Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OMON MATJON SHE’RIYATIDA KO‘Z MOTIVI VA KO‘ZGA OID BADIIY QARASHLAR
OID BADIIY QARASHLAR · Alxiyeva Sitora Rahimqul qizi · EŞLEŞME SANATSAL GÖRÜŞLER (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Alkhiyeva Sitora Rahimkul kizi (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Алхиева Ситора Рахимкул кызы (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti)
Для учителей · 15 · 37-39 · 2026
Аннотация
The article talks about the artistic nature of Omon Matjon’s lyrical poems such as “Ko‘zlaringni yashirgil mendan”, “Sen ketursan izingdan”, “Ko‘p kezma daraxtzor bog‘lar ichinda”. Classic verses similar to these verses: ghazals, rubai, poems. In particular, the work of Alisher Navoi, Mirzo Bedil, Makhtumkuli and the german classical poet Heinrich Heine is referred to. The cited poems explore the lyrical character and poetic arts. Keywords. Poem, rubai, A.Navoi, Makhtumkuli, Bedil, Heinrich Heine, lyrical hero, poetic arts: tashbeh, tazad, takrir. O.Matjonning quyidagi she’rida mashuqasining ko‘zlarini ko‘rib, qalbidagi dard yana uyg‘onishidan, ishq olovining alangasi tufayli ozorlanishdan qochishga intilayotgan oshiq gavdalanadi: Ko‘zlaringni yashirgil mendan, O‘tib ketay yoningdan befarq. O‘tib ketay yoningdan bedard Ko‘zlaringni yashirgil mendan [1, 10-bet]. Bedard bo‘lish – ishq gulxanida qovurilmaslik bo‘lsa, befarq bo‘lish uning ko‘zi orqali qalbi malohatini his etmaslikdir. She’rning ikkinchi bandida oshiq o‘zi kechibgina qolmay, agar qalbida nomi bo‘lsa, yulib tashlashni, bir so‘z bilan aytganda – dardlanmaslikni so‘raydi. Nomim bo‘lsa qalbingda agar Otib tashla mayli tuproqqa. Har kuni o‘t shu yo‘lni toptab, Nomim bo‘lsa qalbingda agar [1,10-bet]. She’rning har ikki bandida ham birinchi va to‘rtinchi qatorlar takrorlanib takrir san’atini yuzaga keltirgan va lirik qahramon murojaatini o‘ta ta’sirli aks ettirishga xizmat qilgan. Ko‘z orqali shuncha dard-hasrat ichga kirishini Alisher Navoiyning quyidagi ruboiysidan ham anglab olamiz: Ul ko‘zki, dame bo‘lmadi sog‘, ey qaro ko‘z, Qonimdin ichar mudom ayog‘, ayog‘ ey qaroko‘z. Bilmonki, erur anga qarog‘, ey qaroko‘z, Yo mast edi, qo‘ydi toza dog‘, ey qaro ko‘z[2.458-bet]. Ruboiy qofiyasi a-a-a-a shaklida bo‘lib, sog‘, ayog‘, qarog‘, dog‘ so‘zlaridan iborat. Raviysi g‘ harfi – muqayyad qofiya. Radifi “Ey qaro ko‘z ” jumlasi bo‘lib – yoyiq radif hisoblanadi. Ma’nosi: ko‘zning birdam sog‘ bo‘lmaganligi, mudom qonidan bir qadah ichishi va bilmaydiki, uning qorachig‘i mastlikdanmi, oppoqlikka qoradog‘ tushirganlikdanmi paydo bo‘lganligini. Birgina ko‘zning o‘ziga shuncha ta’rif berilib, uning qon ichishi va qon yutishi hazrat Navoiy tomonidan benazir tashbehlangan. Shu o‘rinda Maxtumqulining “Jallod ko‘zlaring” she’rini yodga olamiz: Sabab bo‘ldi yongan jonga, Jalloddir qora ko‘zlaring. Yetkazmas najot – darmonga, Jalloddir qora ko‘zlaring [3.46-b]. Dilni dardmand etguvchi, qon yutguvchi va ichguvchi jallod ko‘zlar nemis shoiri Haynrix Haynening quyidagi she’rida “sho‘x” deya ta’riflanadi: Tushlarda yondirdi meni qilib tang, Ehtiros, zarkokil, gullar, sho‘x ko‘zlar, Bol labdan otilgan ul achchiq so‘zlar, Alamli qo‘shiqlar, qayg‘uli ohang[4]. She’r qofiyasi a-b-b-a shaklida bo‘lib, ko‘zlar, lab, qo‘shiq, ohang kabi so‘zlar tanosub san’atini, gullar, sho‘x ko‘zlar istiora gullar, ko‘zlarning lirik qahramonning yondirishi tashxis san’atini vujudga keltirgan. Shu narsa ma’lum bo‘ladiki, she’riyatda ko‘z oldin xursand qilguvchi, ehtiros berguvchi, muhabbat solguvchi, so‘ngra yoshlatguvchi, jon olguvchi, ozor berguvchi motiv 451 bo‘lib kuylanadi. Omon Matjon lirikasida o‘ziga xosliklardan yana biri shundaki, ko‘p qatorlar oxiridagi misralar zidlantiriladi va xuddi mungli kuy kabi o‘qiladi: “sen unda dog‘ bo‘lding, men bunda dog‘ qoldim”, “ketmoqdasan jim-jim, qolmoqdaman jim-jim” kabi. Quyida “Sen ketursanizingdan…” she’ridan to‘rt qator keltirsak: O‘tdi sevgi, o‘tdi dard – Ko‘chayotgan qushlardek. Ketmoqdasan jim-jim, Qolmoqdaman jim-jim [5.21]. Sevgi va dardning o‘tishi ko‘chayotgan qushlarga o‘xshatilgan va tashbeh san’atini yuzaga keltirgan. Shu misraning o‘zidayoq lirik qahramon kuzatuvi va holati orqali chiroyli badiiy falsafani ilg‘ash mumkin. Shoirning o‘n bir bo‘g‘inli “Ko‘p kezma daraxtzor bog‘lar ichinda” she’ri mumtoz g‘azallar bilan zamonaviy barmoq vaznidagi she’riyatni o‘zida uyg‘unlashtirgan va ko‘rkam ma’no hamda murojaatni vujudga keltirgan: Ko‘p kezma daraxtzor bog‘lar ichinda, Daraxtlar dil do‘sting bo‘lolmas sening. Chorlasang kelolmas, yonib qucholmas, Sen faqat mening bo‘l, meniki, mening[6.27]. Lirik qahramon yoriga daraxtzor bog‘larda ko‘p kezmaslikni, chunon go‘zal ko‘rinmasin, unga dil do‘sti bo‘lolmasligini ta’kidlaydi va faqat o‘ziniki bo‘lishini takror va takror so‘raydi. Mening, meniki, mening tarzida uch bora takrorlangan so‘zlar she’r badiiy ta’sirini kuchaytirgan. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan ko‘zga oid qarashlar va Omon Matjon she’riyati, shuningdek, boshqa shoirlarning ijodiga oid ta’rifu tavsiflar ummondan tomchi. Uning dur-u javohirlari adabiyotimiz xazinasidan o‘rin olib, insoniyat qalbi va ruhiyatini tuganmas ma’naviy oziq bilan to‘ydirib boraveradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Omon Matjon. “Seni yaxshi ko‘raman”. She’rlar.Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. 1981. B. 335, 10-bet. 2. Alisher Navoiy. “Badoye ul-bidoya”, 489 bet. 458-bet. www.ziyouz.com kutubxonasi. 3. Buriyeva, F.
Доказательный фрагмент
«The article talks about the artistic nature of Omon Matjon’s lyrical poems such as “Ko‘zlaringni yashirgil mendan”, “Sen ketursan izingdan”, “Ko‘p kezma daraxtzor bog‘lar ichinda”.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article talks about the artistic nature of Omon Matjon’s lyrical poems such as “Ko‘zlaringni yashirgil mendan”, “Sen ketursan izingdan”, “Ko‘p kezma daraxtzor bog‘lar ichinda”. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Poem, rubai, A.Navoi, Makhtumkuli, Bedil, Heinrich Heine, lyrical hero, poetic, she’riy san’atlar: tashbeh, A.Navoiy, tazod, Haynrix Hayne, ruboiy, lirik qahramon, Kalit so‘zlar. She’r, Maxtumquli, takrir.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025