nafisiy tomonidan tayyorlangan Tehron nashridan foydalanilgan. “Qobusnoma” asarikompozitsiyasi muqaddima va qirq to‘rt bobni o‘z ichiga olgan. Asarni dastlabki, to‘rt bobi Haq taoloni tanimoq hamda Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning faoliyati haqida gapirilib o‘tilgan va qolgan qirq bobida esa ota-onani hurmatlash, ilm olish axloqi, uxlash odobi, mehmon kutishlik axloqlari, farzand tarbiyasi va savdo, hunarmandchilik san’atlarini egallash, saxovat va juvonmardlik kabi ko‘plab masalalarni o‘z ichiga oladi [1]. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, “Qobusnoma” asari axloqiy-tarbiyaviy hikoyatlar, pand- nasihat ruhidagi mulohazalar bilan boyitilgan. Asar turmushning turli jabhalarini, rang-barang tomonlarini qamrab oladi. Asar muqaddimasi an’anaga ko‘ra Haq taolo alqovi (“Parvardigori olamni tanimoq zikrida”) va Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar xilqati (“Payg‘ambarlarning xilqati zikrida”) boblarini o‘z ichiga oladi. Asar bir mayoq kabidir. U bizning o‘zligimizni oynadek ko‘rsatib beradi. Asar insonlarni to‘g‘rilikka, yolg‘on so‘zlamaslikka, ilm olishlikka, omonatga xiyonat qilmaslikka, Ollohni tanishlikka va saxovatli bo‘lishga chaqiradi. Asarning yigirma ikkinchi bobi “Omonatni saqlamoq” zikrida deb nomlanib, bu bobda insonlarni to‘g‘rillikka, omonatga xiyonat qilmaslikka undovchi fazilatlar ulug‘langan. Kaykovus murojaat qiladi (murojaat har bir kitobxonning o‘ziga qaratilgandik): “Ey farzand, agar senga bir kishi omonat topshirsa, to qila olsang, hech hol bila qabul qilmag‘il. Ul jihatdinki, omonatni qabul qilmoq bag‘oyat dushvordur. Mardum va juvonmardlikning yo‘li uldurki, omonatni qabul qilmag‘il va agar qabul qilsang, yaxshi saqlag‘il, toki omonatni egasiga salomattopshirg‘aysan” [2: 94-b.]. Bu bilan Kaykovus birovdan omonat olishlik qanchalar og‘ir va mushkulligiga urg‘u bergan. Kishilar, avvalo, omonat olmaslikka, agarda olsalar omonatni qabul qilib, sog‘-omon topshirishlikka da’vat etadi. Uning mas’uliyati katta ekanligi, bu yukni har kim ham ko‘tara olmasligiga ishora etadi. Ammo bu mas’uliyatni vijdonan bajargan kishining martabasi ulug‘ ekanligini ta’kidlaydi. Shuning uchun ham Kaykovus omonat olishlikni mardum va juvonmardlikning yo‘li deya ta’rif beradi. Muallif mulohazalarining isboti o‘laroq hikoyat keltiradi. Tabir joiz bo‘lsa bu usul keying didaktik asarlarda ham faol qo‘llanilgan hisoblanadi. Hikoyatda keltirilishicha, bir kishi o‘z do‘sti bilan hammomga yo‘l oladi. Do‘sti yo‘lni yarmiga yetganda ortiga qaytadi va do‘stining o‘rniga bir o‘g‘ri ergashadi. Lekin, u kishi payqamaydi. Hammomga yetgandan so‘ng kishi o‘g‘rini o‘z do‘sti deb, yonidan yuz tilla zar chiqarib tutqazadi va “Bu zarni senga topshirdim”, - deya kirib ketadi. So‘ngra hammomdan chiqib uyiga ketayotganda ortidan 489 o‘g‘ri chaqirib quyidagi so‘zlarni unga aytadi: “Ey juvonmard, kelg‘il va mendan zaringni olg‘il. Bugun men sening omonatingni saqlab o‘z ishimdin qoldim”. Ul kishi dedi: “Sen kimdursan, bu oltin qanday oltindur?” O‘g‘ri dedi: “Men bir o‘g‘ridurman va bu sening menga topshirgan zaringdur ”. Ul kishi dedi: “Agar sen o‘g‘ri bo‘lsang, nima uchun zarni olib ketmading”. O‘g‘ri dedi: “Agar ming tillo bo‘lsa ham sendin andisha qilmay olib ketar edim. Lekin sen, bu zarni menga omonat topshurding. Omonatga xiyonat qilmoq juvonmardlikdin ermasdur”, - deya aytadur [2: 95-b.]. Ushbu hikoyatda insonning nafsini jilovlay olishi, omonatga xiyonat qilmaslik, “duruggo‘y” bo‘lmaslik, agarda kishi “durug‘go‘y” bo‘lsa, oxiri qashshoq bo‘lishi yoritib o‘tilgan. Hikoy

Доказательный фрагмент

«This article analyzes Kaykovus’s work “Qobusnoma”, its compositional structure, the role of the work in the development of our didactic literature, and the author’s views on human development.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes Kaykovus’s work “Qobusnoma”, its compositional structure, the role of the work in the development of our didactic literature, and the author’s views on human development. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Qobusnoma”, pandnoma, story, Kaykovus, educational guidelines, deposit, ramziylik, Kalit so‘zlari. Xalq og‘zaki ijodi, tasviriy san'at, ranglar., maqollar, madaniyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники