Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAXMUR HAMDA NODIM NAMANGONIY HAJVIYOTIDA AN’ANAVIYLIKNING O‘ZIGA XOSLIGI
AN’ANAVIYLIKNING O‘ZIGA XOSLIGI · Nazarova Xilola Gulomjonovna · GELENEKSELLİK ÖZELLİKLERİ (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi) · Nazarova Hilola Gulomjonovna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi) · Назарова Хилола Гуломжоновна (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi)
Для учителей · 2026
Аннотация
This article analyzes the critical responses of Makhmur and Nodim Namangoni, representatives of liberal literature, against the regime in the Kokand Khanate that ruled in the 19th century. Through their satirical lyrics and prose works, these poets were able to clearly portray life and the difficult situation of the working population during the reign of the ruling class. This highlights the specific aspects of traditionalism in the satire of Makhmur and Nodim Namangoni, representatives of the enlightened tendency. Keywords: regime, Makhmour, humor, Nodim, hardworking people, traditionalism, enlightenment, democratic tendencies. Maxmur hamda Nodim Namangoniy yashagan davr va ijod qilgan adabiy hayotga to‘xtalar ekanmiz, avvalo, XVIII asar oxiri XIX asr birinchi yarmidagi Qo‘qon xonligidagi ijtimoiy- siyosiy jarayonlarga e’tiborimizni qaratishimiz kerak bo‘ladi. Buxoro xonligida XVIII asrning birinchi yarmida kuchaygan parokandalik natijasida Ming urug‘i qabilasi yetakchilari Qo‘qon xonligining asos solinishida muhim o‘rin tutganlar. 1709-yilda Shohruhbiy boshchiligida Qo‘qon xonligi vujudga keldi. Bu xonlik o‘z tarkibiga hozirgi Farg‘ona, Namangan, Andijon, Toshkent, Xo‘jand, Qirg‘iziston va Janubiy Qozog‘istonlarni qamrab olgan. Xonlikda Shohruhbiy va uning avlodlari birin-ketin hukmronlikka kelib, davlatning siyosiy, iqtisodiy hayotini oshirish bilan bir qatorda, madaniy hayotda ham xonlik nufuzini oshirish yo‘lida ijodkorlarga, shu jumladan, adabiyot va san’at vakillariga keng imkoniyat yaratishga intildilar. Ammo, Bizga tarixdan ham ma’lumki, XVIII asr oxiri XIX asar boshlarida Qo‘qon xonligi tarkibida xonlar, beklar va katta yer egalari, ya’ni ekspluatator sinf vakillari hukm surar edi. Ayniqsa, bunday sinf vakillari xalq o‘rtasida hurofat va diniy taassublarni kuchaytirishga urinar edi, mehnatkash oddiy xalq ommasiga keskin sinfiy kurashlar olib borilar edi. Bundan tashqari xonliklar o‘rtasida talashishlar, urushlarning og‘irligi, mashaqqati mehnatkash xalq gardaniga tushardi. Bunday kurashlar adabiy va madaniy hayot rivojiga ham keskin salbiy tasir etmay qolmagan. Bundan anglash mumkinki, bu jarayonni demokratik tendensiyadagi adabiyot bilan reaksion adabiyot o‘rtasidagi kurash desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Xo‘sh, aslida reaksion saroy adabiyoti g‘oyasi qanday bo‘lgan? Bu g‘oyaviy jihatdan qashshoq, formalistik adabiyot bilan, faqat va faqat hukmron xonlikni maqtashdan iborat bo‘lgan bo‘lsa. Demokratik tensiyadagi adabiyot esa unga qarshi bo‘lib, formalizm hukmronlik qilgan davrdagi mehnatkash qiynalgan ommaning hayoti va kurashini tasvirlagan. Bu adabiyot ekspluatatorlarni ya’ni hukmdorlar, xonning amaldor va laganbardor malaylarini qattiq tanqid ostiga olgandir. Mana shunday demokratik tendensiyanig eng ko‘zga ko‘ringan vakillari sifatida Maxmur, Muqumiy hamda Nodimlarni ko‘rishimiz mumkin. Bu ijodkorlar hukmron tabaqalar avj olgan davrda yashab ijod etgan bo‘lib, davrning butun jabr- zulmlarini birma-bir boshidan o‘tkazgan. Shoir Maxmurning birgina “Hapalak” she’ri va Nodimni 370 ana shu she’rga bog‘lagan sakkiz bandli muxammasida ana shu davridagi kambag‘al ezilgan dehqonlarning og‘ir hayoti, Qo‘qon xonligidagi qishloqlarning xonavayron bo‘lgan holatininig real kartinasini chizib bera olgan. Shu qatorda bu ijod namunalari Qo‘qon xonligidagi avom xalqning tipik namunasi sifatida, o‘sha davrdagi qishloq aholisining achinarli ahvolini mukammal tasvirlagan desak mubolag‘a qilmaymiz. Xalqini ko‘rsang agar o‘lasa-yu, qoqu-xarob, Ochlikdan egilib qomati misli kamalak. Gar tahorat qilsa qovmi suv topolmay nochor, Betini qum-la yuvib, yuziga surtar guvalak. [1.52] Birini egnida yirtig‘ to‘nu ko‘ylaklari tor, Tomga tappi yopadur (ko‘ksi) ochug‘, ochu nahor, Aralash erkak ila modalari kunga qator, Gar tahorat qilur o‘lsa suv topolmay nochor, Yuzini suv bila yuvib (boshiga) surtar guvalak. [5.30] Shu bilan birga umumiy o‘rta ta’lim maktablar uchun mo‘ljallangan adabiyot darsliklariga Maxmurning “Hapalak” she’ri bilan birga yangi topilgan “Muxammas”, “Abdulkarim Namangoniy to‘g‘risida hajv”, “Itboqar qozi tilidan”, “Qozi “Muhammad Rajab to‘g‘risida hajv”, ”Dar sifati Hakim Turobiy xazor xalta budur”, “Hoji Niyoz tilidan aytilgan g‘azal” singari she’rlari kiritilgan bo‘lib, bu she’rlar “O‘zbek adabiyoti” xrestomatiyasida nashr etilgan. [3.153-159] 1950-yil Qo‘qon shahrida Po‘latjon Qayumov hamda xalq shoiri Asqarali Hamroaliyeva (Charxiy)larning tashabbusi bilan Maxmur devoni topilgan. Bu qo‘lyozma devonda uning hajviy- yumoristik she’rlari, muxammaslari hamda qasidalari joy olgan. V.Abdullayevning ta’kidlashicha, “O‘zbek adabiyotidagi qasidachilik tarixida sujetli hajviy qasidaning eng yaxshi namunalaridan birini shoir Maxmur yaratgan. Uning “Dar hajvi Xo‘ja Mir Asad” asari qasidai hajviya janriga mansub asardir… Qasida, umuman, biror hodisa-voqea, tarixiy shaxs va boshqalarni maqtash yoki tabiat manzaralarini tasvirlash maqsadida yozilar edi; Maxmur esa qasidalardan satirik obektni tasvirlash uchun foydala
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the critical responses of Makhmur and Nodim Namangoni, representatives of liberal literature, against the regime in the Kokand Khanate that ruled in the 19th century.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the critical responses of Makhmur and Nodim Namangoni, representatives of liberal literature, against the regime in the Kokand Khanate that ruled in the 19th century. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- regime, Makhmour, humor, Nodim, hardworking people, traditionalism, ma’rifatparvarlik, hajviyot, demokratik tendensiyalar., Kalit so‘zlar. Tuzum, Maxmur, an’anaviylik, mehnatkash xalq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025