Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LUTFIYSHUNOSLIK TARIXIGA BIR NAZAR
Xoliqulova Xolida Yorqulovna · Kholikulova Kholida Yorkulovna (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi katta oʻqituvchisi) · Холикулова Холида Ёркуловна (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi katta oʻqituvchisi)
Для учителей · 2026
Аннотация
Information about Mawlana Lutfi, Lutfi Shoshi, the poet's name, birth and death dates, manuscripts of the divan, poetic genres, opinions on the authorship of the work "Gul and Navruz" were summarized based on sources and information, and opinions were expressed on controversial points. In this regard, information from sources such as Sheikh Ahmad ibn Khudoydod Tarozi's "Funun ul-balog‘a," Alisher Navoi's "Badoe ul-bidoya," "Majolis un-nafois," "Nasoyim ul-muhabbat," "Holoti Pahlavon Muhammad," "Muhokamat ul-lug‘atayn," Ghiyosiddin Khondamir's "Makorim ul-axloq," "Tazkirat ut-tavorix," "Riyoz ush-shuaro," created in the 16th- 20th centuries, and the views of Lutfi scholars were compared, analyzed, and conclusions were drawn. Keywords. Mavlono Lutfiy, Hiriy, Shoshiy, sources, Lutfiy studies, divan, manuscripts. Musulmon Sharqi, ayniqsa, Markaziy Osiyoning madaniyati tarixida Amir Temur va temuriylar hukmronlik davri - XIV asr ikkinchi yarmidan XVI asrning boshlarigacha bo‘lgan davr so‘nggi umumiy tarixiy rivojlanishga juda katta ta’sir ko‘rsatgan yorqin sermazmun, samarali davr hisoblanadi. Bu davrda o‘zbek tili adabiy til sifatida uzul-kesil shakllandi va Markaziy Osiyoning so‘nggi madaniy rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu yuksalish, birinchi navbatda, Amir Temur nomi va faoliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lsa, uning o‘g‘illari, nabira va boshqa avlodlari u boshlab bergan ijtimoiy-madaniy hayotdagi yo‘nalishlarni davom ettirishga, temuriylar saltanatining an’analarini saqlab qolishga harakat qildilar. Shu davrlarda o‘zbek adabiyotida Lutfiy, Atoiy, Gadoiy, Sakkokiy kabi zabardast shoirlar yetishib chiqqan. Ular o‘z ijodiy faoliyati orqali ming yillik tarixga ega bo‘lgan adabiyotimizning rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan. XIV-XV asr o‘zbek adabiyotining zabardast vakili shoir malono Lutfiydir. Mavlono Lutfiyning hayoti va adabiy merosi haqida qator yozma manbalarda, jumladan, Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziyning 1437-yilda Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlab yozilgan “Funun ul - balog‘a”, Alisher Navoiyning “Badoe ul bidoya”, “Majolis un - nafois”, “Nasoyim ul - muhabbat”, “Holoti Pahlovon Muhammad”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, G‘iyosiddin Xondamirning “Makorim ul axloq”, XVI –XX asrlarda yaratilgan “Tazkirat ut-tavorix”, “Riyoz ush - shuaro” kabi asarlarda ma’lumotlar uchraydi. Ammo ular shoirning biografiyasini to‘liq yoritishga imkon bermaydi. Chunki shoirning taxallusi ma’lum bo‘lgani holda hozirga qadar uning asl nomi, ota-onasi, tug‘ilgan yil va joyi, tahsil joylari, safarlar va shunga o‘xshash muhim sanalgan masalalarga tegishli ma’lumotlar noma’lum bo‘lib, shuning natijasida bu muommolarga doir turli taxmin va mulohazalarning aytilishiga sabab bo‘lib kelmoqda. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Lutfiy 1366-yili Hirot chekkasidagi Dehikanor nomli yerda tug‘ilgan, hayotining ko‘p qismini shu yerda o‘tkazgan va Navoiy aytganidek, 99 yil umr ko‘rib shu yerning o‘zida dafn qilingan: “to‘qson to‘qqiz yashadi… Bu faqir borasida ko‘p fotihalar o‘qubtur. Umed ulkim, chun darvesh kishi erdi, ba’zi mustajob bo‘lmish bo‘lg‘ay. Mavlononing qabri shahr navohisida Dehikanordakim, o‘z maskani erdi, andadurur”.[1, 62] Demak, vafot etgan joylari Hirotning Dehikanoridadur. Lekin shoirning tug‘ilgan joyi haqida turlicha fikrlar uchraydi. 1993- yil professor Ergash Umarov tomonidan Angliyaning Bodlean kutubxonasidan topilgan “Funun ul - balog‘a” asarida “… ma’danul –latoyif Lutfiyi Shoshiy”, “Lutfiyi Shoshiy aytur” tarzida ta’riflar uchraydi. Bu ma’lumotlarga tayanib adabiyotshunos olim A.Hayitmetov Lutfiyning toshkentlik ekanligini, ma’lum sabablar bilan Hirotga borib, u yerda keyinchalik katta obro‘topganligini ta’kidlaydi.[5] Bu xususda akademik B.Valixo‘jayev o‘zining “Malik ul-kalom mavlono Lutfiy” risoldasida ilmiy mulohazali fikrlar beradi. Olim yuqoridagi fikrlarga Alisher Navoiyning “Majolis 419 un - nafois”ining ikkinchi tahriridan (1498) “Mutaqaddim turkigo‘y shuarodin xoh mavlono Lutfiy va xoh mavlono Sakkokiykim, Movarounnahrda malik ul-kalom erdilar…”, “Malono Lutfiy Xuroson mulkida turkiy va forsiyda malik ul-kalom erdi” kabi parchalarni muqoyasa qilgan holda Lutfiyning tug‘ilgan vatani haqida hozircha ikki mulohaza: biri – Toshkent, ikkinchisi- Hirot ekanligini aytib o‘tadi. [9, 15-17] Shu o‘rinda Lutfiyning ko‘pgina manbalarda “Lutfiyi Hiriy” deb nomlanishi uning sabzavorlik, nishopurlik, kashmirlik, mashhadlik va boshqa Lutfiy taxallusli ijodkorlardan farqlaydi. Shuning uchun ham ko‘p hollarda shoirning tug‘ilgan yurti Hirotning Dehikanori deb aytib o‘tiladi. Mavlono Lutfiyning asl nomi, ota – onasi, tahsil yillari haqida ham ma’lumot qariyb uchramaydi. Ayrim manbalarda, jumladan, maktab darsliklarida shoirning ismi Lutfullo deb keltirilgan. Lekin bularni ham ilmiy asoslangan deb bo‘lmaydi. Mavlononing tarjimayi holiga doir qisqacha ma’lumotlarni Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois”ida “Mavlono yigitligida ulumi zohiriyni takmil qilg‘ondin so‘ngra Mavlono Shahobiddin Xiyoboniy (alayhirrahma) qoshida sufiya tariyqida ham s
Доказательный фрагмент
«Information about Mawlana Lutfi, Lutfi Shoshi, the poet's name, birth and death dates, manuscripts of the divan, poetic genres, opinions on the authorship of the work "Gul and Navruz" were summarized based on sources…»
Образец извлечения
Демо-превьюInformation about Mawlana Lutfi, Lutfi Shoshi, the poet's name, birth and death dates, manuscripts of the divan, poetic genres, opinions on the authorship of the work "Gul and Navruz" were summarized based on sources… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mavlono Lutfiy, Hiriy, Shoshiy, sources, Lutfiy studies, divan, manuscripts, devon, lutfiyshunoslik, qo‘lyozmalar., manbalar, Kalit so‘zlar. Mavlono Lutfiy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025