К содержанию
РецензированоUZ2026

ODA JANRINING AN’ANAVIY TURLARI

Djangabaeva Hurliman Chingisbaevna · Djangabaeva Hurliman Chingisbaevna (Ajiniyoz nomidagi Nukus pedagogika instituti tayanch doktoranti) · Джангабаевa Хурлиман Чингисбаевнa (Ajiniyoz nomidagi Nukus pedagogika instituti tayanch doktoranti) · Докторант Нукусского педагогического (Ajiniyoz nomidagi Nukus pedagogika instituti tayanch doktoranti)

Для учителей · 2026

Аннотация

The article discusses the ode genre, one of the important lyrical genres in world literature, its origins, types, and other pressing issues of the genre, the formal and semantic significance of the ode, and issues of its research. Keywords. Ode genre, antique ode traditions, royal odes, love odes, educational odes, Renaissance period odes. Lirik asarlarni talqin etganda uni ham nazariy asoslar bilan, ham an’anaviy va hissiy qoidalarga amal qilib talqin qilamiz. She’riyatdagi bir qancha an’ana va qoidalar, tarixiy-ishtimoiy omillar asosida yuzaga kelgan qadimiy janrlardan biri bu odadir. “Oda (yunon. ode – maqtov) – lirik sheriyat janri. Antik davrda “oda” so‘zi dastavval atama sifatida qaralmagan, keyinchalik 453 asosan strofalarda yozilgan, saltanatli, oliy va tarbiyaviy mazmundagi lirik xor qo‘shig‘i (ayniqsa, Pindar qo‘shiqlari) manosini olgan” [1. 684]. Oda G‘arb adabiyotidagi eng mashxur janrlardan biri bo‘lib, uning kelib chiqishi antik adabiyot bilan bog‘lanadi. Odaning janr sifatida takomillashishi G‘arb adabiyotining uyg‘onish davri va adabiyotshunosligining rivojlanishi bilan bog‘liq. Uyg‘onish davri va barokko (16-17-asrlar) davrlarida oda so‘zi asosan antik yunon va rim adabiyoti namunalari (Pindar, Goratsiy) asosida yozilgan bo‘lib, strofalarda tuzilgan va saltanatli ruhtagi sheriyatga qarata qo‘llanilgan (P.Ronsar, G.Kyabrera, Dj.Drayden). Keyinchalik oda klassitsizm davrida o‘zining eng baland cho‘qqisiga chiqti va eng asosiy janrga aylandi. Klassitsizm sheriyatida (17-18-asrlar) oda – oliy uslubning yetakchi janri bo‘lib, o‘sha davrdagi qonuniy mavzularni (hudoni, vatanni, hayotiy donishmandlikni madh etuvchi v.b), uslublarni (sokin yoki tez boshlanish, chekinishlar, lirik betartiblikga yo‘l qo‘yish) va boshqa turlarni o‘z ichiga olgan. Shuningdek odalarni janrlik xususiyati, uslubi va manosiga qarab yuqori ko‘tarinki ruhtagi va saltanatli odalar bo‘lsa, Pindar odalari, agar tarbiyaviy bo‘lsa, unda Goratsiy odalari, ishqiy mazmundagi odalarni esa Anakreоn odalari sifati qarash va turlarga ajratish mavjud. Oda janrini o‘rganishda, uni nazariy jihatdan talqin qilishda muammolar, qiyinchiliklar bo‘lishi tabiiy. Odaning shakllanish davri bir qancha sabablarni keltirib chiqaradi. Odani o‘rganishdagi asosiy muammo asosan bu janrning o‘ta nazariy rivojlanganligi va barqarorligi. Oda barqaror adabiy shakl sifatida o‘z tabiatiga ko‘ra bir xil bo‘lishga intilgan, bu janrning shakllanishi, mavjudligi va rivojlanishining ichki qonunlarini qayta tiklash, uning dinamikasini ko‘rish muhimdir. Odaning barcha turlari uchun umumiy ulug‘vorlik va yuqori notada madh etish qonuni amal qilsa da, ular tasvirlash obyektlari va mazmuniga qarab bir nechta turlarga bo‘lingan. She’riyatda odaning an’anaviy turlaridan asosan Pindar, Goratsiy va Anakreon odalari mashhurdir. Odaning asosiy mavzulari ushbu shoirlarning ijodiga bog‘liq ravishda kelib chiqqan deya baholanadi. “Miloddan avvalgi V asrda yashagan qadimgi yunon shoiri Pindarning epinikiy deb ataladigan odasi gimnastika musobaqalarida g‘olib chiqqan shaxs sharafiga maqtov qo‘shig‘i bo‘lib, uning vazifasi g‘alabaga bo‘lgan irodani uyg‘otish va rag‘batlantirishdan iborat edi. Pindar she’riyatida voqealar mifologik obrazlar bilan metonimik assotsiatsiyalar yordamida bayon qilingan. Pindar kuylanayotgan voqeani dunyoning mifologik tizimiga kiritgan, bu esa asar syujetining bir tekis bayon etilishiga putur yetkazgan. Pindar she’riyatida assotsiativ turdagi keskin o‘zgarishlar, bandlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikning zaiflashuvi, obrazlarning kerakli ketma- ketligini qurish uchun tartibsiz sintaksis asarni idrok etishni biroz qiyinlashtirdi, ammo sirli muhitni, muallifning qandaydir oliy bilimga ega ekanligini qo‘shdi va bashoratchi shoir obrazini yaratdi” [2. 66-68 – 3. 641-643]. Pindar odalari g‘alabani yuqori notada tasvirlash xususiyati bilan keyinchalik jangovar odalarning vujudga kelishiga ham zamin yaratti. Pindar odalari Evropa klassitsizmi davrida dastavval ingliz she’riyatiga kirib keldi va Ben Jonson, Endryu Marvel, Jon Milton, Abraham Kauli kabi shoirlar aynan Pindar uslubidagi odalar yozishgan. Rus klassitsizmi davrida ham Pindar odalari tasirida bir qancha shoirlar ijod qilgan. Lekin klassitsizm davridagi Pindar uslubidagi odalarning ko‘pchiligi, xususan rus klassitsizmi davridagi Pindarik odalarda antik adabiyot odalariga xos “ko‘tariluvchi yamb, maxsus qofiya, bandlarning oxirgi bo‘sh she’r bilan aloqasi, qat’iy qasidali band mavjud emas; shuningdek, mumtoz uch qismli kompozitsiya topilmagan, odada o‘ziga xos va odada ochib berilgan predmetlar, she’rlarning xulosasida xulosa-umumlashma yoki pand-nasihat uchramagan; antik davrdan keyingi Pindar uslubi odalari haqiqiy Pindar odalariga mos emasligini O.Mandelshtamp rus mumtoz she’riyati va kumush davr sheriyati misolida tastiqlaydi” [3. 16-18]. Goratsiy pindarlashtirishdan voz kechdi va Rim zaminida zoliya shoirlarining melik lirikasini qayta tiklashga intildi, ammo pindar odasining tashqi shaklini saq

Доказательный фрагмент

«The article discusses the ode genre, one of the important lyrical genres in world literature, its origins, types, and other pressing issues of the genre, the formal and semantic significance of the ode, and issues of…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article discusses the ode genre, one of the important lyrical genres in world literature, its origins, types, and other pressing issues of the genre, the formal and semantic significance of the ode, and issues of… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ode genre, antique ode traditions, royal odes, love odes, educational odes, saltanatli odalar, ishqiy odalar, antik davr oda an’analari, tarbiyaviy odalar, Kalit so‘zlar. Oda janri, uyg‘onish davri odalari.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники