К содержанию
РецензированоEN2026

SULTONGA MUNOSIB TUHFA

SULTONGA MUNOSIB TUHFA · Raximova Saboxat Raxmonqulovna · Mahmudov Jasur Husenovich, ilmiy rahbar · Rakhimova Sabakhat Rakhmonkulovna (Sharqshunoslik qo‘lyozmalar institutida saqlanayotgan Tabibiy taxallusi bilan mashhur Ahmad ibn) · ДОСТУПНЫЙ ПОДАРОК СУЛТАНУ (Sharqshunoslik qo‘lyozmalar institutida saqlanayotgan Tabibiy taxallusi bilan mashhur Ahmad ibn) · Рахимова Сабoхат Рахмонкуловна (Sharqshunoslik qo‘lyozmalar institutida saqlanayotgan Tabibiy taxallusi bilan mashhur Ahmad ibn)

Для учителей · 15 · 37-39 · 2026

Аннотация

The article describes three copies of the first Persian divan “Tuhfat us-sultan” - two manuscripts and one lithograph - kept at the Institute of Oriental Manuscripts named after Abu Raykhan Beruni of the Academy of Sciences of Uzbekistan, under the names “Divani Tabibiyi Persian” or “Divani Farsiy Tabibiy”. Key words. Khorezm, gift, sultan, khan, manuscript, stone print, divan Persian. 423 Zullisonaynlik an’anasi Xorazm adabiy muhiti uchun qadimgi an’anadir. Hijriy 754, milodiy 1353 yillarda Oltin O‘rda xonligi davrida yozilgan Muhammad Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asaridagi quyidagi baytlar fikrimizning yorqin dalilidir: Ko‘ngul bahrinda ko‘p gavharlaring bor, Ochunda porsiy daftarlaring bor! Demak, XIV asrdayoq Xorazm adabiyotida porsiy daftarlarga ega bo‘lgan shoirlar bo‘lishgan. Shu ma’noda o‘zbek klassik adabiyoti tarixining XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi Xorazm adabiy muhitida ham zullisonaynlik an’anasini uchratamizgan. Zero, ma’rifatparvar shoh va shoir Muhammad Rahimxon soniy – Feruz rahnamoligidagi ushbu davr adabiyotida ajdodlar an’anasiga sodiq qolgan holda bir qator devonlar yaratildi va ularda ikki tillilik an’anasi keng rivojlantirildi. Tabibiy taxallusi bilan mashhur Ahmad ibn Ali Muhammadning forsiy va turkiy tillardan iborat 5 ta alohida nomdagi devoni, 2 ta tazkirasi, 2 ta tarjima asari yetib kelgan. Birgina forsiy devonida shoirning 544 ta g‘azali va 125 ta muxammasining kelishi forsiy she’riyatining keng qamrovli ekanidan dalolatdir. №7083 inventar raqamli qo‘lyozma . .1 "Tuhfat us-sulton" devoni. Kotibi noma’lum. Oxirida xotima va kolofon yo‘q. Ushbu qo‘lyozmaning boshida 3 ta bo‘sh varaq bo‘lib, ulardan birinchisining chap burchagida "م" harfi yozilgan. Keyin teparoq qismi o‘rtasida دیناو بطیبی سرا فی (Devoni Tabibiyi forsiy) deb yozilgan. Mazkur qog‘ozlarning uchinchisida to‘rtburchak kichkina muhr bosilgan bo‘lib, uning ichiga "Inst-t Vostochnix rukopisey 7083 AN Uzbekistan g.Tashkent" degan rus tilidagi yozuvlar bor. Ayni o‘sha uchinchi qog‘ozning orqa tomonidan, ya’ni b-sahifasining tepasiga qora siyohda 1 raqami qo‘yilgan bo‘lib, devonning asosiy sahifalari shu yerdan boshlanadi. Dastlab qizil siyohda “Musammo ba Tuhfat us-sulton” (“Tuhfat us-sulton” ismi bilan nomlandi) so‘zlari undan keyin qora siyohda “Bismillahir rahmonir rahiym” bilan g‘azallar boshlangan. Birinchi g‘azal matla’si: Ey yofta az sun’i tu yaksar bino arzu samo, Ovardai az kofu nun iyjodi kulli mosuvo. (Mazmuni: Ey, san’atingdan yaralmish bir zumda yeru osmon, “Kof”u “nun” harfi ila bo‘lmish ijod barcha zamon). G‘azal Ollohga hamd mazmunida bo‘lib, demak, ushbu devon an’anaviy uslub bilan boshlangan. Qo‘lyozmaning asosiy matnidan tashqari hoshiyasiga ham she’rlar bitilgan. Jumladan, ushbu varaqning hoshiyasidagi birinchisi na’t mazmunidagi quyidagi matla’li g‘azaldir: Ey rutbai tu nazdi Xudo az hama a’lo, Yak sandali avadnoi tu sho‘d arshi muallo. (Mazmuni: Ey, Xudoning nazdida barchadan oliy rutbang sening, Arshi muallodan-da baland birgina past kursing sening.) Qo‘lyozmadagi sheʼrlar 209 varaqga yozilgan. Undan keyin ham qo‘shimcha yana 25 ta hech narsa yozilmagan qog‘ozlar mavjud. Qog‘ozlar Rusiyadan keltirilgan oliy sifatli fabrika qog‘ozlari boʼlib, undagi cho‘rtan baliq hamda turli naqshlar va "original" deb yozilgan so‘zlari shundan dalolat beradi. 197a sahifada xuddi she’rlar tugaganidek, ochiq joy qo‘yilgan, biroq hoshiyalarda muxammaslar yozilgan. Shuningdek, ayni sahifaning pastida boshidagidek kichik to‘rtburchak muhr hamda mazkur 7083 raqami hamda rus tilidagi yozuvlar bor. Ya’ni yuqoridagi muhr ushbu varaqqa ham qo‘yilgan. Shunga ko‘ra, bu yerda kolofon bo‘lishi yoki kitob xotimasi bo‘lishi mumkin, deb o‘yladik, biroq she’rlar yana davom etgan. Ustiga raqam qo‘yilgan g‘azallar 125a (g‘azallar yozilgan qora siyohda yana ikkita raqam – 125- chetda, chap tomonda va 248 – o‘rtada qo‘yilgan) tugagan bo‘lib, oxirgi g‘azalga "397 g‘azali Tabibiy" deb yozilgan bo‘lib, "kay" radifli g‘azaldir. Biroq shuni aytish lozimki, asl matndagi g‘azallar raqamlangani holda hoshiyadagilar raqam qo‘yilmasdan, faqat qizil siyohda "g‘azali Tabibiy" deb yozib ketilgan. Shuni hisobga olganda jami g‘azallarni bu son bilan chiqarib bo‘lmaydi. Bundan tashqari 198a varaqda (qit’alardan keyin) yana "g‘azali Tabibiy" sarlavhasi 424 bilan "be" radifli g‘azallar keltirilgan. Ular 204b varaqda tugagan va keyin 205a varaqdan "nun" radifli g‘azallar boshlangan. Ular 206b sahifagacha davom etgan. 207a sahifada "Musaddasi Tabibiy ba tariqi tazmin" boshlangan. 208a varaqdagi "Mustazodi Tabibiy" 209 a varaqqacha davom etib, kitobni tugallagan. Oxirida hech qanday xotima so‘zi yoki kolofon yo‘q. Raqam qo‘yilgan she’rlar sirasiga qit’alar (43 ta qit’a), ruboiylar (122 ta ruboiy) kiradi. Boshqa she’rlarga, jumladan muxammaslar, mustazod, musaddaslarga raqam qo‘yilmagan. Xullas, devon tarkibi quyidagicha: 1. G‘azallar – 397 tasi asosiy matnda raqamlanmagan holda berilgan. Hoshiyadagilar 147 ta raqamlanmagan g‘azal 2. Mustazod – 5 ta (3 t

Доказательный фрагмент

«The article describes three copies of the first Persian divan “Tuhfat us-sultan” - two manuscripts and one lithograph - kept at the Institute of Oriental Manuscripts named after Abu Raykhan Beruni of the Academy of Sc…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article describes three copies of the first Persian divan “Tuhfat us-sultan” - two manuscripts and one lithograph - kept at the Institute of Oriental Manuscripts named after Abu Raykhan Beruni of the Academy of Sc… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Khorezm, gift, sultan, khan, manuscript, stone print, divan Persian, xon, sulton, tuhfa, toshbosma, devoni porsiy., qo‘lyozma, Kalit so‘zlar. Xorazm
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники