К содержанию
РецензированоRU2026

“QUTADG‘U BILIK”DA IRSOLI MASAL

Sharipova Sunbula Ahad qizi · Sharipova Sunbula Ahad kızı (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti assistenti) · Sharipova Sunbula Ahad qizi (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti assistenti) · Шарипова Сунбула Ахад кизи (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti assistenti)

Для учителей · 2026

Аннотация

В статье анализируется тот факт, что турецкая дидактическая литература, помимо исламских источников, имеет также древнетюркские корни, выражающие тюркское мировоззрение, путем анализа некоторых древнетюркских пословиц, использованных в произве-дении «Кутадгу билик». Также рассматриваются способы включения пословиц и пословицы в текст, а также способы выражения поэтического искусства пословицы. Ключевые слова. «Кутадгу билик», Юсуф Хос Хаджиб, пословица, знание, дидактика, пословица, поговорка. 374 O‘zbek mumtoz adabiyotining islomiy asoslarga tayanishi uning milliyligini inkor etmaydi. Ulug‘ shoir-u adiblarimiz asarlarini milliy tilda yozgani, ularda turkiy millatga xos e’tiqod, ruhiyat, dunyoqarash aks etgani buning isbotidir. Yusuf Хоs Hojibning “Qutadg‘u bilik” masnaviysi, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘ati-t-turk” asari turkiy-islom davri adabiyotining ilk buyuk asarlaridir. Хоja Ahmad Yassaviy ham qoraxoniylar davrida yashab ijod etdi. U o‘zining “Devoni hikmat” va boshqa pand-u nasihatlari bilan dovrug‘ qozondi. Keyinchalik turkiy adabiyotda “Hibat-ul-haqoyiq”, “Turkiy Tafsir” singari asarlar yaratildi. Qur’oni karimning turkiy o‘girmalari ham ilk bor qoraxoniylar davrida yuzaga keldi [2:4]. Didaktik adabiyotimizning dastlabki nodir namunalaridan hisoblangan “Qutadg‘u bilik” ham islomiy falsafa bilan bir qatorda qadim umumturkiy ruhiyatni, dunyoqarashni o‘zida ifoda etadi. Yusuf Xos Hojib asarning ba’zi o‘rinlarida o‘z fikrlarini dalillash maqsadida turkiy maqollar, masallarga murojaat etganligi fikrimizni asoslaydi. Mashhur sharqshunos Shibliy Nu’moniy “She’r ul-Ajam” kitobida shunday yozadi: “G‘arb ham o‘z adabiyoti latofati bilan faxrlanadi, ammo bu adabiyot namoyandalari o‘z fikrlarini to‘liq bayon etish uchun eng kamida uch-to‘rt misra yaratishga majburdirlar, holbuki Ajam she’riyati tarixida bir misra yoki baytga ikki-uch va hatto undanda ko‘proq ma’nolarni singdirish odatiy holga aylangandir”. Sharq shoirlarining so‘z san’atida bunday ulkan muvaffaqiyatga erishganliklariga, bir tomondan, tilning ichki imkoniyatlari va so‘zlarning ko‘pma’noligi, ikkinchi tomondan, tasvir vositalari, adabiy usul va she’riy san’atlardan mahorat bilan foydalana olganliklari sabab bo‘lgan [4:100]. Ma’lumki, mumtoz adabiyotimizda baytda maqol yoki hikmatli so‘z keltirish “irsoli masal”, “aqd” kabi she’riy san’atlarni yuzaga keltiradi. Har ikki she’riy san’at turida ham poetik maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun (fikrlarni dalillash, o‘xshatish va h.k.) maqol va matallar keltiriladi. Adabiyotshunos Y.Is’hoqov she’riyatimiz tarixida maqol, matal va hikmatli iboralarning poetik maqsad uchun ishlatilishi ya’ni irsoli masal, asosan, uch usulda o‘ziga xos tarzda ro‘yobga chiqishini aytib o‘tgan. Bular: 1. Keltirilayotgan maqol yoki matalga “masaldur”, “aytilur” yoki “masaldurkim” so‘zi yordami bilananiq ishora qilinadi yohud keltirilayotgan gap yoki iboraning manbaiga “derlar”, “ayturlar” kabi vositalar bilan ishora qilinadi, uning xalq orasida ma’lum va mashxur ekanligi ta’kidlanadi. 2. Maqol yoki matal aynan keltiriladi. 3. Maqol yoki matalning mazmuni saqlangan holda, uning shakli bir oz o‘zgartiriladi yohud she’riy vazn talabi bilan yangicha shaklda ifodalanadi [5:20]. “Qutadg‘u bilik”da keltirilgan maqol va masallarni tadqiq etish mobaynida yuqorida ko‘rsatilgan har uch xususiyatni uchratishimiz mumkin. Jumladan, adib bilim va uning foydasi haqida mulohaza yuritar ekan, bilimli va bilimsiz kishilarni taqqoslaydi: Uqush ul sengar edgu andlig‘ adash, Bilig ul sanga bag‘irsaq kadash. Biliksizka bilgi qilichni yag‘i, Adin bo‘lmasa tab bu ikki chog‘i. [7:311] Baytlar mazmuni quyidagicha: Zakovat sen uchun ezgu ontli do‘stdir, bilim esa mehribon qarindosh. Bilimsiz kishiga bilganlari va qilmishlari yovdir, shu ikki yovning o‘zi unga kifoyadir. Keltirilgan qiyosga asos ularoq quyidagicha “turkiycha masal”ni keltiradi: Munar mengzatu keldi turkcha masal, O‘qig‘il muni sen kangul ogka al. Uqushlug‘ kishika eshi tab uqush, Biligsiz kishika ati tab sukush. [7:311] Ya’ni: turkchada bunga o‘xshash bir masal bor, sen uni qalbingga joylagin: Zakovatli kishi uchun zakovati yetarli, bilimsiz kishining oti faqat tahqirga loyiqdir. Asarning Tabg‘ach Bug‘ro Qoraxonga bag‘ishlangan bobida ham eski turkiy maqollardan biri keltirilgan: 375 Edi kechki so‘z ul masalda kelir, Ata o‘rni, ati o‘g‘ulqa qolur. [7:298] Ya’ni: Masalda keladigan juda eski taʼbir bor, Otaning o‘rni va oti o‘g‘ilga qoladi. Ushbu maqolning hozirgi kunda “Ot o‘rnini toy bosar, Ota o‘rnini - o‘g‘il” shaklidagi ko‘rinishi mavjud. Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘otit turk” asarida mazkur maqolning o‘ziga xos ko‘rinishlarini keltirgan. Jumladan, u yerda “Uluq yag‘iri o‘g‘ulqa qalir” ya’ni “ot kuragidagi yag‘ir bolalariga meros bo‘lib qoladi” degan maqol mavjud. Masal keldi turkcha mungar mengzatur, Ani so‘zladim men muniu yangzatur, Ukush ko‘rki so‘z ul bu so‘z o‘k telim, Kishi ko‘rki yuz ul, bu yuz ko‘rki ko‘z. [7:107] Ya’ni: bunga o‘xshatadigan turkchada bir masal

Доказательный фрагмент

«В статье анализируется тот факт, что турецкая дидактическая литература, помимо исламских источников, имеет также древнетюркские корни, выражающие тюркское мировоззрение, путем анализа некоторых древнетюркских пословиц…»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируется тот факт, что турецкая дидактическая литература, помимо исламских источников, имеет также древнетюркские корни, выражающие тюркское мировоззрение, путем анализа некоторых древнетюркских пословиц… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Kutadgu Bili”, Yusuf Khos Hajib, irsoli masal, knowledge, didactics, proverb, Kalit so‘zlar. “Qutadg‘u bilik”, Yusuf Xos Hojib, maqol, pandnoma., bilim, masal, didaktika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники