Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXIDA MAKTUB JANRINING TARIXIY ILDIZLARI VA UNING TAKOMILI
Ergasheva Dilshoda Abdusalomovna · KÖKLERİ VE EVRİMİ (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti) · Ergaşeva Dilshoda Abdusalomovna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti) · Ergasheva Dilshoda Abdusalomovna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti)
Для учителей · 2026
Аннотация
В статье освещается эволюция жанра письма в истории узбекской литературы, значение переписки в устном народном творчестве, роль жанра письма в нашей литературе, то, что жанр письма является не только литературно-эстетическим жанром, но и историко-доказательным документом определенного социального периода. Ключевые слова: жанр письма и его генезис, особенности жанра письма в устном народном творчестве, памятники “Алпомиш”, “Гильгамеш”, “Авеста”, “Орхун-Енисей”, “Диван лугат ат-турк”, “Кутадгу билиг”, “Xамса”, “Бабурнаме”. “Maktub” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib izohli va etimologik lug‘atlarda “yozmoq, bitmoq” ma’nolarini ifodalaydi. Ushbu janr adabiy-tarixiy manba bo‘lib, xalq etimologiyasi, dialektologiyasi, frazeologiyasi, stilistikasi, adresantning ichki olami bilan birga u yashagan davr, muhitdan xabar beruvchi daliliy hujjatdir. Bu janr, dastlab, og‘zaki ko‘rinishda vujudga kelgan bo‘lsa, keyinchalik yozma adabiyotning evolyutsiyasi bilan chambarchas bog‘liq ravishda taraqqiy etib bordi. Maktub janrining taraqqiyot bosqichlariga nazar tashlasak, jamiyat shakllanishi natijasida insonlar o‘rtasida muloqotning dastlabki shakllari – ishora (gesture), mimika, tovushlar (nutq paydo bo‘lmasidan avval qichqiriq, g‘o‘ldirash kabi), piktogramma va rasmlar orqali fikr almashinuviga ehtiyoj sezilgan. Bular esa dastlabki xabarnoma tarzida shakllana bordi. Keyinchalik nutq paydo bo‘la boshlagach, og‘zaki xabarlarni, ma’lumotlarni yozuvda ifodalash talabi ortib bordi. Ilk yozuvlar – mixxat, Misr, Xitoy iyerogliflari, Ind (Harappa) harflari orqali papiruslarda, gil lavhalarida insonlar dastlabki yozma yodgorliklarni tarixga muhrladi. Mixxat yozuvida bitilgan “Gilgamish” dostonida maktub janrining dastlabki unsurlari ko‘zga tashlanadi. Masalan, Gilgamish va Inkidu o‘rtasidagi hissiyotga boy muloqotlar maktub janridagi ruhiy kechinmalarni ifoda etadi. Asarda maktub janriga oid parchalar mavjud bo‘lmasa-da, ushbu janrga xos samimiyat, tuyg‘u, murojaat, nasihat kabi elementlar bor. “Alpomish” dostonining Umir safar o‘g‘li tomonidan aytilgan va Oxunjon Sobirov tomonidan yozib olingan variantida Barchinoyga qalmoqlardan sovchi kelgan mahal boshi qotgan Boysari og‘asi Boybo‘riga Elomon orqali maktub yo‘llaydi [1, 57 b]. Bu dostonda Elomon tilidan “salom qog‘ozi” deya keltirilgan. Fozil Yo‘ldosh baxshi variantida esa maktub o‘rnida “arza” atamasi qo‘llanilgan [2, 103 b ]. Asardagi maktub janriga oid bu misra qofiyalari ochiq, ruklar turli xil. Og‘zaki nutqqa xos “hayallamang”, “o‘yilsin ko‘zim” kabi nutqiy birliklar, “erka qizim”, “yuzi qora” sifatlashlari (epitit) maktub mazmun-mohiyatini kuchaytirgan. Boysari tili bilan aytilganda ushbu doston syujetida “qog‘oz”, ya’ni xatning ahamiyati kattadir. Chunki dostonda Barchinoy tomonidan yozilgan maktub (Fozil Yo‘ldosh variantida maktub Barchinoy tomonidan Alpomishga yozilgan) Alpomishning “yor uchunmas or uchun” qalmoqlar yurtiga kelishiga, Alpomish tomonidan oilasiga yozilgan maktub esa Alpomishni yeti yillik zindondan qutqarilishiga sabab detali vazifasini bajarmoqda. Demak, maktub janrini asar sujetining termodinamikasi, personajni harakatga keltiruvchi, sirlardan voqif qiluvchi, haqiqatni oshkor etuvchi katalizator desak bo‘ladi. Dostonda maktub aynan shunday vazifani bajargan. Maktub detali asar sujetini boshqarishga xizmat qilgan. O‘rta Osiyo va Eron xalqlarining boy madaniy yodgorligi “Avesto”da ham maktub janriga yaqin jihatlarni ko‘rishimiz mumkin. “Avesto”dagi murojaat shakli (Zardushtning Ahura Mazda bilan suhbati), diologik uslub (“Yasna”, “Visparad”, “Gotlar” qismlarida Zardusht bilan ilohiy zotlar o‘rtasidagi savol-javoblar) ham maktub janrining elementlaridandir. Qadimgi sof turkiy manbalaridan biri O‘rxun-Enasoy obidalarida toshlarga o‘yib yozib qoldirilgan matnlarda maktub janriga oid xususiyatlarni kuzatishimiz mumkin. Masalan, murojaat, kechinma, o‘z fikrini ifodalash, nasihat va ogohlantirish yodgorlik matnlarida yetakchilik qiladi. Bu obidalardagi tarixiy faktlarni tom ma’noda o‘tmishdan kelajakka yozilgan maktub deyish mumkin. Chunki, manbadagi 401 ma’lumotlar tarixga tegishli bo‘lsa-da, chaqiriq, yakdillikka chorlash, vatanparvarlik barcha davr uchun birdek xos. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida maktub janri bilan bog‘liq ko‘plab istilohlar uchraydi. Jumladan, “yazmaq” – yozmoq, “bitig” – yozuv, xat, “yarluq” – hukmdorning yozma farmoni, ya’ni rasmiy maktub, “elchi” – xabar yoki maktubni yetkazuvchi shaxs, “habarchi” – xabar yetkazuvchi, ko‘pincha maktub yetkazuvchi shaxsni bildiradi. Bu so‘zlarning izohlari orqali o‘sha davrda maktub yozish an’anasining ancha rivoj topganligini ko‘rishimiz mumkin. Asarda “irqish” so‘zi aynan “maktub” ma’nosida qo‘llanadi [3, 67 b]. Muallif “qoshug‘” so‘ziga ta’rif berar ekan, lirik qahramon Turkon xotinga maktub yo‘llab, “xodimi xizmatga tayyor” ekanini bildiradi [4, 71 b]. Asarda shunday keltiriladi: “Bir kishi Tangri tog‘i etagida yurib, Tangut yurtidan bir maktub topib oldi. U maktubda shunday deb yozilga
Доказательный фрагмент
«В статье освещается эволюция жанра письма в истории узбекской литературы, значение переписки в устном народном творчестве, роль жанра письма в нашей литературе, то, что жанр письма является не только литературно-эстет…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье освещается эволюция жанра письма в истории узбекской литературы, значение переписки в устном народном творчестве, роль жанра письма в нашей литературе, то, что жанр письма является не только литературно-эстет… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- The genre of the letter and its genesis, features of the genre of the letter in folk, “Devoni lug‘otit turk”, “Avesto”, “Gilgamish”, “Alpomish”, “Qutadg‘u bilig”, xalq og‘zaki ijodida maktub janri xususiyatlari, “O‘rxun-Enasoy” obidalari, “Boburnoma”., Kalit so‘zlar: maktub janri va uning genezisi, “Xamsa”
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025