Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SAID AHMAD HIKOYALARIDA INSON VA MUHIT TALQINI
Imomqulova Gulchehra Norboboyevna · İmamkulova Gulchehra Norboboevna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi) · Имамкулова Гульчехра Норбобоевна (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi)
Для учителей · 2026
Аннотация
В рассказах талантливого писателя Саида Ахмада, творившего в различных жанрах узбекской литературы, зафиксированы традиции создания персонажей, взгляды на художественное выражение заветных желаний, роль и мастерство творца в развитии жанра. Обсуждалась художественная сущность произведений писателя, созданных в годы независимости, особенности форм художественного выражения в них. Ключевые слова. Личность, среда обитания, характер, образ, умение, творчество. IN THE STORIES OF SAID AHMAD MAN AND THE ENVIRONMENT INTERPRETATION Imamkulova Gulchehra Norboboevna, teacher of Uzbekistan-Finland pedagogical institute Annotation. In the stories of the talented writer Said Ahmad, who created in various genres in Uzbek literature, the tradition of character creation, views on the artistic expression of his heart's desires, the role and skill of the creator in the development of the genre were recorded. The artistic essence of the writer's works created in the years of independence, the peculiarities of the forms of artistic expression in them were discussed. Key words. Human, environment, character, image, skill, creativity. 326 Kirish. O‘zbek adabiyoti asrlar davomida shakllanib kelar ekan, uning taraqqiyotini, poetik yangilanishlarini turli davrlarda, turli so‘z san’atkorlarining ijodiy an’analarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. O‘tgan asr xalqimiz tarixida juda murakkab davr sifatida tarix sahifalaridan o‘rin oldi. Buning sababi, o‘tgan asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ziddiyatlarning kuchayishi, xalqimizning ziyolilari qirg‘in etilishi, jadidchilik harakatining yirik namoyondalariga qilingan “hujum”lar, jahon urushlari, bularning barchasi inson tafakkuridagi evrilishlarni kuchaytirdi. Uning qalb iztiroblarini, ruhiy-ma’naviy olamidagi ziddiyatlarning kuchayishiga zamin hozirladi. Adabiyotning esa, ma’lum bir davrning mezonlariga, mafkurasiga bo‘ysindirilishi – bularning barchasi o‘tmishimizning murakkab davridan dalolat berishi, tabiiy holdir. Ammo, shunga qaramasdan goh sokin, goh mahzun adabiyot yaratilaverdi. Bu esa xalqimizning adabiyotga, san’atga bo‘lgan muhabbatining belgisi sifatida e’tirof ham etildi. Shuning uchun o‘zbek hikoyachiligining taraqqiyotida iste’dodli adib Said Ahmadning o‘ziga xos ijodiy an’analari, uslubi mavjudligi bir qator hikoyalari misolida tahlil qilinadi. Adabiyotlar sharhi. Iste’dodli adib Abdulla Qahhor o‘z davrida adabiyotga kirib kelayotgan yosh ijodkorlarning asarlariga juda katta katta e’tibor bilan qaragan. Boshqa ijodkorlarning yaratgan asarlariga munosabat bildirganligi, tahliliy yondoshganligi kabi Said Ahmad ijodiga ham ijobiy munosabatda bo‘ladiki, bu esa, uning turli mavzularda asarlar yaratishiga imkon beradi. A.Qahhor badiiyatga so‘z san’atining mohiyati sifatida yondoshganligi, ayniqsa, Said Ahmad ijodiga ham ijobiy munosabatda bo‘lib yutuq va kamchiliklarini haqqoniy bayon etgan. Adabiyotshunos Umarali Normatovning “Ufqlarning chin oshig‘i” risolasida esa iste’dodli adib Said Ahmadning chorak asr kam ijodini, uning poetik xususiyatlarini, hayotni anglash va talqin etish tamoyillariga diqqat qilinganligiga e’tibor qaratildi. Shu bilan birgalikda, Said Ahmadning hikoyachilikdagi badiiy mahorati, adib hikoyalarining mavzu ko‘lamining ifoda shakllari haqidagi qarashlariga munosabat biladirildi. Said Ahmadning hikoyachilik taraqqiyotidagi o‘rni, uning ilk asarlarida ilgari surilgan qarashlarning yuzaga chiqish sabablari, teran tahlil etilganligi ta’kidlandi. Adabiyotshunos Ulug‘bek Hamdamning “Yangilanish ehtiyoji” maqolalar to‘plamida esa, badiiy adabiyotning funksiyasi, asrlar osha yashash sabablari, inson qalb kechinmalarining mahsuli sifatida maydonga kelishi, san’atning boshqa turlaridan farqlanish sabablarining o‘ziga xosligini sobiq sho‘rolar davri va istiqlol davri bilan qiyosiy tahlillar asosida o‘zbek adabiyotining keyingi yillardagi taraqqyotini asoslashga intilganligiga diqqat qilindi. Asosiy mazmuni. Said Ahmadning istiqlol yillarida yaratgan bir qator hikoyalarida, inson va muhit tushunchasi yetakchilik qilishi, buning sabablarini asoslash, ijodkorning hikoyachi nutqiga singdirilgan avtobiogragik hayot tarzining ifodalanishiga, badiiyatga singdirilishga ham tahliliy yondoshildi. Adabiyotshunos Ulug‘bek Hamdam qayd qilganidek: “Olamdagi jamiki hodisalar zamirida haqiqatga intilish yotadi. Jumladan, adabiyotning ham. Biroq u haqiqatga fizika yoki tibbiyot fani singari qo‘l bilan ushlash mumkin bo‘lmagan sabablari, shunga yarasha uslublar vositasida emas, balki ko‘ngilda tug‘ilib o‘sib, qayoqqadir shiddat bilan talpinayotgan tabiiy qudrat – buyuk ehtirosning bag‘rida, u orqali intiladi… Bu adabiyot misoli bir ummon va uning sirti qanchalik sokin esa, ichi shunchalik dolg‘ali” [1, 16-17-betlar]. Ta’kidlanganidek, adabiyotning “sokin”ligi ham bejiz emas, uning qa’rida insoniyatning ming-ming yillik qadriyatlari, iztirob-u quvonchlari, murakkab hayotning turfa xil xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirib keladi. O‘tgan asr adabiyoti ham bunday tush
Доказательный фрагмент
«В рассказах талантливого писателя Саида Ахмада, творившего в различных жанрах узбекской литературы, зафиксированы традиции создания персонажей, взгляды на художественное выражение заветных желаний, роль и мастерство т…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ рассказах талантливого писателя Саида Ахмада, творившего в различных жанрах узбекской литературы, зафиксированы традиции создания персонажей, взгляды на художественное выражение заветных желаний, роль и мастерство т… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Human, environment, character, image, skill, creativity, xarakter, ijodkorlik., mahorat, muhit, tasvir, inson, Kalit so‘lar: adabiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025