Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOBUR SHE’RIYATI VA ADABIY TA’SIR MASALASI
MA'NOSINI IFODALASH USULLARI · Yusupova Shoira Batirovna
Для учителей · 2026
Аннотация
В данной статье выделены способы выражения конструкций, используемых для выражения смысла пространства и существования, т.е. экзистенциальности, в древнем и средневековом английском языке. Их использование в текстах анализируется на примере предложения, взятого из античной и средневековой художественной литературы. Ключавые слова: экзистенциал, конструкция, пространство, семантика, глагол, модел, контекст, текст, слова, объект Annotation. This article lights up the ways in which constructions used to express space and existence, or existential in Old and Middle English. Their usage in texts is analyzed in sentences from Old and Middle English fictions. Key words: existential, construction, place, semantics, verb, model, context, text, word, object Kirish. Tildagi barcha kategoriyalar ham bir xil mavqega ega boʻlavermaydi. Ularning ayrimlari (masalan, hind-evropa tillaridagi fe'lda zamon, shaxs, son kabi grammatik-morfologik kategoriyalar) ma'lum morfologik mohiyatga ega boʻlib, ularning ma'nolari aniq va shuning uchun ularning haqiqiyligiga shubha tugʻilmaydi. Boshqa (masalan, leksik-semantik, semantik-leksik) kategoriyalar esa bir xil ifodaga ega emaslar va ularning til belgisini bildirishlarini isbotlash uchun qoʻshimcha vositalarni jalb qilish zarur. Hozirgi zamon ingliz tilidagi jonli yoki jonsiz kategoriyalar bilan ham shu hodisa kuzatiladi. Bu kategoriya kishilik olmoshlari – it, she, he shakllari yordamida faqat bilvosita va etarlicha davomiylikka ega boʻlmagan ifoda planida taqdim etilmoqda. Bu oʻrinda L.V.Sherba ilk bor e'tibor qaratgan holat kategoriyasini koʻrsatish mumkin: bogʻlovchi bilan keladigan: Sovuq – it is cold, dim – it is stuffy, yorugʻ – it is light, qorongʻu - it is dark shaxssiz-predikativ soʻzlarning alohida qatori 25 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Koʻcha sovuq edi – It was cold in the street; Biz juda xursand edik – We were very happy va boshqalar). L.V.Sherbaning oʻzi ham ushbu kategoriyaning mavjudligini “ishonarli” deb hisoblamagan [3; 156]. To be “boʻlmoq, mavjud boʻlmoq” fe'li qadimgi ingliz tilidagi mavjudlik tushunchasining asosiy ifoda vositalaridan biri hisoblanadi. Qadimgi ingliz tilining barcha lugʻatlari va grammatikasi qoidalarida ushbu fe'lning ikki vazifasi qayd qilinadi: 1) mustaqil fe'l sifatida; 2) koʻp tarkibli ot kesimda bogʻlovchi vazifasini bajaruvchi sifatida. Hozirgi zamon ingliz tilida kuzatiladigan majhul nisbat shakli va Continuous ning zamonli shakllarini hosil qilish uchun koʻmakchi fe'l tarzida qoʻllash qadimgi ingliz tili uchun xos emas. Hozirgi zamon tilshunosligida ushbu fe'l semantikasini ta'riflashda ikki xil fikr mavjud. Bir tomondan, ushbu fe'lning ma'noviy hajmini tobora toʻliq va keng qamrovli tasvirlashga (tasviriy grammatik va katta izohli lugʻatlarga xos) intilish kuzatilmoqda. Turli ma'nolar, tag ma'nolar, ma'nolar boʻyogʻi va shu kabilarning miqdorini ajratish, batafsil ta'riflash oʻta muhim boʻlib, ba'zan ayrim mohiyatlar orasidagi farqlarning amaliy jihatdan sezib boʻlmasligi salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan esa, ushbu fe'l ma'nolarining keskin cheklanishi kuzatiladi, asosan, bu maktab grammatikasida kuzatiladi. Ma'no mohiyati va kontekstual qoʻllanish haqidagi alohida tasavvur tufayli bu fikrlarni bir necha jiddiy belgilangan yoʻnalishlarga ajratish tilning oʻziga xos holatining farqini aniqlik va jiddiylik bilan tushuntirib bera oladi. Bu, koʻproq, tilni oʻrganish jarayonida ushbu fe'l semantikasining koʻrgazmali tasavvuri ehtiyojlari bilan izohlanadi. Bunday yondashuvda ajratiladigan ma'no va vazifalar ba'zan shunday farqli boʻladiki, bunda ularning bir soʻzga taalluqli ekanligini isbotlashga toʻgʻri keladi [1;203] Qadimgi ingliz tilidagi harakat fe'llarining leksik-semantik guruhlari doirasida “gan” - “bormoq” fe'li “makonda joylashish” tushunchasi ifodasi bilan bogʻliq ma'nolardagina ishtirok etishi mumkin, bu uning ma'no hajmining sezilmas qismini tashkil qiladi. Ushbu soʻzning qolgan barcha ma'nolari tadqiqot doirasidan tashqarida qoladi. Bunda asosiy vazifa lugʻatning tizimiy tahlilidan voz kechmasdan turib, semantik jihatdan qiyin leksik birliklar mohiyati hajmini yoritish uchun vosita sifatida xususiy lugʻaviy tizimni ostini tasvirlashdan foydalanishga toʻgʻri keladi. To be fe'lining qadimgi ingliz tilidagi beon/wesan shakli faqat statik ekzistensiallikni ifodalagan. Ular boshqa fe'llardan oʻz oʻzagini oʻzgartirishi – supletiv yoʻl orqali yangi shakllar yasashi bilan farq qilgan. Beon/wesan formalarini be-, wes- , es- oʻzaklaridan yasagan. Hozirgi zamon: aniqlik mayli, birlik I shaxs – éom, bĕo, II shaxs – eart, bist, III shaxs – is, biÞ; shart mayli – sie, si, beo, sŷ; istak mayli – wes, bēo. Bu fe'lning koʻplik shakli quyidagicha: aniqlik mayli – sint, bēoÞ, sind (on); shart mayli– sīen, sīn, bēon, sŷn; istak mayli – wesaÞ, beoÞ [2;126]. 26 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqa
Доказательный фрагмент
«В данной статье выделены способы выражения конструкций, используемых для выражения смысла пространства и существования, т.е.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье выделены способы выражения конструкций, используемых для выражения смысла пространства и существования, т.е. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- existential, construction, place, semantics, verb, model, context, badihago‘ylik., adabiy ta’sir, ikkitillilik, turkiy va forsiy adabiyot, Kalit so‘zlar. Bobur
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025