К содержанию
РецензированоUZ2026

ISAJON SULTONNING TARIXIY ROMANLARIDA POETIK STRUKTURA VA BADIIY TO‘QIMA UYG‘UNLIGI (Ijodkor dunyoqarashi hamda ijodiy tamoyillar tanlovi)

Xolmuratova Moxira Egamberganovna · Kholmuratova Mokhira Egamberganovna

Для учителей · 2026

Аннотация

The article analyzes the harmony of poetic structure and artistic texture in the historical novels of the writer Isajon Sultan. In Uzbek historical-artistic prose, there are very few works in which the life of the ancient Turks is written. The novel "Bilga Khakhan" is a bold step towards creating the image of our ancient ancestors. The novel "Bilga Khagan" is an expression of the sorrows of the Turkic peoples in the thirteenth century. The writer skilfully absorbed the information received through the stone inscriptions into the text of the novel, tried to preserve the scenery of the ancient Turkic period, the Turkic nature of the heroes, and their indomitable heroism. According to the characteristics of the time, Arabic and Persian words were not used in the work, the novel was written in pure Turkish. The novel informs about the sacred traditions of the Turkish peoples, such as unity, heroism, righteousness, and self-sacrifice. The first part of the work is called "Kichik Yish", the novel begins with "Winter threw a child at the foot of Kogman Mountain, and the snow was covered with snow." Key words. Kogman, khagan, principle, structure, fabric, aesthetic, thinking, concept, writing. Badiiy adabiyot so‘z taraqqiyoti jarayonida tarixni, avlodlar bosib o‘tgan davrning ijtimoiy-siyosiy, moddiy-ma‟naviy dunyosini o‘rganadi va undan saboq oladi. U o‘tmishni bugungi hayot bilan taqqoslaydi. Adabiyotda yana bir muhim jihat borki, bu ham bo‘lsa, memuar- biografiyalar yaratishdir. Shu bois biografiyada ijodkor asarlarini uning shaxsi, hayotiy kechinmalari bilan bir qatorda chuqur o‘rganish maqsadga muvofiq. Yaqin-yaqingacha ilk madaniyat o‘chog‘i G‘arbda, ya’ni Qadimgi Yunoniston va Rimda vujudga kelgan deb o‘rganib kelingan. XIX asrga kelib esa bu qarashlar tubdan o‘zgardi. Aynan shu davrda Mixxat sirlarining ochilishi aslida madaniyat Yunonistondan emas, Shummerlardan boshlanishini aniqlashdi. “Toir Eftinning Rossiyada amalga oshirgan, O‘zbekistonda chop etilgan “Shummerlar va Etrusklar – insoniyat tamadduni ibtidosidagi qadimiy turkiylar” deb nomlangan tadqiqoti so‘ngi yillarda yaratilgan va ayni shu masalaga ko‘p jihatdan oydinlik kiritishi mumkin. 2012-yilda Toshkentda o‘zbek olimi Zoir Ziyotovning “Shumerlar va Turon qavmlari” degan kitobi nashr etildi. Kitob bejiz bunday nomlanmagan. Unda bashariyatga tamaddun eshiklarini ilk ochgan shumerlar bilan Turon qavmlari o‘rtasidagi aloqaga ishora qilinmoqda”. Soʻnngi yillardagi tadqiqotlar Turkiy xalqlarning paydo bo‘lishi juda uzoq vaqtga borib taqalishini ilmiy asoslaydi. Muhtaram prezidentimiz Shavkat 411 Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta’siri bo‘lmaydi” [4,1b.] Turkiy xalqlarning buyuk ekanligini Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, bir necha bor xalqaro mukofotlar sovrindori Isajon Sulton ijodi orqali ko‘rib chiqamiz. Bugungi kunda biz o‘zbek romanchiligida mukammal tarixiy asarlar yaratilganligini kamdan-kam hollarda uchratishimiz mumkin. Chunki, tarixiy roman yozish yozuvchidan juda katta mehnat talab qiladi. “Raximjon Otauli qalamiga mansub “Bilga xoqon” dostonini nasrdagi Bilga xoqon obrazini yaratish yo‘lidagi ilk qadam bo‘lsa, Isajon Sultonning “Bilga xoqon” romani bu boradagi dadil qadam deya ta’kidlashga loyiqdir.” – degan edi, ustozimiz filologiya fanlari doktori, psofessor Dilmurod Quranov. Yozuvchi Isajon Sultonning “Bilga Xoqon” romani romani turkiy xalqlarning o‘tmishi haqida guvohlik beradigan asosiy manbalardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu roman yozilishidan maqsad, yozuvchining turkiy xalqlarning naqadar buyuk va boy tarixiy xalq ekanligini butun dunyoga ko‘rsatish bo‘lgan. Xalqni o‘zligini tiklab berishga bo‘lgan ishonch yozuvchi uchun asarning yozilishiga turtki bo‘lgan. Ya’ni motiv vazifasini o‘tagan. “Motiv (motiv obraz) shakliy va mazmuniy jihatlardan muayyan turg‘unlik kasb etgan, bir yoki bir nеcha ijodkorning asarlarida qaytarilib turishi bilan ularning ijodiy intilishlarini namoyon etib turuvchi obrazdir”. [1,78b.] Asarda qahramon Bilga xoqon bilan yelkama-yelka turgan obrazlar asar mohiyatini ochib berishga katta xizmat qilgan. “Badiiy adabiyotda inson obrazini to‘laqonli yaratish, uni o‘quvchi ko‘z oldida konkrеt jonlantirish uchun xizmat qiladigan qator vositalar mavjud. Bular muallif xaraktеristikasi, portrеt, badiiy psixologizm, pеrsonaj nutqi kabi badiiy unsurlar kiradi”. [1,74b.] Darhaqiqat, Turkiy xalqlarning ota-onasini hurmat qilishi qon qoniga singib ketgan. Buni yana bir misol bilan ham ko‘rishimiz mumkin. “To‘yqisdan O‘n o‘q ichidan munkillagan bir aba chiqib kelaverdi. Son-sanoqsiz qo‘shin qarshisida qaddi yoyday egik, bir o‘zi edi. Ikkala budun-da tek turardi… Tizilib qoni qaynagan, erlari-yu otlarining og‘zidan hovuri chiqib turgan qo‘shin oldida cho‘l qushiday ko‘rindi. Ularning o‘rtasiga yetib kelib, shunqorday tizilgan otliqlar ko‘z o‘ngida yerga bir nimani tashladi. – I-ya! – dedi

Доказательный фрагмент

«The article analyzes the harmony of poetic structure and artistic texture in the historical novels of the writer Isajon Sultan.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article analyzes the harmony of poetic structure and artistic texture in the historical novels of the writer Isajon Sultan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kogman, khagan, principle, structure, fabric, aesthetic, thinking, concept, struktura, tafakkur, Kalit so‘zlar. Ko‘gman, konseptsiya, to‘qima, estetik, bitik., xoqon, tamoyil
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники