Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURKIY ADABIYOTDA DINNING O‘RNI HAMDA AHAMIYATI
Ahmadova O‘g‘iloy Ozodqul qizi · Ahmadova O‘g‘iloy Ozodqul kızı · Ахмадова Угилой Озодкул кызы
Для учителей · 2026
Аннотация
This article explores the role and significance of religion in Turkic literature from a historical and modern perspective. It analyzes the artistic expression of religious motifs derived from the Qur'an, hadiths, and Sufi philosophy, starting from early written monuments to 335 classical and contemporary literature. The article also presents a comparative analysis with other literary traditions, highlighting the universal essence of religious ideas. Keywords. Turkic literature, religion, Islam, Sufism, Qur'an, Sufi poetry, modern literature, religious motifs, ethics, philosophy. Turkiy adabiyot – o‘z ildizlari bilan qadim zamonlarga borib taqaluvchi, boy tarixiy va madaniy an’analarni o‘zida mujassam etgan adabiy merosdir. Bu adabiyotning shakllanishi va rivojlanishida dinning, xususan islom dinining o‘rni beqiyosdir. Turkiy xalqlarning diniy dunyoqarashi, e’tiqodi, axloqiy qadriyatlari va ilohiy tushunchalari adabiyot orqali ifoda topgan. Ayniqsa, Qur’oni karim, hadislar, fiqh ilmi va tasavvuf adabiyotda asosiy ruhiy manba bo‘lib xizmat qilgan[5, 23 b]. Ushbu maqolada turkiy adabiyotda dinning o‘rni va uning adabiy jarayonga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilinadi. Dastlabki bosqich: Shamanizm va e’tiqod izlari. Islomdan avvalgi davrda turkiy xalqlar orasida shamanizm, totemizm va tabiatga sig‘inish keng tarqalgan edi. Bu qarashlar Orxon- Enasoy bitiklarida (VIII asr) o‘z ifodasini topgan. Ushbu yodgorliklarda osmon tangri, ruhlar, ajdodlarga sig‘inish kabi diniy-falsafiy tushunchalar mavjud bo‘lib, ularning adabiy ifodasi qadimgi turkiy e’tiqod asosida yasalgan. Dastlabki turkiy adabiyotda ruhiyat, tangriga shukronalik, qahramonlarning ilohiy kuch bilan aloqasi an’anaviy tarzda yoritilgan. Islom dini va yangi adabiy bosqich. VIII – X asrlardan boshlab, turkiy xalqlar orasida islom dini asta-sekin tarqala boshladi. Bu jarayon Qoraxoniylar davlati davrida jadallashdi. Islom dini bilan tanishuv, birinchi navbatda, adabiy til va uslubga ta’sir qildi. Adiblar Qur’on va hadislardan ilhom olib, adolat, ilmlilik, sabr, halollik kabi fazilatlarni targ‘ib eta boshladilar. Xususan, Yusuf Xos Hojib diniy-adabiy tafakkur vakili sifatida ma’lum va mashhur. Adibning XI asrda yozilgan “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga eltuvchi bilim”) asari islomiy axloq va siyosiy- falsafiy g‘oyalarni ilgari suradi. Muallif Yusuf Xos Hojib insoniy fazilatlar, adolatli boshqaruv, taqvo va ilmga asoslangan jamiyat haqidagi qarashlarini bayon qiladi. [1, 125-130b.] Bu asar o‘z davrida adabiyot orqali diniy va siyosiy ongni uyg‘otuvchi manba sifatida qadrlangan. Shuningdek keyinchalik turkiy adabiyotda tasavvuf atamasi keng tarqala boshlandi. . XII asrda yashagan Ahmad Yassaviy tasavvufning eng yorqin vakillaridan biri bo‘lib, u yaratgan “Hikmatlar” diniy-falsafiy ruhdagi she’rlar to‘plamidir. Bu asarlarda Allohga muhabbat, nafs bilan kurash, axloqiy tozalik, sabr-toqat, mehnat va zohidlik targ‘ib qilinadi. Hikmatlar xalq orasida darslik, pand-nasihat va zohiriy-tasavvufiy ilmlarning asosiy manbaiga aylangan. Ahmad Yassaviy maktabi keyingi davrlarda ham davom ettirildi. Sulaymon Boqirg‘oniy, Mashrab, Buloqiy, Xoja Hofiz, Alisher Navoiy singari adiblar tasavvufiy g‘oyalarni badiiy ifoda qilish orqali xalqning ma’naviy tarbiyasiga ulkan hissa qo‘shdilar. Alisher Navoiy o‘zining “Lison ut-tayr”, “Munojot”, “Arba’in” singari asarlarida tasavvufiy ramzlar, Qur’on hikmatlari va axloqiy pand-nasihatlar orqali diniy g‘oyalarni keng yoritdi. [3, 210-225 b.] Nafaqat qadimgi turkiy adabiyot, balki zamonaviy adabiyotga ham din o‘z ta’sirini yo‘qotmadi. XX–XXI asrlarda turkiy xalqlar adabiyoti o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga chiqdi. Bu davrda siyosiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlar bilan bir qatorda, diniy-ma’naviy yuksalish ham yuz berdi. Ayni paytda, din va tasavvuf mavzusi zamonaviy adabiyotda yangicha shakllarda, tahliliy va falsafiy ruhda namoyon bo‘la boshladi. Diniy qadriyatlar zamonaviy obrazlar, ijtimoiy mavzular, ruhiy izlanishlar orqali aks ettirildi. Misol tariqasida keltirishimiz mumkinki, Erkin Vohidov o‘z she’rlarida ma’naviy poklik, inson va Alloh o‘rtasidagi bog‘liqlik, muqaddaslik mavzularini chuqur yoritgan bo‘lsa, Abdulla Oripovning “Munojot”, “Qur’on so‘zlari” singari she’rlari diniy-falsafiy tafakkurning badiiy ifodasidir. Shuningdek, Muhammad Yusufning ko‘plab she’rlarida xalq dardi, Allohga yuzlanish, e’tiqod va sabr mavzulari tilga olingan. Nasr namoyondalaridan biri Tohir Malik asarlarida ham diniy g‘oyalar bo‘rtib, ko‘zga tashlanib turadi. Bugungi turkiy adabiyotda tasavvuf falsafasi, ruhiy izlanish, “men” va “Alloh” o‘rtasidagi ma’naviy munosabatlar chuqur badiiy tahlil qilinmoqda. Shoirlar, yozuvchilar ma’naviy inqiroz, ichki ziddiyat, axloqiy tanlovlar mavzularini diniy-falsafiy 336 yondashuvda ochib berishmoqda. Bu orqali zamonaviy inson ruhiyatidagi bo‘shliq, ma’naviy iztiroblar tasvirlanmoqda. Turkiy adabiyotda din – bu adabiy hayotning ajralmas bo‘lagi bo‘lib, u nafaqat diniy bilimlarni, balki axloqiy, estetik va falsafiy qar
Доказательный фрагмент
«This article explores the role and significance of religion in Turkic literature from a historical and modern perspective.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the role and significance of religion in Turkic literature from a historical and modern perspective. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Turkic literature, religion, Islam, Sufism, Qur'an, Sufi poetry, modern, islom, diniy motivlar, tasavvuf, din, zamonaviy adabiyot, Kalit so‘zlar. Turkiy adabiyot, axloq, falsafa., Qur’on, tasavvufiy she’riyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025