Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AHMAD YASSAVIY IJODIDA SIMVOLIZM
Abdujalilova E’zoza Botir qizi · Abdujalilova E’zoza Botir kızı · Абдуджалилова Эъзоза Батир кызы
Для учителей · 15 · 37-39 · 2026
Аннотация
This article provides information about the symbols in Ahmed Yassavi's work. It is about road, water and flower symbols in Ahmed Yassavi's work. Keywords. Symbol, path, flower, water, "Proverbs" sufism, spiritual path, spiritual growth, poem, image. Ahmad Yassaviy sharq olamining ulugʼ siymolaridan biri. Alisher Navoiy taʼkidlaganidek, Xoja Ahmad Yassaviy - Turkiston mulkining shayxul mashoyixidur. Maqomati oliy va mashhur, katomati matavoliy hayratlanarli va nomaxsur chegarasiz ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning ashobidindur suhbatdoshi”.[7] Yassaviy oʻz ona tilini birinchi bo‘lib tariqat tili maqomiga koʻtardi. Shuning uchun uning sheʼrlaridagi har bir soʻz va har bir ibora islom haqiqatlari qadar muqaddas, nurli va ilohiydir.[6] Ahmad Yassaviy XI asrda yashagan Turkiston shoirlaridan biri, oʻzining asarlarida simvolizmni keng qoʻllagan. Uning ijodida tasvirlar, belgilar va ramzlar muhim rol oʻynaydi. Yassaviy oʻzining “Hikmatlar” asarida ruhiy va falsafiy ma’nolarni ochish uchun bir qancha simvolik elementlardan foydalangan. Yassaviy oʻz asarlari bilan Oʻrta asr islomiy adabiyoti tarixida muhim oʻrin tutadi. Uning ijodi tasavvufiy ma’rifat, estetik goʻzallik va chuqur simvolizm 447 bilan ajralib turadi. Yassaviy asarlarida keng tarqalgan ramzlar va obrazlar orqali bir qator ma’naviy tushunchalar ifodalanadi. Ushbu maqolada Yassaviy ijodidagi simvolizm va uning ma’naviy ahamiyati oʻrganiladi.Yassaviy ijodida eng muhim simvol va obrazlar quyidagilardan iborat: 3. Yoʻl – insonning ma’naviy yoʻlini, ruhiy oʻsishini ifodalaydi. Yoʻl tasavvufiy ma’noda, ilohiy haqiqatga erishish uchun oʻtishi kerak boʻlgan yo‘ldir. Aqlim ketdi, boshim qotti, nechuk oytoy? Rahmon egam, aro yoʻlda qoldim mano. [2, 7] Bu misolda Yassaviy insonning ma’naviy yoʻlini tanlash haqida fikr yuritadi. Bu odatda Yuqoriga, ilohiy haqiqatga erishish uchun harakat qilishni anglatadi. Qitmir itdin ibrat olg‘il oshiq ersang, Oqsoqlanib yoʻldin qolma sodiq ersang.[2, 5]. “Yoʻldan qolma” iborasi insonning oʻz maqsadlari, qadriyatlari va tamoyillaridan chekinmaslikka chaqiradi. Ikkinchidan, “yoʻl” ruhiy yoki ma’naviy yoʻl sifatida ham talqin qilinishi mumkin. Ushbu ma’noda sodiqlik va toʻg‘rilik yoʻli, ya’ni oʻz his-tuyg‘ulariga, prinsiplarga va sevgi maqsadlariga sodiq qolish muhimdir. Yoʻlg‘a qadam qoʻyoy dermiz Haqni izlab, Yer-u koʻkda, oy-u kunlar Haqni izlab, Arsh-u Kursiy, Lavh-u Qalam Haqni izlab, Ey yoronlar, yaxshi qoling to koʻrguncha.[2, 76]. Bu misrada “yoʻl” ma’no jihatdan haq va haqiqatga erishish yoʻlini anglatmoqda. Yozuvchi haqni izlash jarayonida harakat va yoʻlga chiqishni, oʻzining maqsadini koʻzlab yurishni ifodalaydi. Yerda va osmonda haqni izlash, ya’ni hayotdagi ma’noni va haqiqatni topishga intilish, insonning ruhiy va ma’naviy yoʻlini belgilaydi. Tavba debon egri yoʻldin rostqa qoytib, Tavba qilg‘on qullar anda mehmon boʻldi.[2, 74]. She’rda ma’lum bir maqsad uchun yoʻlga chiqish, bilim olish va oʻzini ifoda etish koʻzda tutilmoqda. Ruhiy oʻsish uchun harakat qilish jarayoni sifatida talqin qilinadi. 2. Suv – hayot manbayi, yangilanish va tozalanish ramzi. Ahmad Yassaviy ijodida suv obrazi koʻplab she’rlarida muhim rol oʻynaydi. Suv koʻpincha ruhiy poklanish va ma’rifat darajasiga erishishni anglatadi. Ul daraxtning aslin bilsang, Hudin ermish, Tafrid, tajrid chashmalari suvdin ermish. [2, 38]. Bu misrada “suv” ma’nosi bilim va ma’rifatni anglatadi. “Tafrid” va “tajrid” chashmalari esa, oʻz navbatida, bilim manbalarini ifodalaydi. “Daraxtning aslin bilsang, Hudin ermish” misrasida daraxt, aslida, insonning ma’naviy taraqqiyoti va yanada chuqur bilim olishini koʻrsatadi. Agar inson oʻzining aslida kimligini va hayotdagi maqsadini bilsa, u holda bilim va ma’rifat chashmalaridan, ya’ni “suv”dan foydalana oladi. “Chashmalar suvdin ermish” iborasi esa, ilm-fan va ma’rifatning asl manbasi sifatida qabul qilinadi. Bu oʻrinda suv insonni ruhiy va ma’naviy jihatdan toʻldirish va rivojlantirish vositasi sifatida tushuniladi. Umuman olganda, “suv” bu misrada bilim, ma’rifat va ruhiy hayot manbayi sifatida koʻrinadi. Dunyo talab harislarni bandam demas, Roʻzi mahshar yoʻldin ozsa yoʻlg‘a solmas, Suvsab, chanqab dod aylasa, qoʻlin olmas, Dunyo tebib oxiratni suymayinmu? [2, 49]. Bu misrada “suv” ma’nosi qiyinchiliklar va dardlarni ifodalaydi. Suv, odatda hayotning bir ramzi sifatida koʻrilsa-da, bu kontekstdagi “suvsab” va “chanqab” atamalari insonlarning ma’naviy va ruhiy holatlarini anglatadi. “Suvsab, chanqab dod aylasa, qoʻlin olmas” deganda, oxiratning ahamiyati, ya’ni dunyo hayotidan koʻra, oxirat hayoti muhimroq boʻlishi kerakligi haqida fikr yuritilgan. Umuman olganda, “suv” bu yerda hayotdagi sinovlar va qiyinchiliklarni, oʻz xohishiga koʻra yashayotganlarni anglatadi. Vo darig‘o, kechti umrum, qoldi boqo, 448 Yigitligim yeldek oʻtti, suvdek oqo. [2, 47] Bu misrada “suv” ma’no jihatdan vaqtning oʻzgaruvchan xususiyatini ifodalaydi. Suvning oqishi va oʻtishi, hayotdagi imkoniyatlar va yigitlik davrining tez oʻtishini simvoliza
Доказательный фрагмент
«This article provides information about the symbols in Ahmed Yassavi's work.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about the symbols in Ahmed Yassavi's work. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Symbol, path, flower, water, "Proverbs" sufism, spiritual path, spiritual growth, maʼnaviy yoʻl, suv, Kalit so‘zlar. Simvol, tasavvuf, yoʻl gul, ”Hikmatlar”, ruhiy oʻsish, obraz, sheʼr.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025