Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABADIY MEROS VA ZAMONAVIY DIZAYN UCHRASHUVI: “SAB’AI SAYYOR” TASVIRLARI ORQALI INTERYER SAN’ATI
Haqberdiyeva Sagina Shomurot qizi · Hakberdiyeva Sagina Şomurot kızı (O ‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti) · Хакбердиева Сагина Шомурот кизи (O ‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti)
Для учителей · 2026
Аннотация
This article analyzes the harmony between historical heritage and modern interior design, exploring the possibilities of integrating cultural and aesthetic elements based on the depictions of the seven palaces from Alisher Navoi’s Sab’ai Sayyor poem. The study examines the unique architectural and symbolic characteristics of each palace, focusing on their impact on interior design. Special attention is given to the psychological effects of colors, the role of ornaments in cultural identity formation, and the adaptation of historical imagery into contemporary interiors. The research highlights how the fusion of historical heritage with modern art enriches design with a deeper spiritual meaning. Keywords. Eternal heritage, modern interior design, Sab’ai Sayyor depictions, historical elements, aesthetics, symbolic meaning, interior analysis. Ma’lumki, zamonaviy interyer dizayni nafaqat estetik va funksional talablarni qondirishga qaratilgan jarayon, balki tarixiy va madaniy merosni saqlash hamda uni zamon talablariga mos tarzda qayta yaratish bilan uzviy bog‘liqdir. Bugungi kunda dizaynerlar milliy va madaniy qadriyatlarni aks ettiruvchi elementlarni o‘z ishlarida uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Xususan, Alisher Navoiyning “Sab’ai Sayyor” asaridagi tasvirlar zamonaviy interyer dizayni uchun ilhom manbai sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu tasvirlar chuqur falsafiy va estetik mazmuni bilan zamonaviy dizaynga yangi ruh bag‘ishlaydi. “Sab’ai Sayyor” Alisher Navoiyning “Xamsa”ning to‘rtinchi dostoni bo‘lib, unda inson ruhiyatining yuksalishi, koinot go‘zalligi va hayotning falsafiy mohiyati kabi mavzular aks ettirilgan. Dostonning asosiy qismi yetti qasr tasviridan iborat. Har bir qasr o‘ziga xos rang, shakl va estetik uslub bilan ifodalanib, insoniyatning ichki ma’naviy o‘sishini ramziy tarzda tasvirlaydi. Qasrlarning turli xil obrazlari zamonaviy interyer dizayni uchun boy ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu obrazlar nafaqat tashqi ko‘rinishda, balki ichki mazmun va falsafiy talqinlarda ham ishlatiladi. “Sab’ai Sayyor” yetti qasr orqali sayyoralar, ranglar va inson fazilatlarini bir butun yaxlitlikda ifoda etadi. Ranglarning ramziy ma’nosi va qasrlarning mantiqiy ketma-ketligi inson ruhiyatining turli qirralarini ochib beradi. Ushbu tasvirlarni zamonaviy dizaynga olib kirish interyerga nafaqat estetik go‘zallik, balki falsafiy va ma’naviy chuqurlik ham qo‘shadi. Inson ruhiyati-hayotning turli ranglarini aks ettiruvchi oynadir. Har bir rang hissiyotlarni uyg‘otadi, kayfiyatga ta’sir ko‘rsatadi va ongimizni boshqaradi. Bahromning yetti kunlik hayoti, ranglar orqali, uning ruhiy holati va hissiy kechinmalarining o‘zgarishini mahorat bilan ochib beradi. Adib mazkur hikoyasida inson qalbining ichki kurashlarini va o‘sishini quyidagicha ramziy ma’nolarda tasvirlashga harakat qilgan. Shanba: Qora rang-qayg‘u va ichki iztirob. Qora rang inson ruhiyatida yo‘qotish va qayg‘u belgisi sifatida qaraladi. Bahromning shanba kuni-hijron va firoqning eng chuqur bosqichi. Mushkfom liboslar va qaro kabi tasvirlar shoh qalbidagi og‘irlikni aks ettiradi. Ammo ruhiy jihatdan qora rang nafaqat qayg‘uni, balki ichki 343 kuchning yig‘ilishini ham anglatadi. Qayg‘u insonni yangi bosqichga tayyorlaydi. Bahromning qora tuni shuni ko‘rsatadiki, har qanday tun o‘z tongini olib keladi [8,7 b.]. Yakshanba: Sariq rang-umid va quvvat uyg‘onishi. Sariq rang-ijobiylik, quvonch va aqliy uyg‘onish ramzi hisoblanadi. Bahromning yakshanba kuni uning ichki dunyosida yangi umidlarning uchqunlanishi bilan boshlanadi. Zarrin qasr va quyosh nuriga o‘xshash tasvirlar ruhiy energiya va yangi imkoniyatlarni bildiradi. Psixologik jihatdan sariq rang insonni harakatga undaydi, hayotga bo‘lgan ijobiy qarashni kuchaytiradi [8,8 b.]. Dushanba: Yashil rang-barqarorlik va tiklanish. Yashil rangning ruhiyatga ta’sir qiladigan kuchli ramz bo‘lib, sokinlik, barqarorlik va tiklanishning belgisi hisoblanadi. Dushanba kuni Bahrom yashil rangli qasrda o‘zining ichki kuchlarini qayta tiklaydi. Zumrad qadah va hayot suvi tasvirlari ruhiy jihatdan yangi kuch va tiriklikni anglatadi. Bu rang Bahromning ruhiyatida tinchlik va barqarorlikka intilish paytini aks ettiradi [8,8 b.]. Seshanba: Qizil rang-ehtiros va hayot zavqi. Qizil rang-ehtiros, shiddat va energiya manbai hisoblanadi. Bahromning qizil gulnor qasrda o‘tkazgan kuni hayotning mazmunini qayta his qilish va qalbdagi jo‘shqinlikni ifodalaydi. Yoqut qadah va gulrang libos tasvirlari orqali qizil rangning kuchli ta’siri aks etadi. Psixologiyada qizil rang odamni kuchli harakatlar qilishga va o‘z tuyg‘ularini ochiq ifodalashga ilhomlantiradi [8,8 b.]. Chorshanba: Moviy rang-ichki xotirjamlik va osmoniy orom. Moviy rang inson ruhiyatida xotirjamlik va sokinlikni uyg‘otadi. Chorshanba kuni Bahrom moviy qasrda ichki dunyosining osoyishtaligini his qiladi. Feruza qadah va osmon rangli liboslar shohning qalbidagi muvozanatni va ongdagi tozalikka intilishni aks ettiradi. Ruhiy jihatdan moviy r
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the harmony between historical heritage and modern interior design, exploring the possibilities of integrating cultural and aesthetic elements based on the depictions of the seven palaces from Al…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the harmony between historical heritage and modern interior design, exploring the possibilities of integrating cultural and aesthetic elements based on the depictions of the seven palaces from Al… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Eternal heritage, modern interior design, Sab’ai Sayyor depictions, historical, zamonaviy interyer dizayni, tarixiy elementlar, ramziy ma’no, Kalit so‘zlar. Abadiy meros, Sab’ai Sayyor tasvirlari, interyer tahlili., estetika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025