Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SAG‘INBOY IBRAGIMOV SHERIYATIDA BEGONALIK MOTIVI
Jienbaev Musa Azatbaevich · Jienbaev Musa Azatbaevich · Джиенбаев Муса Азатбаевич
Для учителей · 2026
Аннотация
The article discusses the motif of alienation in the poetry of the Karakalpak poet S. Ibragimov, the depiction of the inner experiences of the lyrical hero in connection with the author's idea, the peculiarities of alienation, which is one of the most relevant lyrical motifs today. Keywords: motive of alienation, society, conflict, lyrical hero, inner experiences, real and ideal world, time and space. Lirik asarlarda motivlar epik asarlardagi kabi harakatlarda emas, balki lirik qahramonning ichki keshinmalari, obrazlarning xarakterida namoyon bo‘ladi. Begonalashish (otchujdeniya) motivi shaxs va u yashab turgan jamiyat orasida qarama-qarshilik boshlangan onlarda dunyoga keladi. Bu motivning belgilari aniq voqea va hodisalarda emas, kichik detallar, ichki konflikt va ruxiy tushkinlikda ko‘rinadi. Bu bo‘lsa shoirning qahramon holatini tasvirlashda yangicha obrazlarni 347 yaratishiga zamin yaratadi. Biz maqolamizda shoir S.Ibragimov ijodidagi ekzistensiyalistik motiv – begonalashish haqida so‘z etmoqchimiz. Shoir ijodidagi bunday o‘ziga xoslik haqida qoraqalpoq adabiyotida bir qancha fikrlar bildirilgan. 90-yillarda qoraqalpoq sheriyatida modern sheriyati haqida adabiyotshunos S.Axmetov, shoirlar M.Seytniyazov, J.Izbasqanov va S.Ibragimovlarning “Sheriyat haqida o‘ylar” [1] maqolasida S.Ibragimov ijodida modernizm haqida so‘z etilsa, adabiyotshunos va shoir B.Genjemuratov “Sheriyat – bu ilohiy dunyo” maqolasida: “Bu sher insonning tabiatidagi qayta tug‘ilish, shu qayta tug‘ilish olovga taqqoslanadi. Bu olov inson tabiyatidagi yomon xususiyatlarni yo‘q qiladi, yaxshi fazilatlarga keng yo‘l ochadi” [2. 123] – deya S.Ibragimov ijodidagi lirik qahramonga baho bergan edi. S.Ibragimovning bir qancha sherlarida begonalashish motivi mavjud. Masalan, “Saylanma sherlar” toplamiga kiritilgan “Ko‘ngil saroyingga sukunat kirdi...”, “Ko‘m-ko‘k ufqqacha cho‘zilgan...”, “O‘rtasida barcha tuyg‘ularimni”, “Tungi ko‘chalarni kezib ketaman”, “Bu ko‘chaning bari masqarabozlar”, “Shunday chegaralar qo‘yılgan”, “Men tosh bo‘lib quladim”, “Men meteorit bo‘lib quladim” sherlarida shoir o‘zi yashab turgan jamiyat, makonga begonalashib borayotgan qahramonning ko‘ngil kechinmalarini badiiy obrazlar bilan tasvirlagan. “Men meteorit bo‘lib quladim” sheriga diqqat qaratsak: Men meteorit bo‘lib quladim Tungus daryosining bo‘yiga – tirik jon sirimni ocha olmadi, o‘rnimda o‘rmonlar qoldi o‘rtangan. va o‘yilib qoldi bir chaqirim yer (osmon mendan boshqa sazo bermadi...) Men Atlantida bo‘lib ummonga cho‘kdim – ortimda afsonalar qoldi [3. 29]. Lirik qahramon va jamiyat orasidagi ziddiyat sherda badiiy taqqoslash yordamida koinot darajasiga yetgan. Qahramon va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyat yer va koinot predmeti o‘rtasidagi konfliktga taqqoslanadi. Lirik qahramon o‘zini begona sezib yurgan dunyoga, jamiyatga meteorit bo‘lib qarshi chiqadi. Meteorit ilim-fanda yer sayyorasining dushmani, yondiruvchi, yo‘q qiluvchi xususiyatga ega. Shoirning begonalashish motividan mohirona foydalanganligi atrofga, jamiyatga begona subyekti yer sayyorasiga begona koinot predmeti orqali qarchi qo‘yilishida namoyon bo‘ladi, meteoritning yonuvchi, yo‘q qiluvchi xususiyatida shoirning g‘oyasi, lirik qahramonning istaklari, g‘azabi jamlangan. Begonalashish dunyoni yo‘q qilish, uni yo‘ndirib qayta barpo etish fikri meteoritning xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq. Meteorit bo‘lib Tungus daryoss bo‘yiga qulagan qahramoni hech kim sezmaydi, ko‘rmaydi, u qulagan yerda qolgan izlar, yo‘ngan o‘rmonlar uning ko‘ngil kechinmalari va ruxiy holatidagi zarbalardan qolgan dartning obrazli tasvirlanishi deya baholash mumkin. Sher davomida lirik qahramon endi Atlantida bo‘lib ummonga chókib ketadi. Shoir dunyoga begonalashish motivini yana da kuchaytiradi. Endi lirik qahramon odamzot tarixidagi eng qadimiy afsonalarning biri Atlantıdaga aylanib yer yuzidan yo‘qoladi. Shoir Atlantida taqqoslashi yordamida odamlar orasida turib ham yo‘qolib borayotgan, yurtning ko‘z o‘ngida begonalashib borayotgan lirik qahramonning kechinmalarini tasvirlaydi. Sher so‘ngida tamomam unutilib, begonalashib qolgan lirik qahramonning ayanchli tuyg‘ulari bilan qolgan sokin holati tasvirlanadi: Men yer bosib turib yo‘qoldim, Manglayida shamchirog‘i borlar ichida – Bizni yo‘qlaganlar bo‘lmadi. Nigohimdan Dunyoning surati o‘chti. Zulmatdan g‘ariblik ila boqardim yorug‘lik tamon [3.29]. 348 O‘zi yashab turgan jamiyat bilan, dunyo qarashlari, maqsadi va intilishlari zid kelgan insonning ruxiyatida, ongida konflikt kuchayib, endi jamiyat unga tor bo‘lib sezila beradi, uning niyat va takliflarini jamiyat bekorlasa, jamiyatning nizom va tartiblarini u qabul qila olmaydi. Inson ongidagi bunday kuchli konflikt begonalashish, beparvolik, cheklash tabiyatini paydo etadi. Endi har bir o‘tgan kun u uchun og‘ir va ziyoniga xizmat qila beradi. Oxirida u jamiyat ichidan yangi jamiyat, dunyo ichidan o‘zga dunyoni izlaydi, topishni istaydi. Lirik qahramon jamiyatga obyektiv jihatdan ham, subyektiv jihatdan ham qaram bo‘lish
Доказательный фрагмент
«The article discusses the motif of alienation in the poetry of the Karakalpak poet S.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article discusses the motif of alienation in the poetry of the Karakalpak poet S. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- motive of alienation, society, conflict, lyrical hero, inner experiences, real and, ziddiyat, haqiqiy va ideal dunyo, Kalit so‘zlar: begonalik motivi, jamiyat, lirik qahramon, zamon va makon., ichki kechinmalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026