К содержанию
РецензированоEN2026

“OQ KEMA” ASARIDA BOLA OBRAZI

Yunusova Nazokat Nodirjon qizi · Yunusova Nazokat Nodirjon kızı (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Yunusova Nazokat Nodirjon qizi (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi)

Для учителей · 2026

Аннотация

This article, based on the story "The White Ship" by the writer Chingiz Aitmatov, who became the pride of all Turkic peoples, sheds light on such aspects as the image of a child, his literary task, the author's skill in creating an image, the psyche of a child, the conflict between his inner world and the external environment. Key words: child, dream, white ship, psyche, portrait, the inner world of the hero. ОБРАЗ РЕБЁНКА В ПРОИЗВЕДЕНИИ «БЕЛЫЙ КОРАБЛЬ» Юнусова Назокат Нодиржон кызы, Студентка Узбекско-Финского педагогического института Аннотация. В данной статье рассматривается образ ребенка, его литературное предназначение, мастерство автора в создании образа, психика ребенка, конфликт между его внутренним миром и внешней средой на примере повести «Белый пароход» Чингиза Айтматова – писателя, ставшего гордостью всех тюркских народов. Ключевые слова. Ребенок, сон, белый пароход, психика, портрет, внутренний мир героя. Ma’lumki, har qanday badiiy asar tahlilga tortilar ekan bundan muallif asarlariga ilmiy mezonlar asosida, xolislik bilan baho berish va nazariy xulosalar chiqarish maqsadi ko‘zlanadi. Ch.Aytmatovning badiiy jihatdan eng sara asarlardan biri hisoblangan “Oq kema” qissasi o‘z davridayoq zamondoshlarining e’tirofiga sazovor bo‘lgan va bahosini olgan. Qissada insoniy go‘zallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, tabiat va inson muammolari teran tadqiq etiladi. “Oq kema” kinofilmi ham asar kabi shuhrat qozondi. Ushbu asar ilk bor 1970-yilda “Новый мир” jurnalida chop etilgan. Asar bir necha tilga, jumladan, o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan. Asarda bir bolaning 527 o‘y-xayollari, otasiga bo‘lgan sog‘inchi, uning baliqqa aylanib qolishni istashi-yu, oq kemaga – otasining huzuriga borib qolishga bo‘lgan ishtiyoqi bayon etiladi. Asarda bolaning o‘y-fikrlari shunchalik hissiyotga boy tarzda tasvirlanadiki, go‘yo o‘zimizni o‘sha vaziyatga tushib qolgandek his etamiz. Hali voyaga yetmagan, beg‘ubor qalbli bolaning tushunib ulgurmagan nohaqliklari haqida yoritiladi. Bolaning o‘zi uchun yaratilgan mo‘jaz va yaxshiliklarga boy ertagi kattalarnikidan mutlaqo farq qiladi. Asarda bola o‘zining dunyosida yashaydi. 6-7 yoshli bolakayning bola bo‘lib topa olmagan baxti, yaqinlaridan ko‘ra olmagan mehri, oppoq orzulari, beg‘ubor qalbi va mana shu beg‘uborlikning toptalishida bolaning fojiasi aks ettirilgan. Asarni o‘qir ekanmiz, dastlab, bolaning “do‘stlari” bilan tanishamiz: toshlar, hayvonlar, durbin portfel... Keyinchalik esa uning yolg‘izligi, yaqin insonlari ichida begonaligi ayon bo‘ladi. U orzulari ushalmasligini bilsa-da orzu qilishdan to‘xtamaydi. Asarda muallif portretning imkoniyatlaridan samarali foydalangan. Qahramonlarining portreti go‘yoki ularning ruhiy qiyofasini tasvirlagandik, ularning ichki olamini, o‘ziga va o‘zgalarga munosabatini ifodalagandik bo‘ladi. Boshqa qo‘shimcha ta’rif va tavsiflarga ehtiyoj sezilmaydi. Bola... negadir unga hech kim ismi bilan murojaat qilmaydi. Uning ismi deyarli muhim emasdik. Bolakayga yozuvchi ism berishni ma’qul ko‘rmagan, balki, hayoti shunday dard- alamlarga, qayg‘u tashvishlarga to‘la bo‘lsa-da, mitti yurakchasi mehr-u muhabbatga, ezgulikka limmolim bo‘lgan murg‘ak qalb egalarining umumlashma obrazi bo‘lishini istagandir. U o‘zining borligi sezilib-sezilmaydigan kattalarning zididdiyatga to‘la olamida o‘zi uchun alohida “dunyo” yaratib yashaydi. U kattalar ilg‘amagan har qanday kichik quvonchdan o‘zi uchun olam shodliklar yaratib yashaydi. Ammo bulardan hayqirmaydi. Shodliklarini ham o‘z “olam”ida izhor etadi. “Portfel” asardagi shunday maqsadga xizmat muhim qiluvchi detallardan biridir. Adib bola va uning atrofidagi kishilarning ma’naviy qiyofasini shu detal orqali yanada ochib beradi: “... Seydahmad bugun ertalabdan o‘rimga tushib ketdi. Orqadan kelayotgan qadam tovushini eshitib Seydahmad qayrildi, ko‘ylagining yengi bilan yuzini artdi. - Nimaga kelyapsan? Meni chaqirishyaptimi? - Yo‘q. Portfel oldim. Mana, bobom olib berdi. Men maktabga boraman. - Shunga shunchalik chopib keldingmi? - Seydahmad xoxolab kuldi. - Mo‘min boboning esi kirarli-chiqarli bo‘lib qolgan, - u barmog‘ini chekkasiga bosib aylantirdi, - sen ham shunaqa chog‘i. Qani, qanaqa portfel? U qulfchasini shaqillatib portfelini u qo‘lidan bu qo‘liga oldi-da, kallasini likkillatgancha kulimsirab qaytarib berdi” [2, 217]. Seydahmad va bolaning muloqoti keltirilgan ushbu parchadan anglashiladi, bola shaxsiy buyum orqali o‘zini e’tirof etilgandik his etdi, unda ilm olishga qiziqish yuqori, ammo u yashaydigan joyda bunga imkoniyat yetarli emasligini yaqqol sezish mumkin. Xuddi shu tasvir bola va O‘rozqul o‘rtasidagi muloqotda boshqacha kayfiyatda sodir bo‘ladi. “... Bola qo‘lidagi portfelni silkitib ro‘parasidan chopqillab chiqib qolganda bu tasodifdan uning otdan uchib ketishiga sal qoldi: - O‘razqul amaki portfelimni ko‘ring. Men maktabga boraman. Mana mening portfelim. - Obbo, falokat-e... O‘razqul seskanib jilovini tortarkan, koyiy boshladi. U bolaga qizargan, shishgan, shirakayf ko‘zlarini tikdi:

Доказательный фрагмент

«This article, based on the story "The White Ship" by the writer Chingiz Aitmatov, who became the pride of all Turkic peoples, sheds light on such aspects as the image of a child, his literary task, the author's skill…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article, based on the story "The White Ship" by the writer Chingiz Aitmatov, who became the pride of all Turkic peoples, sheds light on such aspects as the image of a child, his literary task, the author's skill… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
child, dream, white ship, psyche, portrait, the inner world of the hero, portret, qahramonning ichki olami., orzu, oq kema, Kalit so‘zlar. Bola, ruhiyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники