Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK MODERN SHE’RIYATINING POETIK XUSUSIYATLARI
Buriyeva Firuza Normurotovna · Buriyeva Firuza Normurotovna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi) · Буриева Фируза Нормуротовна (teacher of the Uzbek-Finnish pedagogical institute)
Для учителей · 2026
Аннотация
В статье рассматривается возникновение модернистских течений, которые сегодня получают все большее распространение в мировой и отечественной литературе, и их проникновение в узбекскую литературу; Рассматриваются его принципы, стиль выражения, литературно-эстетический облик, в основе которых лежит неприкосновенность человеческого духа и желаний, возникших в противовес целям и интересам социалистического реализма, на протяжении десятилетий господство-вавшего в нашей национальной литературе. Для обоснования и анализа идей были привлечены произведения таких узбекских поэтов, как Фитрат, Чулпон, Рауф Парфи, Абдували Кутбиддин, Фахриёр. Ключевые слова. Социалистический реализм, модернизм, постмодернизм, символизм, литературная традиция, новаторство, авангард, литературный стиль, верлибр, кубизм. 291 MODERN ÖZBEKİSTAN ŞİİRİNİN ŞİİRSEL ÖZELLİKLERİ Buriyevа Firuza Normurotovna, filoloji alanında felsefe doktoru (PhD), Özbekistan - Finlandiya pedagoji enstitüsü'nde öğretmen Özet. Bu makalede, günümüzde dünya ve ülke edebiyatında giderek yaygınlaşan modernist akımların ortaya çıkışı ve Özbek edebiyatına nüfuzu incelenmektedir; On yıllardır millî edebiyatımıza egemen olan sosyalist gerçekçiliğin amaç ve çıkarlarına aykırı olarak ortaya çıkan, insan ruhunun ve arzularının dokunulmazlığı ilkesine dayanan ilkelerini, anlatım tarzını, edebî ve estetik görünümünü ele almaktadır. Fikirlerin temellendirilmesi ve tahlili için Fitrat, Çulpon, Rauf Parfi, Abduvali Kutbiddin ve Fakhriyor gibi Özbek şairlerinin eserlerine başvurulmuştur. Anahtar kelimeler. Sosyalist gerçekçilik, modernizm, postmodernizm, sembolizm, edebi gelenek, yenilikçilik, avangart, edebi üslup, verlibre, kübizm. Jahon tarix sahifalaridan irqlar, e’tiqodlar, turli madaniyatlarning o‘zaro hamisha yetakchilik va ustunlikka intilib kelganligi bizga ma’lumdir. Bunday siyosiy-ijtimoiy ziddiyat va to‘qnashuvlar o‘z navbatida san’at va badiiy adabiyotda ham o‘z aksini topmay qolmadi. Chunonchi, o‘tgan asrda yer yuzi xalqlarining kapitalistik va sotsialistik qutblarga ajralib qolganligi sotsialistik realizm hamda modernizm yo‘nalishlardagi asarlarni yuzaga keltirib, ularning poetikasi: g‘oyaviy-mazmuni, ifoda-tasvirlari hamda kompozitsion tuzilishlarida yaqqol namoyon bo‘lib turadi. Insoniyat tarixining bu ikki gigant siyosiy tuzumi san’at va adabiyotning badiiyat tamoyillariga ham o‘z nuqtayi nazarlari bilan qaradilar, hatto ularni o‘z qarichi bilan o‘lchadilar. Bunday yondashuvlar dunyodagi eng nufuzli sovrin xalqaro Nobel mukofotining aksariyat kapitalistik davlat ijodkorlarining sazovor bo‘lganligida ham ko‘zga tashlanadi. XX asrda modern va postmodern uslubidagi sara asarlari uchun kapitalistik davlatlarning qariyb yuzga yaqin ijodkorlari mazkur mukofotga sazovor bo‘lgani holda “Sobiq ittifoq yozuvchi-laridan atigi ikki adib – Mixail Sholoxovga (1965) “Tinch Don” va Boris Pasternakka (1958) “Doktor Jivago” romani uchun Nobel mukofoti loyiq ko‘rilgan edi” [10.4]. Yevropa madaniyati va adabiyotida XX asrning boshlarida ommalasha boshlagan modernizmning o‘zbek she’riyatida paydo bo‘lishini adabiyotshunos olim U.Normatov Fitrat, Cho‘lpon, Hamza, keyinchalik Oybek kabi shoirlar ijodiga bog‘lab, talqin qiladi hamda “20-yillarda ular izidan borgan qator iste’dodli shoirlar she’riyati yaxlit holda bizda Ovropa yangi adabiyotiga hamohang simvolizm adabiy hodisa darajasiga ko‘tarila boshlaganligini tasdiqlaydi”[5.238], deydi. Demak, Fitrat, Cho‘lpon kabi ijodkorlar qismatining foje yakunlari sotsialik realizm va modernizmning to‘qnashgan nuqtalarida yuz bergan deyilsa, yanglish bo‘lmaydi. Negaki ular o‘z she’riyati orqali erkin tafakkur, “qoliplarga sig‘maydigan asov ruh”[5.239]ning shiddatkorligini hamda adabiy qarashlarida ham modernizmning ana’anaviy adabiy tamoyillarga asoslanuvchi, shuningdek, ma’lum darajada siyosatga xizmat qiluvchi sotsialistik realizm uslubidan afzalroq ekanligini isbot eta boshladilar. Xususan, Fitrat she’rni “manzum she’rlar (tizim she’rlar)” hamda “sochiq she’rlar (mansur she’rlar)”[11.65] ga ajratar ekan, o‘zi esa she’rdagi sochiq(mansurlikni) ma’qullaydi: “Vazn bilan qofiyaning she’rg‘a ta’siri yo‘qdir, vazn va qofiyasi bo‘lmag‘an ko‘p she’rlar bo‘lg‘ani kabi “she’r” bo‘la olmag‘an vaznli, qofiyali so‘zlar ham ko‘pdir. She’r yurak sezgilarini ko‘rsatmakdir. Vazn va qofiya esa, so‘zning bezagi (ziynati)dir. Yurakimizdagi sezgilarni to‘g‘ri bermakchi bo‘lsoq qofiyasiz, vaznsiz bir she’r(sochim she’r) yoziladir”.[11.66] Albatta, o‘zbek adabiyotida yaratilgan sochma, erkin vaznli hamda oq she’rlarning barchasini ham modernizmga taqayverish to‘g‘ri bo‘lmaydi, ammo yuqoridagi iqtibosdan Fitratning o‘zigacha bo‘lgan an’anaviy she’riy mezonlariga qarshi o‘laroq noan’anaviy, avangrad fikrlay boshlagani ko‘zga tashlanadi. Ko‘rinadiki, modernizmning jahon adabiyotida paydo bo‘lishi bilan uning o‘zbek adabiyotiga kirib kelishi orasida ko‘p ham uzoq vaqt mavjud emas. Ammo asr boshlarida ushbu 292 yo‘nalishdagi ijodkorlarning ommaviy qatag‘onga uchragani i
Доказательный фрагмент
«В статье рассматривается возникновение модернистских течений, которые сегодня получают все большее распространение в мировой и отечественной литературе, и их проникновение в узбекскую литературу; Рассматриваются его п…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматривается возникновение модернистских течений, которые сегодня получают все большее распространение в мировой и отечественной литературе, и их проникновение в узбекскую литературу; Рассматриваются его п… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Socialist realism, modernism, postmodernism, symbolism, literary tradition, kubizm., adabiy uslub, Kalit so‘zlar. Sotsialistik realizm, simvolizm, modernizm, adabiy an’ana, postmodernizm, verlibr, novatorlik, avangardlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025