Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HAJVIY HIKOYALARNI O‘QITISH METODIKASI
Oqbo‘tayev Elbek Abdurazzoq o‘g‘li · Okbutayev Elbek Abdurazzoq oğlu · Окбутаев Эльбек Абдураззокович
Для учителей · 2026
Аннотация
This article examines the issues of teaching humorous stories in Uzbek literature in the educational process from a theoretical perspective. The aesthetic characteristics of humorous stories, their educational, educational and critical functions are analyzed. The role of humor as a 351 literary genre in the formation of critical thinking in students is highlighted, and the theoretical foundations of the methodology for teaching them are developed. The criteria for selecting, analyzing and evaluating humorous texts in the educational process are also considered. Keywords. Humor, Uzbek literature, artistic aesthetics, group place, position, genre, education Zamonaviy ta’lim jarayonida adabiy asarlarni o‘qitish faqatgina matn mazmunini tushuntirish bilan cheklanmasligi, balki o‘quvchining estetik didini shakllantirish, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, jamiyatdagi ijtimoiy-hayotiy hodisalarga ongli munosabat bildirish kabi kompleks vazifalarni bajarishi lozim. Shu nuqtayi nazardan qaralganda, o‘zbek adabiyotida alohida badiiy-estetik ahamiyat kasb etgan hajviy hikoyalarni o‘rganish va o‘qitish metodikasini chuqur ilmiy-nazariy asosda yoritish dolzarb masalalardan biridir. Hajviy hikoyalar o‘zining kulgi orqali anglatilgan tanqidiy mohiyati bilan o‘quvchilarda haqiqatni anglash, ijtimoiy illatlar mohiyatini tushunish va ularga nisbatan faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiladi. Biroq ta’lim amaliyotida bu janrga oid asarlarni o‘qitish ko‘pincha ikkilamchi o‘rinda turadi, ularning poetikasi, g‘oyaviy-badiiy tahlili yuzaki olib boriladi. Shu sababli birinchi muammo sifatida hajviy hikoyalarning o‘quv dasturlaridagi o‘rni va metodik ahamiyatini qayta ko‘rib chiqish ehtiyoji mavjud. Ikkinchi muammo – hajviy hikoyalarni o‘qitishda pedagogik yondashuvlar masalasidir. Ko‘plab hollarda o‘qituvchilar bu janrni o‘quvchilarning tushunchasiga yengil tuyulgan shakli sifatida baholaydi, biroq uning chuqur estetik qatlamlarini ochib berish, obrazlar orqali berilgan ijtimoiy tanqidni anglatish metodik jihatdan murakkab jarayonni talab qiladi. Bu esa o‘qituvchidan nafaqat adabiy bilim, balki didaktik yondashuv, psixologik sezgirlik va ijodiy yondashuvni ham taqozo etadi. Uchinchi masala sifatida, o‘quvchilar bilan ishlashda tanlanadigan hajviy matnlarning yoshga mosligi, g‘oyaviy-estetik qiymati va zamonaviylik darajasini hisobga olish muhimdir. Ba’zan o‘quvchilarda hajvni faqatgina kulgu elementi sifatida qabul qilish holatlari kuzatiladi. Aslida esa hajviy hikoyalar — o‘zbek adabiyotining teran falsafiy qatlamlarini o‘zida mujassam etgan janr bo‘lib, ularni anglash uchun o‘quvchida muayyan tayyorgarlik va adabiy kompetensiya bo‘lishi lozim. Ushbu maqolada ana shu uch asosiy yo‘nalish – hajviy hikoyalarni o‘quv jarayonidagi o‘rni, ularni o‘qitish metodikasi va matn tanlash mezonlari atroflicha yoritilib, bu boradagi nazariy masalalar tahlil qilinadi. Maqsad – hajviy hikoyalarni zamonaviy ta’lim jarayoniga puxta metodik asosda tatbiq qilish, ularni samarali o‘qitish orqali o‘quvchilarning badiiy-estetik tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilishdir. Hajviy hikoyaning estetik va ijtimoiy funksiyasi bu jamiyatdagi illatlarni ochib beruvchi, insoniy fazilatlarni qadrlashga undovchi adabiy vosita sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Yevropa estetikasi tarixida hajv ijtimoiy o‘zgarishlarga ta’sir ko‘rsatuvchi kuch sifatida e’tirof etilgan. Masalan, fransuz faylasufi Anri Bergson “Kulgi” (“Laughter”) asarida shunday yozadi: “Kulgi — bu ijtimoiy korreksiya vositasi. Jamiyat kulgi orqali o‘zini sog‘lomlashtiradi.”[1.92] Demak, hajviy hikoyalar o‘quvchini tanqidiy fikrlashga, jamiyatdagi salbiy holatlarni anglashga yo‘naltiradi. Hajviy hikoyaning ta’limiy imkoniyatlari bir qancha hisoblanib, jumladan, hajviy hikoyalar o‘quvchilarning axloqiy-estetik qarashlarini shakllantirishda katta rol o‘ynaydi. Ular bevosita nasihat bermaydi, balki obrazlar va badiiy vaziyatlar orqali o‘quvchini mustaqil fikrlashga undaydi. Mashhur psixolog Lev Vygotskiy “Estetik tarbiya bolaning ongiga bevosita ta’sir etadi” deb ta’kidlagan.[2.38] Hajviy hikoyalar aynan estetik ta’sir kuchiga ega bo‘lib, o‘quvchilarning ongida murakkab ijtimoiy hodisalarga nisbatan ichki munosabat shakllanishiga xizmat qiladi. Hajviy hikoyalarni samarali o‘qitish uchun zamonaviy metodik yondashuvlar zarur. Jumladan: guruhli tahlil, rolli o‘yinlar, dramatizatsiya, “Agar siz shu qahramon bo‘lsangiz...” kabi shartli savollar va bahs-munozaralar orqali o‘quvchini chuqur tahlilga jalb qilish mumkin. Pedagogik psixolog Jerome Bruner hikoya qilish orqali anglash (narrative understanding) usulini 352 ta’limda muhim vosita sifatida ilgari suradi.[3.25] Bu yondashuv hajviy hikoyalarning mazmunini chuqurroq anglashga yordam beradi. Hajviy hikoya matnlarini tanlash mezonlari ham mavjud. Ta’lim jarayonida o‘qitiladigan hajviy hikoya matnlari o‘quvchilarning yoshiga, qiziqishlariga, tushunish darajasiga mos bo‘lishi kerak. Matnlar g‘oyaviy-estetik jihatdan boy b
Доказательный фрагмент
«This article examines the issues of teaching humorous stories in Uzbek literature in the educational process from a theoretical perspective.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the issues of teaching humorous stories in Uzbek literature in the educational process from a theoretical perspective. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Humor, Uzbek literature, artistic aesthetics, group place, position, genre, badiiy-estetik, Kalit so‘zlar. Hajviya, ta’lim, o‘zbek adabiyoti, pozitsiya, janr, guruhli o‘rin
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025