Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HOFIZ XORAZMIY LIRIKASIDA SHAXS KAMOLOTI: BADIIY TAHLIL VA DIDAKTIK TALQIN
Kurbanova Shukurjon Yeldashbayevna · Kurbanova Shukurjon Yeldaşbayevna (Urganch davlat pedagogika instituti mustaqil izlanuvchisi) · Курбанова Шукурджон Елдашбаевна (Urganch davlat pedagogika instituti mustaqil izlanuvchisi)
Для учителей · 1 · 2026
Аннотация
В данной статье анализируется проблема развития личности в лирике Хафиза Хорезма и рассматривается их дидактическая интерпретация в соответствии с современным образовательным процессом. Ключевые слова. Хафиз Хорезм, тексты песен, личностное развитие, нравственность, дидактика. PERSONAL DEVELOPMENT IN THE LYRICS OF HAFIZ KHOREZMI: ARTISTIC ANALYSIS AND DIDACTIC INTERPRETATION Kurbanova Shukurjon Yeldashbayevna, independent researcher of the Urgench state pedagogical institute Annotation. This article analyzes the issue of personal development in the lyrics of Hafiz Khorezm and examines their didactic interpretation in accordance with the modern educational process. Keywords. Hafiz Khorezm, lyrics, personal perfection, ethics, didactics. XIV-XV asrlar o‘zbek adabiyoti tarixida badiiy tafakkur taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab bergan, adabiy tilning rivojlanishi va badiiy-estetik qarashlarning takomillashuvi jarayonida alohida o‘rin tutgan davr hisoblanadi. Mazkur davrda Atoyi [1, 14-15 б.], Mavlono Lutfiy [2, 71 b.], Gadoiy [3], Haydar Xorazmiy [4, 167 b.], Sakkokiy [5, 10-11 b.], Hofiz Xorazmiy [6, 4-5 б.] va Alisher Navoiy [7, 34-53 b.] kabi yirik adiblar turkiy tilda badiiy ijod qilish orqali nafaqat adabiy 307 til taraqqiyotiga, balki didaktik-estetik tamoyillarning shakllanishi va mustahkamlani-shiga ham beqiyos hissa qo‘shdilar. Ularning ijodiy merosi Sharq adabiyotiga xos axloqiy-ruhiy poklanish, komil insonni tarbiyalash, hayotiy tajriba va hikmatlarni yuksak badiiy mahorat bilan ifodalash singari tamoyillar asosida yo‘g‘rilgan. Ayniqsa, Hofiz Xorazmiyning devoni XIV-XV asr Sharq adabiy tafakkuri kontekstida o‘ziga xos badiiy-falsafiy mazmun kasb etgan, turkiy tilda yaratilgan yuksak poetik manba sifatida alohida ajralib turadi. Hofiz Xorazmiy ijodiga oid ilmiy-tadqiqotlar mazmunida shoirdan qolgan adabiy merosning turkiy xalqlar adabiyoti, xususan, o‘zbek mumtoz poeziyasi rivojida tutgan o‘rni professor H.Sulaymonov [8, 6 b.] tadqiqotlariga asoslangan holda alohida ta’kidlanadi. Xusasan, M.Sulaymonov Hofiz Xorazmiyning turkiy she’riyatdagi o‘rnini xalqaro nuqtayi nazardan baholab, uning poetik merosini turkiy xalqlar va butun insoniyat uchun ilmiy ahamiyatga ega manba sifatida chuqur tadqiq etilgan [9, 527-530 b.]. H.Sanakulovesa shaxsiy kamolot, mehnat tarbiyasi va kasbga yo‘naltirish masalalarida Hofiz Xorazmiy ijodining amaliy-pedagogik jihatlariga ko‘rsatib o‘tgan [10, 18 b.]. I.Haqqulov [11] va M.Inog‘omxo‘jayeva [12] o‘z maqolalarida Hofiz Xorazmiyning badiiy uslub xususiyatlari, tashbeh san’ati, poetik obrazlar tizimiga e’tibor qaratganlar. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Hofiz Xorazmiy ijodiga bo‘lgan qiziqish faqat o‘zbek ilmiy- adabiy muhitidagina emas, balki xalqaro miqyosda ham sezilarli darajada namoyon bo‘lmoqda. Xususan, turkiy tilli xalqlar, ayniqsa Turkiya adabiyotshunoslari orasida Hofiz Xorazmiy ijodiga bo‘lgan ilmiy e’tibor yildan-yilga ortib bormoqda. Bu borada R.Toparli [13], A.Ustuner [14], A.Karahan [15] va boshqa tadqiqotchilarning izlanishlari e’tiborga molikdir. Hofiz Xorazmiyning turkiy tildagi serqirra ijodiy faoliyati, xususan, uning devonida aks etgan shaxs kamoloti, ma’naviy yetuklik va didaktik g‘oyalarning zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unlikdagi talqini asosiy ilmiy-nazariy mezon sifatida qaralishi zarur. Shoir o‘zbek adabiyoti tarixida to‘qqiz janrda ijod qilgan, badiiy tafakkur doirasida ishq va ma’rifatni uyg‘unlashtirgan noyob estetik qarashlar tizimini shakllantirgan ijodkordir. Didaktik talqin, kontekstual yondashuv, qiyosiy-tipologik adabiy tahlil hamda zamonaviy ta’lim nazariyalari asosida integrativ metodlarga tayangan holda shoir devonining turli qirralarini ochib berish oldimizda turgan muhim vazifalardan biridir. Shuningdek, Hofiz Xorazmiyning didaktik-estetik qarashlari asosida shaxs kamoloti tamoyillarining zamonaviy ta’lim jarayonlariga tatbiq etilishi — ilmiy izlanishning yangi yo‘nalishlaridan biri sifatida o‘rganilishi, yosh avlodni nafaqat bilimli, balki ma’naviy barkamol, axloqiy yetuk shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi. Zero, shoir badiiy tafakkurida aks etgan komillik timsoli va unga olib boruvchi ruhiy-ma’naviy yo‘l zamonaviy pedagogik innovatsiyalar bilan uyg‘unlashganda, yangi davr tarbiyaviy konsepsiyalarining asosiy tarkibiy qismiga aylanishi mumkin. Hofiz Xorazmiy lirikasida kuzatiladigan falsafiy-didaktik ohang, ayniqsa, uning qit’alarida yorqin namoyon bo‘ladi. Shoir mazkur janr orqali shaxs kamolotini moddiy qadriyatlar bilan hamohang ma’naviy qadriyatlar (ichki xotirjamlik va boy tafakkur) bilan bog‘laydi. U hayotiy voqelikni realistik yondashuvda talqin etib, insoniyat mavjudligidagi noaniqlik va o‘zgaruvchanlik holatlarini chuqur badiiy-falsafiy tahlil etadi. Shoirning fikricha, komillik – faqat moddiy ne’matlarga emas, balki jamiyatda ijobiy iz, ezgu nom qoldirishga intilish bilan belgilanadi. Kom-i jonni tilama, ey oqil, Chun bu olamning ichra yo‘qdur kom. Kom agar bo‘lsa erdi olamda, Topg‘ay erdi tan i
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируется проблема развития личности в лирике Хафиза Хорезма и рассматривается их дидактическая интерпретация в соответствии с современным образовательным процессом.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируется проблема развития личности в лирике Хафиза Хорезма и рассматривается их дидактическая интерпретация в соответствии с современным образовательным процессом. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Hafiz Khorezm, lyrics, personal perfection, ethics, didactics, Kalit so‘zlar. Hofiz Xorazmiy, lirika, shaxs kamoloti, axloq, didaktika.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025