Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XAMSACHILIK ANʼANASI VA ISHQIY DOSTONLARNING UNDAGI OʻRNI (Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” hamda Abdurahmon Jomiyning “Yusuf va Zulayho” dostonlari misolida)
Tohirova Fariza Rustamjon qizi · Tohirova Fariza Rustamjon qizi · Абдурахмана Джами «Юсуф · Тохирова Фариза Рустамжон кизи
Для учителей · 2026
Аннотация
This thesis examines the Khamsa tradition as one of the significant trends in Eastern literature, which represents the practice of creating quintets by poets from various periods. This tradition is particularly closely associated with romantic epics, through which love, moral values, human virtues, and life truths are reflected. Romantic epics occupied a central place in the works of several representatives of the Khamsa tradition, including Abdurahman Jami, Alisher Navoi, and many other poets, with these works demonstrating high literary and aesthetic quality. This article analyzes the formation and development of the Khamsa tradition and the role of romantic epics within it. Keywords: Khamsa tradition, romantic epic, Eastern literature, Abdurahman Jami, Alisher Navoi, literary-aesthetic analysis. Xamsachilik Sharq adabiyotida oʻziga xos adabiy hodisa boʻlib, u epik anʼanalarning chuqur ildizlariga ega. Oʻzida Sharqning mumtoz hikmatsevarligi, ishqning ilohiy yolqini-yu betakror hayotiy-falsafiy qarashlarning badiiy in’ikosini mujassamlashtirgan ushbu jamlanma turkum doimo e’tibor va e’tirofda. Garchi ilk “Xamsa” Nizomiy Ganjaviy tomonidan aniq bir niyat va reja asosida yozilmagan boʻlsa-da oxir-oqibat bu jamlanma zamonlar silsilasining eng mashhur va mazmundor topilmasiga aylandi. Aynan Xusrav Dehlaviyning “Xamsa”sidan soʻng anʼana tusiga kirgan xamsanavislik oʻz taraqqiyot yoʻli davomida yuzlab havaskorlarni koʻrgan boʻlib, ularning ayrimlari bu vazifani mukammal uddalay oldilar. Bu borada Nizomiy Ganjaviyning beshlik asarlari keyingi shoirlar uchun namuna boʻlib xizmat qilgan. Xamsachilik anʼanasining rivojlanishi jarayonida har bir shoir oʻziga xos uslub va badiiy yondashuvni olib kirdi. Ammo xamsalardagi didaktika va axloqiy-falsafiy mazmun masalasi ustuvor boʻlib qolaverdi, xamsachilikdagi har qanday doston bu qatʼiy tamoyil asosiga quriladi. Xamsanavislikda bu borada ishqiy dostonlar muhim oʻrin egallashini ularning hajman kattaligi va mazmunan kengligi orqali ham koʻrish mumkin. Umuman olganda, ushbu turkum dostonlarining barchasi bir-biridan mazmun koʻlami va uslubi bilan ajralib turadi, biroq aynan ishqiy mavzudagi dostonlar syujet jihatdan bir-biriga juda oʻxshash. Birgina Xusrav va Shirin mojarolariga bagʻishlangan dostonlarning soni Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviydan boshlab 100 dan oshadi, barchasiga asos esa Nizomiy Ganjaviyning “Xusrav va Shirin” dostonidir. Garchi ularda syujet oʻxshash boʻlsa-da har bir ijodkor unda oʻz soʻzini aytishga intilgan. Bu borada esa Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni haqiqiy yangilik edi. Ushbu doston xamsachilik tarkibida muhim oʻrin tutib, unda nafaqat muhabbat mavzusi yoritiladi, balki insoniy qadriyatlar, axloqiy ideallar va falsafiy mushohadalarni ham aks ettiradi. Ushbu dostonda sevgi ramziy maʼnoga ega boʻlib, u ilohiy ishq va maʼrifiy haqiqat bilan uygʻunlashtiriladi. Farhod va Shirin oʻrtasidagi muhabbat oddiy dunyoviy sevgi emas, balki ilohiy haqiqat sari yoʻl sifatida aks ettiriladi. Farhodning Shirin uchun tosh kesib, suv chiqarishi ramziy maʼnoga ega boʻlib, u muhabbat yoʻlida insonning jismoniy va maʼnaviy sinovlardan oʻtishini anglatadi. Farhod gʻam tortar, magar oshiq ani, 383 Kim najot istar anga dard ichra oni.[3, 86 b] Bu misralar orqali Navoiy muhabbatni insonni poklaydigan va uni yuqori martabaga koʻtaradigan kuch sifatida tasvirlaydi. Farhod muhabbat tufayli nafaqat fidoyi boʻladi, balki maʼnaviy yetuklik sari yoʻl oladi. Farhod obrazi faqatgina oshiq qahramon sifatida emas, balki ijtimoiy oʻzgarishlarni amalga oshiruvchi, insoniyatga manfaat yetkazuvchi shaxs sifatida ham gavdalanadi. Uning togʻni teshib suv chiqarishi – muhabbatning jamiyat uchun ham foydali boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi. Bu yerda sevgi va fidokorlik shunchaki shaxsiy his-tuygʻu emas, balki umumbashariy qadriyat sifatida talqin etiladi. Farhod erdi, senga shodlik tuhfa, Biroq dunyo ichra boʻlmadi vafo.[3, 91 b] Bu satrlarda Navoiyning dunyo va muhabbat haqidagi falsafiy qarashlari koʻrinadi. Muhabbat fidokorlik va shijoat orqali insonni yuksaklikka olib chiqadi, biroq dunyoning bevafo ekani ham unutilmaydi. Dostonning badiiy jihatlari ham nihoyatda goʻzal. Navoiy tashbeh va tamsillardan mohirona foydalanadi. Shirin goʻzallik timsoli boʻlsa, Farhod kuch-qudrat va matonat timsolidir. Lekin muhabbat faqat tashqi husn yoki jismoniy kuch emas, balki ruhiy kamolot bilan ham bogʻliq ekanini shoir koʻrsatib oʻtadi. Ishq bahor kabi koʻngillarni ravshanlashtiradi, lekin har qanday bahorning oʻz qish fasli borligi kabi, har bir muhabbat ham sinovlarga duch keladi. Bu esa inson hayotidagi real voqelikni aks ettiradi. Navoiy Farhodni ilohiy ishqqa intiluvchi oshiq(solik) Shirinni esa ilohiy ishq mazhari sifatida gavdalantiradi va bu ishqni doston nihoyasiga qadar ezgulik yoʻlida tarbiyalab boradi: “Majoziy ishq jarayonida oshiq obdan sinovdan oʻtadi, uning tani bir quruq xasday boʻlib qoladi va haqiqiy ishq “barqi choqilgʻoch”, zumda yonib kulga aylanadi, yaʼni oshi
Доказательный фрагмент
«This thesis examines the Khamsa tradition as one of the significant trends in Eastern literature, which represents the practice of creating quintets by poets from various periods.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis examines the Khamsa tradition as one of the significant trends in Eastern literature, which represents the practice of creating quintets by poets from various periods. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Khamsa tradition, romantic epic, Eastern literature, Abdurahman Jami, Alisher, Alisher Navoiy, Kalit soʻzlar: xamsachilik, anʼana, adabiy-estetik tahlil., Abdurahmon Jomiy, ishqiy doston, Sharq adabiyoti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024