Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA RAMZIYLIK
Ubaydullayeva Surayyo Xotomjon qizi · Nazarova Xilola Gulomjonovna (O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Ubaydullayeva Surayyo Khotomjon kizi (O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Nazarova Khilola Gulomjonovna (O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Убайдуллаева Сурайё Хотомжон кызы (O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Назарова Хилола Гуломжоновна (студентка Узбекско-Финского педагогического института)
Для учителей · 2026
Аннотация
The main idea and content of Shukur Kholmirzayev's stories cover issues such as the inner world and experiences of a person, his place in society and life. We can see that in the writer's stories, universal humanity, pure love for the Motherland and the nation are illuminated through symbolic images. Keywords. Symbolism, “Lost under the weight”, literary heritage, “Fatherland”, the future of the nation and the country, “The law of universal gravitation”. Zamonaviy oʻzbek nasrining zabardast vakili O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Mehnat shuhrati ordeni sohibi Shukur Xolmirzayev oʻzining serqirra ijodi bilan O‘zbek adabiyotimizga oʻzgacha nafas olib kirgan adiblardan biridir. Adibning betakror asarlariga singdirilgan qadriyatlar oʻzbek elining chehrasini qadr-qimmatini va ko‘hna an’analarini butun dunyoga yoydi. U hayoti davomida adabiyotga boʻlgan qarashini “Adabiyotning oʻsuvi millatning oʻsuviga garov va millatning kamolini koʻrsatuvchi oynasi”[2.42] deya ta’kidlagan. U yaratgan asarlari, hikoyalari va qissalarini oʻqib, uning mazmuni gʻoyasida soddalik, tabiat va jamiyat oʻrtasidagi manzaralarni zoʻr tashbehlar bilan yoritadi. Hikoyalarini oʻrganish orqali adibning ijodini kengroq tushungan boʻlamiz. Shukur Xolmirzayev asarlaridagi asosiy gʻoya insonning oʻzi va jamiyat oʻrtasidagi muvozanatni topishdir . Adib koʻp holatlarda inson hayoti, jamiyatdagi oʻzgarishlar, hayot bilan bogʻliq qiyinchiliklar haqida yozadi. Voqealarni tasvirlashda juda muhim ijtimoiy masalalarni koʻtaradi. Har bir tasvirlayotgan qahramonning ichki dunyosini tasvirlab, uning ruhiy xolatini chuqur oʻrganadi . Barcha asarlari oʻquvchini chuqur tafakkur qilishga majbur qiladi. Misol uchun “Zov ostida adashuv “ hikoyasida bir yoshgina bolaning hayotdagi intilishlari, oʻylagan oʻylarini chuqur mulohazalarini adashgan manzildan toʻgʻri yoʻlni topa olganini umuman olganda kattalardek mulohazalarini koʻrsatish bilan vohaninig ajoyib tabiatini betakror chizgilar bilan ta’riflashi, oʻquvchi oʻzini xuddi asar ichida zov bo‘yidagidek his qiladi. Qahramonimiz yoʻlda adashganida qoʻrqib yigʻlamadi, vahimaga tushmadi, aksincha “yigʻlaganimdan nima foyda, aqlni ishlatishim kerak” deya chora izladi. Barcha qiyinchiliklarni yengishga astoydil harakat qildi [4,11]. Hikoyada yozuvchi hayotdagi har bir hodisa yoki voqeadan saboq olib, tabiatni yaxshi o‘rganib aql-farosat bilan yoʻl topish mumkinligi tasvirlaydi. U yuksalishga undashni oʻz asarlarining maqsadi deb hisoblaydi. Shuningdek, Xolmirzayevning hayvonlar haqida yozgan asarlari ham talaygina. Uning “Uchinchi hamroh” asari eʼtiborimizni tortadi. Asarda oddiy itning insonlarcha qilgan harakatlarini, arazini, mehrini, koʻrishimiz mumkin. It mehr, eʼtibor bilan, zanjirlanmasdan Ziyorat tomonidan oʻstiriladi. Yillar oʻtdi. It qariy boshladi. Tishlari toʻkildi. Lekin,qarishiga qaramasdan, undagi barcha odatlar saqlanib qoladi. U hech nimaga soʻroqsiz tegmaydigan, faqat bersagina yeydigan it boʻladi. Ovga chiqishadi va ov soʻnggida hamma ovga chiqqanlar ovqatlanishadilar. Ammo, ular ovga yordam bergan, vafodor itiga ovqat berishni unutishadi. U xafa boʻladi va ortidan Ziyoratning chaqirishiga qaramasdan oʻzining eng koʻp oʻtiradigan joyi - koʻprik tomon ketaveradi. Ziyorat uyga borar degan oʻy bilan eʼtiborsiz yana ovqatlanishga qaytadi. Kechqurun uyga kelsa iti yoʻq va birdaniga hayoliga koʻprik keladi. U oʻsha yerga yuguradi. Afsuski, koʻprik ostidan itini jonsiz holatda topadi. Uni qarilik emas, birgina eʼtiborsizlik oʻldirdi [4.65]. Yozuvchi qahramonlarning hayotini, ularning kechinmalarini chuqur tahlil qilish orqali hayotning murakkabliklarini ochib beradi. Ayniqsa, hikoyalaridagi zamonaviylik va an’anaviylik oʻrtasidagi muvozanat oʻziga xosdir. Adibning oʻziga jalb etuvchi, asarlari koʻp. Ulardan yana biri “Kimsasiz hovli” hikoyasidir. Hikoyada kichik oilaning hayoti tasvirlangan. Boylik koʻzlarini koʻr qilgan insonlar va ularning oʻzlariga oʻxshamagan mehribon farzandi. Ular aslida oʻzligini unutgan kimsalar. Uyidagi boyliklarini asrash uchun it boqib, ana oʻsha it farzandi umriga zomin boʻlganining guvohi boʻlamiz. Xolmirzayev hikoyalarida insonning hayotdagi murakkabligini, uning qarorlar qabul qilishdagi qiyinchiliklarini fojiy tarzda ochib beradi. Bu esa uning asarlarini yanada taʼsirchan va oʻylantiruvchi qiladi. Asarlaridagi bu fojiaviy gʻoya insonning dunyoqarashi va uning jamiyat bilan oʻzaro munosabati orqali aks etadi. U hayotni qanday murakkab va adolatsiz boʻlishini koʻrsatadi. Yozuvchi ijodida voqelikni realistik tasvirlash uslubi oʻzining maxsus badiiy ifodalariga ega. Misol 521 uchun, adibni “Ota yurt” hikoyasini olaylik. Unda inson oʻzi tugʻilgan yurtiga boʻlgan mehri tuganmas sogʻinchi tasvirini koʻramiz. Necha yillar qumsab, oxiri ota yurtiga borishga muvaffaq boʻlgan qahramonimiz quvonchini his qilish, albatta, o‘quvchi uchun ham hayajonli. Adib bu asarda psixologik badiiy tasvirlarni, psixologik tahlini, ramzlar va majozlarni mukammal tarzda qoʻllagan. Uning asarlaridagi milliy
Доказательный фрагмент
«The main idea and content of Shukur Kholmirzayev's stories cover issues such as the inner world and experiences of a person, his place in society and life.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe main idea and content of Shukur Kholmirzayev's stories cover issues such as the inner world and experiences of a person, his place in society and life. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Symbolism, “Lost under the weight”, literary heritage, “Fatherland”, the future, “Ota yurt”, “Zov ostida adashuv“, “Olam tortilish qonuni”., Kalit so‘zlar. ramziylik, adib merosi, millat va yurt istiqboli
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025