Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NAZAR ESHONQULNING “BEPOYON OSMON” HIKOYASI TAHLILI
Safarova Dildora Baxtiyor qizi · HIKAYESININ ANALIZI ÜZERINE · Safarova Dildora Bahtiyor kızı · Сафарова Дилдора Бахтиёр кизи
Для учителей · 2026
Аннотация
This article provides a literary analysis of Nazar Eshonqul’s short story “Endless Sky,” a work by one of the representatives of Uzbek modernist literature. The study examines the plot, symbolic layers, and philosophical aspects of the story while highlighting the writer’s artistic mastery. Additionally, the article explores the harmony between human psychology, society, and nature depicted in the narrative. 360 Keywords: modernism, postmodernism, symbolism, philosophical interpretation, psychological struggle, society, nature, human psychology. Nazar Eshonqul – o‘zbek modernistik nasrining yetakchi vakillaridan biri bo‘lib, uning ijodida inson ruhiyati, jamiyat va falsafiy fikrlar ustuvor o‘rin tutadi. Yozuvchining “Bepoyon osmon” hikoyasi inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, taqdir, ruhiy iztirob va umid kabi mavzularni yoritadi. Ushbu maqolada asarning sujeti, badiiy uslubi va falsafiy qatlamlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. “Bepoyon osmon” hikoyasi insonning hayot va tabiat bilan uyg‘unligi, ruhiy erkinlik va insoniy qadriyatlar haqida hikoya qiladi. Asarning sujeti murakkab bo‘lib, unda realistik va ramziy unsurlar bir-biriga uyg‘unlashtirilgan [1, 25-b.]. Bosh qahramonning ichki kechinmalari, orzu va umidlari osmon kengliklari timsolida tasvirlanadi. Hikoyada vaqt va makon tushunchalari mutlaq emas, balki subyektiv talqinda berilgan. Bu esa voqealarning shunchaki izchillikda emas, balki ruhiy kechinmalar orqali aks etishiga sabab bo‘ladi. Qahramon hayotining ma’nosini anglash yo‘lida turli bosqichlardan o‘tadi va oxir-oqibatda ruhiy oydinlikka erishadi. Nazar Eshonqul hikoyalarining asosiy xususiyatlaridan biri ramziy ifodalarning keng qo‘llanishidir. “Bepoyon osmon” hikoyasida ham osmon obrazining bevosita va bilvosita ramziy ma’nolari mavjud. Osmon insonning orzu va umidlari, cheksizlik va erkinlik timsoli sifatida tasvirlangan. Bosh qahramon hayotining turli bosqichlarida osmon tasvirlari orqali uning ruhiy holati ochib beriladi. Bundan tashqari, hikoyada tabiat tasvirlari ham muhim o‘rin tutadi. Tabiat insonning ichki dunyosi bilan uyg‘unlikda yoritilgan bo‘lib, u qahramon ruhiyatining aks-sadosi sifatida xizmat qiladi. Yozuvchi tashqi dunyoni tasvirlash orqali inson qalbining sirli tomonlarini ochib berishga intiladi. Hikoyada inson hayotining mohiyati, taqdir va erkinlik mavzulari falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Asarning asosiy g‘oyalaridan biri shundaki, inson o‘z hayotini anglash va o‘zini topish jarayonida doimo izlanishda bo‘lishi lozim. Bepoyon osmon qahramon uchun ramziy ma’noda yangi bosqichga o‘tish, o‘zligini anglash va haqiqiy erkinlikka erishish timsolidir. Yozuvchi jamiyat va shaxs o‘rtasidagi ziddiyatni ham chuqur yoritadi [2, 23-b.]. Qahramonning ichki iztiroblari va tashqi dunyoga bo‘lgan munosabati orqali insonning yolg‘izligi, uning ijtimoiy qoidalarga moslashish yoki ulardan chiqib ketish istagi aks ettirilgan. Nazar Eshonqul ijodi modernistik va postmodernistik yo‘nalishlarga mansub bo‘lib, “Bepoyon osmon” hikoyasida ham bu uslubning aniq belgilarini ko‘rish mumkin. Asarda zamonaviy insonning ruhiy iztiroblari, noaniqlik, ma’naviy qidiruv jarayoni hamda ramziy obrazlarning betakror uyg‘unligi namoyon bo‘ladi. Modernizm unsurlari sifatida hikoyada subyektiv voqelik, ichki monolog, insonning anglash jarayonlari tasvirlangan bo‘lsa, postmodernizm ta’siri ayniqsa intertekstual yondashuv va falsafiy talqinlarda seziladi [3, 8-b.]. Yozuvchi hayot haqiqatini bevosita aks ettirish o‘rniga uni ramzlar va badiiy tasvirlar orqali ochib beradi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Nazar Eshonqulning “Bepoyon osmon” hikoyasi o‘zbek modernistik nasrining yorqin namunalaridan biri bo‘lib, inson ruhiyati, tabiat va erkinlik masalalarini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Asarda murakkab sujet va ramziy qatlamlar vositasida inson va olam o‘rtasidagi falsafiy bog‘liqlik ochib berilgan. Yozuvchining badiiy mahorati, ramzlardan foydalanish uslubi hamda insoniy qadriyatlarni yuksak darajada yoritishi asarning adabiy ahamiyatini oshiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. N. Eshonqul, Qissalar va hikoyalar. – Toshkent, Sharq, 2008. – B.98. 2. N. Eshonqul. Ijod falsafasi. Mendan –mengacha. – Toshkent, 2018. – B.36. 3. U. Hamdamov Jahon adabiyoti: modernizm va postmodernizm. O‘quv qo‘llanma.– Toshkent, Akademnashr, 2020. –288 b. 361 4. Buriyeva, F. (2024). The gradual development of literary tradition and innovation in poetry (From the Post-1960s Period). American Journal of Philological Sciences, 4(11), 86-89. 362
Доказательный фрагмент
«This article provides a literary analysis of Nazar Eshonqul’s short story “Endless Sky,” a work by one of the representatives of Uzbek modernist literature.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides a literary analysis of Nazar Eshonqul’s short story “Endless Sky,” a work by one of the representatives of Uzbek modernist literature. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- modernism, postmodernism, symbolism, philosophical interpretation, inson psixologiyasi., ramziylik, tabiat, falsafiy talqin, jamiyat, postmodernizm, Kalit so‘zlar: modernizm, ruhiy iztirob
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025