Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULHAMID CHO‘LPON VA ISMOILBEK GASPRALI IJODIDA ADABIY TA’SIR MASALALARI
ADABIY TA’SIR MASALALARI · Hojiyeva Shahlo · Hojiyeva Shahlo
Для учителей · 2026
Аннотация
The article discusses Abdulhamid Cholpon's regular contact with the Tatar enlightener Ismailbek Gasprali and his literary collaboration. The elegy he wrote on the death of Ismailbek Gasprali is analyzed. The literary heritage of the articulate scholar, who knew both the East and the West, and his contribution to the Jadid movement are discussed. Keywords: tsarist colonialism, vortex of repression, literary influence, literary collaboration, creative maturity. ВОПРОСЫ ЛИТЕРАТУРНОГО ВЛИЯНИЯ В ТВОРЧЕСТВЕ АБДУЛХАМИДА ЧУЛПАНА И ИСМАИЛБЕКА ГАСПРОЛИ Xаджиева Шахло, доцент кафедры узбекской литературы, доктор философии (PhD) по филологии Национального университета Узбекистана Аннотация. В статье рассматривается постоянное общение и литературное сотрудничество Абдулхамида Чолпона с татарским просветителем Исмаилбеком Гаспрали. Проанализирована элегия, написанная Исмаилбеком Гаспрали на смерть поэта. Высказываются мысли о литературном наследии выдающегося ученого, знавшего как Восток, так и Запад, и его вкладе в движение джадидов. Ключевые слова: царский колониализм, водоворот репрессий, литературное влияние, литературное сотрудничество, творческая зрелость. ABDULHAMİD ÇOLPAN VE İSMAİLBEK GASPRALI'NIN ESERLERİNDEKİ EDEBİ ETKİLER Hacıyeva Şahlo, Özbekistan Ulusal Üniversitesi 390 özbek edebiyatı bölümü doçenti, Filoloji alanında Felsefe Doktorası (PhD) Özet. Makalede Abdülhamid Çolpon'un Tatar aydını İsmailbek Gasprali'yle düzenli teması ve edebi işbirliği ele alınıyor. Şairin ölümü üzerine İsmailbek Gasprali'nin yazdığı mersiye incelenmiştir. Doğu ve Batı’yı çok iyi bilen, etkili bir âlimin edebi mirası ve Ceditçilik hareketine katkısı üzerine düşünceler dile getiriliyor. Anahtar kelimeler.Çarlık sömürgeciliği, baskı girdabı, edebi etki, edebi iş birliği, yaratıcı olgunluk. Cho‘lpon Turkiston chorizm mustamlakasi iskanjasida bo‘lgan murakkab davrda dunyoga keldi. Jahonning turli hududlarida esayotgan ozodlik shamoli faqat mustamlaka o‘lkalarda emas, mustamlakachi davlatlar, jumladan, Chor Rossiyasining o‘zida ham katta to‘ntarishlar sodir etdi. Birinchi jahon urushi yetkazgan aziyatlar Turkistonda ham xalq hayotining bir necha baravar og‘irlashuviga sabab bo‘ldi. Bu urushdan so‘ng siyosiy o‘zgarishlar, tarixiy voqealar almashinuvi shu qadar tezlashdiki, natijada millatning asl farzandlari – ziyolilari qatag‘on girdobiga tushdi. Xususan, Turkistonda muxtoriyat o‘rnatilishi va uning qirg‘in bilan tugatilishi, sho‘ro tartibining zo‘ravonlik asosida o‘rnatilishi, fuqarolar urushi, qatag‘onlar – bular sodir bo‘lgan voqealarning asosiylari, xolos. Ikkinchi tomonda inqiroz, qoloqlik va jaholat botqog‘ida o‘zini-da yemirayotgan millat boshiga tushgan kulfatning og‘ir yuki. Ana shu voqealar “tug‘ma shoir” – tug‘ma idrok va iste’dod egasining beg‘ubor yoshlik ayyomini to‘zonlar bilan to‘ldirgani shubhasiz. Shuning uchun ham unda olamga, atrof-muhitga va tarixiy vaziyatni o‘zgartirishga qodir kuchlarga munosabat juda erta shakllandi. Jadidchilik – jamiyat hayotining barcha jabhalarini birday qamrab olgan, yangi adabiyotning shakllanishi va rivojini ta’min etgan siyosiy-ijtimoiy, adabiy-ma’rifiy harakat ekani ayon. Bu harakatning yana bir ahamiyatli jihati, erksevar ziyolilarning Vatan va millat manfaatlari yo‘lida birlashtirganidir. Yangi o‘zbek she’riyatining asoschilaridan hisoblangan Abdulhamid Cho‘lpon ham, boshqa jadidlar ham Turkiston jadidchilik harakatining boshchisi Ismoilbek Gaspralini o‘zlariga ustoz, yo‘lboshchi sifatida e’tirof etgan edi. Millat ziyolilarini “Tilda, fikrda, ishda birlik” g‘oyasi atrofida birlashtirishda bu ulug‘ mutafakkirning xizmatlari beqiyos. Yurt ozodligi uchun kurashish, millatning ma’rifatini yuksaltirish, adabiyot, teatr va maorifni shu maqsad sari safarbar etish Ismoilbek Gasprali uchun hayotiy a’mol bo‘lgani rost. Profesor Begali Qosimov Ismoilbek Gaspraliga shunday ta’rif bergan edi: “Bu nom yuz yil muqaddam turkiy dunyodagi eng mashhur nom edi. Uni Qashqardan Londongacha, Sankt-Peterburgdan Bombeygacha bilar edilar. U chiqargan “Tarjimon gazetasining 25 yillik to‘yida Xitoyning “Tarancha”sidan tabrik telegrammasi kelgan. 1911 yilda uning “Xo‘jai sibyon” (“Bolalar muallimi”) kitobi Bombeyda bosildi. Muallifni Hindistonga taklif etadilar. Bir yil esa Fransiyaning eng e’tiborli jurnallaridan “Revyu dyu monde musulman” uning millat oldidagi buyuk xizmatlari uchun nomzodini “Tinchlik borasidagi Xalqaro Nobel Mukofoti”ga tavsiya qilgan va buni xorijiy mamlakatlardagi juda ko‘p matbuot organlari qo‘llab-quvvatlab chiqqan edi”3 Ijodiy-intellektual salohiyati yuqori ekani, buning she’rlari va maqolalarida aks etgani bois Cho‘lpon, adabiyotshunos olim Begali Qosimov ta’biri bilan aytganda, “uchinchi muallim”, ya’ni Ismoilbek Gaspirinskiy nazariga tushdi. “U (Gaspirinskiy – ta’kid bizniki – Sh.X.) barcha turkiy xalqlarni ilm-ma’rifatda, haq-huquqda dunyoning taraqqiy qilgan millatlari bilan teng, baqamti ko‘rmoqni orzu qildi. Butun aqli-vujudini mana shu muqaddas ishga – xalqning ravnaqi va muhofa
Доказательный фрагмент
«The article discusses Abdulhamid Cholpon's regular contact with the Tatar enlightener Ismailbek Gasprali and his literary collaboration.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article discusses Abdulhamid Cholpon's regular contact with the Tatar enlightener Ismailbek Gasprali and his literary collaboration. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tsarist colonialism, vortex of repression, literary influence, literary, adabiy ta’sir, adabiy hamkorlik, qatog‘on girdobi, Kalit so‘zlar: chorizm mustamlakasi, ijodiy kamolot.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024