Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK MUMTOZ SHE’RIYATIDA RUHIYAT TASVIRI MASALASI VA UNING O‘RGANILISHI
Shukurova Amira Abduxakimovna · UZBEKISTAN’S CLASSICAL POETRY (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti doktoranti (PhD)) · Shukurova Amira Abdukhakimovna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti doktoranti (PhD)) · Шукурова Амира Абдухакимовна (PhD student of the Uzbekistan-Finland pedagogical institute)
Для учителей · 2026
Аннотация
В статье всесторонне рассматривается одна из самых актуальных проблем современного литературоведения – изображение психики в узбекской классической поэзии, история ее изучения и работы, проводимые в этой области в узбекском литературоведении. Анализи-руются возможности лирических жанров для изображения психики в классической поэзии. Ключевые слова. Бабур, поэзия, психология, анализ, образ, литература, психологизм, поэтика. ÖZBEKİSTAN'IN KLASİK ŞİİRİNDE MANEVİYATIN PORTRESİ SORUN VE ÇALIŞMASI Şukurova Amira Abdukhakimovna, Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü'nde doktora öğrencisi (PhD) Özet. Bu makale, çağdaş edebiyat araştırmalarının en acil konularından biri olan Özbek klasik şiirinde ruhsallığın tasviri, bu konunun incelenmesinin tarihi ve Özbek edebiyat araştırmalarında yürütülen çalışmalar hakkında kapsamlı bir tartışma sunmaktadır. Muratöz'ün şiirinde ruhsal durumu lirik türlerin anlatma olanağı incelenmektedir. Anahtar kelimeler. Babür, şiir, maneviyat, analiz. psikolojizm. şiirsellik. görüntü, edebiyat. 378 Ruhiyat muammosini tadqiq etish bir qancha sohalarning asosiy predmeti hisoblanadi. Psixologiya, estetika, tibbiyot, adabiyotshunoslik kabi sohalarda bir qancha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Adabiyotning asosida inson obrazi turar ekan, uning ruhiy olamini kashf etish ijodkorning bosh maqsadi hisoblanadi. Ijodkor mahorati ham bevosita inson qalbining kechinmalarini qay darajada tasvirlay olishi bilan belgilanadi [5, 3]. Inson va uning tabiati, qalbi, ruhiyati haqiqatini kashf etishda hech bir soha adabiyot bilan tenglasha olmaydi, uning o‘rnini bosa olmaydi [7, 50]. O‘zbek adabiyotshunosligida ruhiyat tasviri masalasi dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Bu mavzu o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan psixologik tasvir, badiiy psixologizm, she’riyatda ruhiyat tasviri shakllarida tadqiq etila boshlandi. O‘zbek mumtoz adabiyotida lirik asarlarda ruhiyat tasviri masalasi adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan bir qancha nomzodlik, doktorlik dissertat-siyalarida turli aspektlarda tahlil etilgan. Bu sohada B. Sarimsoqovning “Dostonlarda psixologik tasvirning xarakteri haqida ba’zi mulohazalar”, Y.Qosimovning “O‘zbek she’riyatida poetik fikrning yangilanish jarayoni”, B.Aliyevning “Hozirgi o‘zbek lirikasida davr va qahramon talqini”, B.Norboyevning “Hayotni poetik talqin etish tamoyillari va mahorat muammolari”, N.Umirzoqovaning “Usmon Nosir she’riyatida ruhiyat tasviri”, A.Abdurahmonovning “O‘zbek she’riyatida nur, rang va ruhiyat tasviri poetikasi” nomli doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari lirik asarlarda ruhiyat tasviri masalasi tadqiq etilgani bilan diqqatga sazovor. Garchi o‘zbek adabiyotshunosligi ilmiy davralarida psixologizm hamda ruhiyat bilan bog‘liq tushunchalar XX asrning o‘rtalarida e'tirof etila boshlagan bo‘lsa-da, shaxs ruhiyati talqini va tahlili Sharq mumtoz adabiyoti vakillari ijodida ham yetakchi o‘rinni egallagan [1, 392]. H.Jo‘rayevning “Alisher Navoiy lirikasida voqelik va uning poetik talqinlari” nomli doktorlik dissertatsiyasining IV bobi1-faslida “Ruhiy tahlil va individuallik” masalasi yoritiladi. Mazkur dissertatsiyada o‘zbek mumtoz she’riyatida ruhiy-ma’naviy kechinmalarning tasviri Alisher Navoiy ijodi misolida tadqiq etilgan. Adabiyotshunos Navoiy ijodida lirik qahramon-oshiqning ruhiy psixologik holatini tasvirlash mahoratini tahlil qilib, shoir badiiyatining yuksak poyalarga ko‘tarilishida salaflarning o‘rni beqiyosligini ko‘rsatib, Atoiy, Mavlono Lutfiy, Sakkokiylar ijodida ham ruhiy – psixologik tahlilning ajoyib lirik namunalarini ko‘plab uchratish mumkinligini e’tirof etadi.[5,196] Alisher Navoiyning nafaqat lirik asarlarida, balki epik dostonlarida ham inson ruhiyatining sirlari ochiladi. Jumladan, “Layli va Majnun” dostonidagi qahramonlarning ruhiy holati tasviri, tabiat manzaralarining ramziy-majoziy mohiyat kasb etishi, tush lavhalarining kelajakdan xabar berishini ko‘rish mumkin. Bu doston G.Mashrabova tomonidan “Navoiyning “Layli va Majnun dostonida ruhiyat tasviri” nomli tadqiqotida atroflicha tahlil etilgan [6, 25]. Sharqning buyuk shoiri tomonidan badiiy psixologizmning xilma-xil usul va vositalari qo‘llash mahorati yuqoridagi ilmiy ishlarda yoritiladi. O‘zbek mumtoz adabiyotining Navoiydan keyingi vakili Zahiriddin Muhammad Bobur ijodida ham ruhiyat tasviri o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Bobur ijodida ruhiyat tahlili masalasi I.I.Sulaymonovning “Boburnoma” da g‘olib va mag‘lub shaxs ruhiy holatining badiiy tasviri” nomli doktorlik dissertatsiyasida tadqiq etilgan. Ushbu tadqiqotda “Boburnoma” voqealari tasvirida o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy hayotida ko‘zga ko‘ringan alohida shaxslarning mavqeyi, xarakterlar yaratishdagi ranginlik, g‘olib va mag‘lub shaxs ruhiy holatini tasvirlashdagi betakrorlik, tasvir etilgan ziddiyatlar zamiridagi jasorat va qo‘rqoqlik, mardlik va xiyonat, g‘oliblik shukuhi va mag‘lublik iztirobi tahlil etiladi. Tarixiy shaxslar ruhiyatidagi murakkab holatlar, psixologik jarayonlar, qahramonlar ma’naviy olami keng rakursda yorit
Доказательный фрагмент
«В статье всесторонне рассматривается одна из самых актуальных проблем современного литературоведения – изображение психики в узбекской классической поэзии, история ее изучения и работы, проводимые в этой области в узб…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье всесторонне рассматривается одна из самых актуальных проблем современного литературоведения – изображение психики в узбекской классической поэзии, история ее изучения и работы, проводимые в этой области в узб… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Babur, shariat, spirituality, analysis, image, literature, psycho-logism, poetics, ruhiyat, adabiyot, she’riyat, poetika., tasvir, Kalit so‘zlar. Bobur, tahlil, psixologizm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025