Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DRAMATIK TURNING SINTETIK ASOSLARI
Islomov Jurabek Soxibnazarovich · İslamov Jurabek Sokhinnazarovich · СИНТЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ДРАМЫ · Исламов Джурабек Сохинназарович
Для учителей · 2026
Аннотация
This article examines the synthetic features of the dramatic genre formed as a result of the mixing of lyrical and epic types, the stable patterns of dramatic genres, and the characteristics of new dramatic genres and forms in Uzbek literature. Furthermore, the metamorphoses of classical genres - comedy, drama, tragedy - are analyzed using individual works as examples. It also touches upon various directions of modern Uzbek dramaturgy (cinema, radio, television dramaturgy). It is emphasized that these dramaturgical processes should be evaluated not as separate art forms or forms, but as interconnected phenomena where one necessitates the other. Keywords. Uzbek dramaturgy, dramatic genres, “tragedy”, tragic situations, monospectacles, television series, television dramaturgy. Bugungi o‘zbek dramaturgiyasi o‘zining 30, 40 yil burungi namunalaridan kompozitsion- uslubiy murakkabligi hamda sintetik tabiati bilan farqlanadi. Oldingi dramalarda harholda janrning bir qadar an’anaviy va “sof”ligi ko‘zga tashlanib turardi. Bugungi dramalardagi o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayonini ikki omil bilan belgilash mumkin. Birinchisi, dramaturgiyaga shoir va yozuvchilarning kirib kelishi bo‘lsa, ikkinchisi, so‘nggi yuz yillik jahon dramaturgiyasida kechgan yangilanish, zamona va davr talablariga muvofiqlashgan an’analaridir. Dramatik tur janrlari hisoblangan komediya, drama va tragediyada voqealarning qanday taqdim etilishi va joylashtirilishi, qismlar va butunning o‘zaro munosabati qanday ekanligida tub farq bor. Shuning uchun ham dramaturg janr tanlashda, birinchi navbatda, ekspressiv vositalarni tanlash, texnikani tanlash, konflikt va syujet harakatlaridagi strukturaviy “tugunlar” va til birliklariga alohida e’tibor qaratishi kerak. Janr dramatik asar arxitektonikasining muhim elementi sifatida spektaklning kontseptual yo‘nalishini, umumiy ohangini, semantik-lingvistik xususiyatlarini tuzadigan badiiy “mahsulot” taqdim etish usuli ekanligidan kelib chiqishi kerak. Shuni ham ta’kidlash kerakki, janr sifatida uzoq vaqtdan buyon o‘z o‘rniga ega bo‘lgan dramatik janrlar doimo o‘zgarib, o‘zgartirilayotgan bo‘lsa-da, o‘z ko‘rinishini saqlab qolgan. Janr harakatchanligi bizning davr san’atiga xos xususiyatdir. Zamon bilan hamnafas bo‘lgan ijodkorlar ijodida esa bu ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi, chunki hayotning o‘zgaruvchan jarayonlarini chuqur badiiy tahlil qilish, undagi asosiy va tipik jihatlarni aniqlash uchun janr shakllarini takomillashtirish zarur. Ammo janr shakllarining rivojlanishini o‘rganar ekanmiz, ular eng buyuk dramaturglarning asarlarida qanday o‘zgarganligi va shu bilan birga an’analarga mos ravishda saqlanib qolganligini ham esdan chiqarmaslik kerak. Zamonaviy adabiyot va dramaturgiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u mavjud imkoniyatlarni kengaytiradi, o‘z davrining ma’naviy hayotini aks ettirishga qodir bo‘lgan mukammal shakllarni izlaydi. Bunday yangilanishlar jarayonida shuni unutmaslik kerakki, janrlar harakati, o‘sishi, turli xil janrlar bilan hamkorligi tabiiy ishtiyoq asosida shakllangan. Asrlar davomida adabiyotda shakllangan tabiiy qonuniyatlarni muttasil duragaylash tendensiyasini ilgari surish, epos, lirika, kino, publisistika elementlarini aralashtirib yuborish bugungi davr dramaturgiyasining qiyofasini belgilaydi. Xo‘sh kinodramaturgiya va uning janr shakllari rivoji nega bunchalik tezlashib ketdi? Chunki globallashuv jarayonida Marsni zabt etishga urinayotgan, okean tubidagi hayot manzaralarini bevosita ko‘rishni istayotgan, besh yuz yildan keyingi hayotni taxmin qilib turgan kishilarning ushbu talablariga yo‘g‘rilgan estetik ehtiyojlarini an’anaviy dramaturgiya va teatr bilan qondirishning imkoniyati yo‘q edi. Muallif aralashuvi juda zaif, qahramon nutqi deyarli barcha vazifani o‘z zimmasiga olgan, hayotiy hodisalarni, turfa xil obrazlar xarakterini sanoqli ko‘rinishlardagina ko‘rsata oladigan drama syujetini ekranga ko‘chirish jo‘xori unidan non 297 tayyorlagandek gap bo‘lib qoldi. Chinakkam kino asari yaratish uchun oldin haqiqiy kinodramaturgiya asari yaratish lozim. Balki siz “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Temir xotin” deb atalmish pyesalar asosida o‘zbek kino san’ati tarixida shedevr kinolar yaratilganini iddao qilarsiz, Lekin Said Ahmad va Sharof Boshbekov singari yozuvchilar o‘zbek diyorida har kuni ham tug‘ilavermasligini inobatga olgan holda shuni aytishimiz mumkinki, har kiyimni o‘z bichimi bo‘lgani yaxshi. Yuqoridagi keskinroq fikrlarimiz faqat yangi janr va shakllarning paydo bo‘lish sabablarini izohlash uchun aytildi. Bu fikrlar bir ildizdan o‘sib chiqqan yangi shakl o‘zidan oldingisini soyada qoldirib ketti degan xulosaga olib kelayotgandek bo‘lishi mumkin, lekin biz aslo bunday demoqchi emasmiz. Chunki teatr va dramaturgiya inson hayotini o‘zgartira olishiga bo‘lgan ishonch hali mavjudligini quyidagi misol orqali ham ko‘rishimiz mumkin. 2020-yilda Shuhrat Rizayev muharrirligi ostida “O‘zbek dramaturgiyasi ufqlari”[1;Б.86.]. nomli pyesalar to‘plami chop ettiriladi. Bu to‘plamd
Доказательный фрагмент
«This article examines the synthetic features of the dramatic genre formed as a result of the mixing of lyrical and epic types, the stable patterns of dramatic genres, and the characteristics of new dramatic genres and…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the synthetic features of the dramatic genre formed as a result of the mixing of lyrical and epic types, the stable patterns of dramatic genres, and the characteristics of new dramatic genres and… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Uzbek dramaturgy, dramatic genres, “tragedy”, tragic situations, Kalit so‘zlar. O‘zbek dramaturgiyasi, teledramaturgiya., dramatik janrlar, monospektakllar, tragik vaziyatlar, teleseriallar, fojia
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025