Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAVLONO LUTFIY IJODI BOTIRXON VALIXO‘JAYEV TALQINIDA
Xasanova Dilshoda Abdug‘anyievna · Sharof Rashidov nomidagi SamDU tadqiqotchisi · LÜTFI'NIN SANAT ANLAYIŞI · Khasanova Dilşoda Abduganyevna · Sharof Rashidov SamSU'da araştırmacı · БОТИРХАНА ВАЛИХОДЖАЕВА · Хасанова Дильшода Абдуганиевна
Для учителей · 2026
Аннотация
Данная научная статья посвящена изучению творчества великого представителя узбекской классической поэзии Маулона Лютфия. Научно анализируются взгляды академика Ботирхана Валихожжаева на жизнь, личность, поэтику Лютфия. При этом уделяется внимание проблемам изучения творчества поэта в современном узбекском литературоведении. Также исследуются ценные взгляды Ботирхана Валихожаева на лирическое творчество Лютфия, его большой вклад в лютфиологию своим анализом, обективная оценка мастерства первого узбекского поэта. 430 Ключевые слова. Классическая узбекская литература, жизнь и творчество Лютфи, лирические произведения, анализ и интерпретация, взгляды Ботирхана Валиходжаева, объективность в науке. THE INTERPRETATION OF MAVLONA LUTFI'S WORK BY BATYRKHAN VALIKHO‘JAEV Khasanova Dilshoda Abduganievna scientific researcher at SamSU named after Sharof Rashidov Annotation. This scientific article is devoted to the study of the work of Maulana Lutfiya, one of the largest figures in Uzbek classical poetry. The views of academician Botirkhan Valikhojaev on the life, personality and poetics of Lutfiy are scientifically analyzed. At the same time, attention is paid to the problems of studying the poet’s work in modern Uzbek literary criticism. Key words. Uzbek classical literature, life and work of Lutfi, lyrical works, analysis and interpretation, views of B. Valikhojaev, objectivity in science. Akademik Boturxon Valixo‘jayev shaxsiyati va butun siymosi bilan o‘zbek adabiyotshunosligi, navoiyshunosligi taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan olimlar peshvosi sanaladi. Olimning ilmiy faoliyatida o‘zbek mumtoz she’riyati tadqiqi alohida mavqe egallaydi. Olimning “Malik ul-kalom mavlono Lutfiy”, “Sulton Husayn Boyqaro – Husayniy she’riyati”, “Mir Alisher Navoiy”, Bobur she’riyatiga doir qarashlari uni Samarqand adabiy muhitida o‘zbek mumtoz adabiyoti tadqiqotchisi sifatida alohida obro‘-e’tibor qozonishga olib keldi. Ulug‘ olim Ibrohim Haqqulov olimlik rutbasi haqida shunday yozadi: “Ko‘nglida, ruhida fayz bo‘lmasa – olimning ilmida fayz bo‘lmaydi. Shuningdek, mustaqil fikr, erkin mushohada, jonli uslubdan mahrum olim borki, aksariyati quruq ma’lumotga yopishib, nuqul fakt chaynashdan nari o‘tolmaydi. Bunday holda tadqiq etilayotgan mavzudan katta ilmiy xulosa yoki o‘ziga xos umumlashmalar chiqarish to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Zero, olimni yakranglik va sayozlik tuzog‘idan qutqaruvchi xaloskor uning benazir shaxsiyati – butunlashgan shaxsidir”[8; B.212]. Botirxon Valixo‘jayev shunday mustaqil fikr, erkin mushohada, akademik uslubga, benazir shaxsiyatga ega bo‘lgan, har qanday manfaat va g‘arazlardan xoli iste’dod sohibidir. Uning Lutfiy haqidagi tadqiqotlari adabiyotshunoslikda ilmiy teranligi, xulosa va faktlarga boyligi, tahlil va talqinlarda iste’dodli shaxsning nigohi, keng ilmiy mushohadalarga suyanganligi bilan alohida ajralib turadi. Olim Lutfiy lirikasi tahlili takomilida shoir biografiyasining muhim jihatlariga to‘xtaladi, fanda bahs-munozaralarga sabab bo‘layotgan muammoli vaziyatlarga ilmiy faktlar bilan, ba’zan ilmiy farazlar orqali aniqlik kiritishga, isbotlashga harakat qiladi. Olim mavlono Lutfiy ta’rifini keltirishda, uning hayoti va ijodiga doir ma’lumotlarning eng mukammal manbasi bu Alisher Navoiy asarlarida zuhur etganligini alohida urg‘ulaydi. Alisher Navoiy mavlono Lutfiyni Firdavsiy, Nizomiy, Xaqoniy, Anvariy, Sa’diy, Xofiz Sheroziy kabi Sharqning zabardast shoirlari qatoriga qo‘yganligini, ya’ni “muqobalasida kishi paydo bo‘lmadi bir mavlono Lutfiydan o‘zga” deb yozganligini faxr bilan tilga oladi. Lutfiy hayoti va ijodi o‘zidan ham oldin o‘rganilganligini eslab o‘tadi. Xorijiy olimlar bilan bir qatorda, Abdurauf Fitrat, Hodi Zarif, E.Rustamov, S.Erkinov, N.Mallaev, E.Ahmadxo‘jayevlarning turli ko‘rinishidagi tadqiqotlarini yuqori baholagani tadqiqotchining ustozlarga hurmati hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, Lutfiyning tarjimai holi, ijodiyotida hamon bahstalab muammolar borligini ta’kidlab, “Ana shu jarayonda masalaga istiqlol mafkurasi, xolislik va tarixiy asoslanganlik nuqtayi nazaridan yondoshilsa mavlono Lutfiyning 431 go‘zal badiiy olami, dunyoqarashidagi rang-baranglik va ma’no jilolari yanada yorqinroq namoyon bo‘lib, uning so‘zi sehri, so‘z mulkining sultoni ekanligi ayon bo‘lib boraveradi” [3; B.6], - deydi. Olim Lutfiy haqidagi mavjud ma’lumotlarni sinchiklab o‘rganadi va izlanish asnosida shubhali holatlarga duch kelsa yoki mavjud ma’lumotlar aksi aniqlansa, ularga ilmiy aniqlik bilan o‘z fikr- mushohadalarini bildiradi, muhim nazariy qarashlarni o‘rtaga tashlaydi. Gap shundaki, olim mutlaq ilmiy gegemonlikni ilgari so‘rmaydi. Bular yanada chuqurroq izlanishlarni, tadqiqotlarni talab etadi deb munosabat bildiradi. Bunday noaniq, muammoli ma’lumotlardan Lutfiyning tug‘ilgan joyi, tug‘ilgan yiliga oid bir nechta muammolarni misol keltirib o‘tadi. Olim “Ammo keyingi vaqtlarda ilmiy muomalaga kiritilgan “Funun ul-balog‘a” asarida (u 1437 yilda Shayx Ahmad Taroziy tomonidan yozilgan
Доказательный фрагмент
«Данная научная статья посвящена изучению творчества великого представителя узбекской классической поэзии Маулона Лютфия.»
Образец извлечения
Демо-превьюДанная научная статья посвящена изучению творчества великого представителя узбекской классической поэзии Маулона Лютфия. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Uzbek classical literature, life and work of Lutfi, lyrical works, analysis and, Lutfiy hayoti va ijodiyoti, lirik asarlar, tahlil va talqin, B.Valixo‘jayev qarashlari, ilmda xolislik., Kalit so‘zlar. O‘zbek mumtoz adabiyoti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025