К содержанию
РецензированоUZ2026

NAZAR ESHONQULNING “GOʻR OʻGʻLI YOXUD HAYOT SUVI” ROMANIDA GʻOYA VA MAʼNO SINTEZI

Shahanov Bobur Choriyevich · Shahanov Bobur Choriyevich · Шаханов Бобур Чориевич

Для учителей · 2026

Аннотация

В статье анализируется гармония идеи и изображения в романе Назара Эшонкулова «Гўр огли ёхуд хает суви». Рассматриваются субъективное отношение писателя и позиция персонажа, согласованность формы и содержания, соотношение жизненного материала и художественного текста. В процессе размышлений демонстрируется, что в жанре романа идейное содержание проявляется как завершенное, целостное, сжатое и удобное для восприятия. Статья направлена на анализ художественного стиля автора и смысла в его произведении. Ключевые слова: роман, идея, смысл, жизненный материал, художественный текст, стиль, выражение. SYNTHESIS OF IDEA AND MEANING IN NAZAR ESHONQUL’S NOVEL “GOR O‘GLI OR THE WATER OF LIFE” Shakhanov Bobur Chorievich, 414 independent researcher of Urgench state university scientific supervisor: Sariyev S.M. Doctor of philological sciences (DSc), associate professor Annotation. The article examines the harmony between idea and imagery in Nazar Eshonqulʼs novel Goʻr oʻgʻli yoxud hayot suvi (The Graveʼs Son or the Water of Life). It reflects on the writerʼs subjective attitude and the protagonistʼs position, the alignment between form and content, and the relationship between life material and artistic texture. Essentially, the novelʼs genre is revealed as a way of presenting ideological content in a complete, coherent, concise, and accessible manner. Key words: novel, idea, meaning, life material, artistic texture, style, expression. Nazar Eshonqulning “Goʻr oʻgʻli yoxud hayot suvi” (2018) romani inson fojiasi va jamiyat tazyiqi asosiga qurilgan, asarda shaxsga sigʻinish davri illatlari, maʼmuriy buyruqbozlik, haybarakallachilik va qogʻozbozlik avji ayovsiz fosh etiladi. Hammasi bosh qahramon N.ning rahbar huzuriga kutilmaganda chaqirilishi bilan boshlanadi, yanglish tashrif ketidan xodim iztiroblari quyuqlashadi. Ertasi kuni ishga chiqqan yigit hamkasblari unga gʻalati qarashayotganini payqab qoladi, oʻzini oqlash uchun keltirgan vajlari inobatga olinmaydi. Gazetada eʼlon qilingan xabarda N.ni poyezd bosib ketgani toʻgʻrisida maʼlumot berilgandi, odamga emas, qogʻozga ishoniladigan muhitda qahramon sarson-sargardonligi kuchayadi. Har kuni idorama-idora yurishlar uning sillasini quritadi, hatto kunduzdan qoʻrqish darajasiga ham yetadi. Muallif qabariq tasvir asnosida jamiyatni toʻliq boshqarish darajasiga kelib qolgan muammolarga nisbatan kinoya usulini qoʻllaydi, kelajagi istiqbolli xodimlar qatoridan oʻrin olgan qahramon jamiyat tutumiga isyon qiladi. N. ning fojiali oʻlimi ilinj, istak, umid, ishonch tugashi jarayoniga payvandlanadi, mavjudligini isbotlay olmagan obraz oldida boshqa chora qolmaydi. Qalb prizmasida bir-biriga ulanadigan tafsilotlar bir payt oʻzida ham moddiy hayot, ham qahramon ruhiy kechinmasida aks etadi. Folklor va adabiy talqin stilizatsiyasi mubolagʻa ustuvorligini piching tasvir vositasiga bogʻlaydi, tasvir va tahlilni bir-biriga tenglashtiradi. “Badiiy gʻoya sanʼatkorning borliqqa munosabati, tabiat sirlari, davr ijtimoiy hodisalarini fahmlash, anglash va baholay olish iqtidori, goʻzallik, oliyjanoblik hamda baxt haqidagi ideallari bilan bogʻliq ravishda tugʻiladi. Binobarin, ana shularga koʻra kashf etiladigan obraz muayyan dunyoqarash bilan yoʻgʻrilgan aql mahsuli”[1,108 b.] ekan, emotsiya hosil qiladigan tasavvurni tavsiflaydi, munosabat ottenkasi shaklidagi mazmun hissiy idrok xususiyatini belgilaydi. Hayotiy fakt gʻoyaviy-estetik quvvat ruhiy kechinma ijtimoiy mohiyatini ochib beradi, muammo adabiy talqinini shakllantirish muayyan ijodkor dunyoqarashidan kitobxon saviyasiga koʻchadi: Endi tabiiyki, yordamchining oʻzi ajablandi. Bu idorada hali hech kim yordamchining nomidan xodimni rahbar huzuriga chorlamagandi. Mabodo chorlabdimi, biron asos bor. Yordamchi shoshib qoldi. Agar N.ni rahbar chaqirgan boʻlib, uning oʻzi kotibaga roʻyxatni chalkashtirib bergan boʻlsa-chi? U shoshib ichkariga kirib ketdi. Yordamchining dovdiraganini koʻrgan va boya norozi boʻlib gapirgan dahlizdagi hamkasbining birdan popugi pasaydi. N.ga u xuddi qatl oldidan shafqat soʻrayotgan mahkumday tikilib turardi. Yuzida ayanch bir ifoda zuhr etgan edi. Dahlizda mojaroning davomi qanday tugashini kutib turganlar bir unga, endi nima boʻladi, shafqat qiladimi, yoʻqmi degan savol nazari bilan bir N.ga qarardi. Buni sezgan hamkasbi tinmay burnini torta boshladi. Shu payt qoʻlida bir toʻda qogʻoz koʻtargan yordamchi oʻzi chiqib qoldi. U N. ni koʻrib, uf tortdi-da, bosh chayqab qoʻydi [2,10 b.]. Haddan tashqari boʻrttirilgan tafsilotlar voqealar tezlashuvini taʼminlaydi, K. oʻrniga N. yanglish tashrifi gʻaroyib kayfiyatni vujudga keltiradi, norozi boʻlib gapirgan hamkasb bir zum dovdiraydi, oʻzi haqligi tasdiqlangach, yana avvalgi kayfiyatiga qaytadi. Uning “popugi pasayishi”, “xuddi qatl oldidan shafqat soʻrayotgan mahbusday tikilib turishi” bir necha soniya davom etadi, mojaro davomini kutayotgan tomoshabinlar loqayd, oʻzgaruvchan kimsalar tasvirini tavsiflaydi. Muallif tafsilotlarni bayon etmaydi, balki ifodada chizadi.

Доказательный фрагмент

«В статье анализируется гармония идеи и изображения в романе Назара Эшонкулова «Гўр огли ёхуд хает суви».»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируется гармония идеи и изображения в романе Назара Эшонкулова «Гўр огли ёхуд хает суви». Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
novel, idea, meaning, life material, artistic texture, style, expression, maʼno, Tayanch soʻzlar: roman, uslub, hayotiy material, gʻoya, badiiy toʻqima, ifoda.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники