К содержанию
РецензированоUZ2026

ABDULLA QODIRIYNING “O‘TKAN KUNLAR” ROMANIDA QO‘LLANGAN ANTROPONIMLAR TAHLILI

QO‘LLANGAN ANTROPONIMLAR TAHLILI · Xo‘jayorov Bahrom Alisher o‘g‘li · KULLANILAN ANTROPONYİM ANALİZİ (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute talabasi) · Hocayorov Bahrom Alişer oğlu (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute talabasi) · Ходжаёров Бахром Алишер оглы (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute talabasi)

Для учителей · 2026

Аннотация

This article analyzes the anthroponyms used in Abdulla Qodiriy’s novel "Days Past". The study sheds light on the lexical and spiritual characteristics of personal names and nicknames, their connection with national values, religious beliefs and historical processes. Keywords. Abdulla Qodiriy, “Days Past”, anthroponyms, Arabic names, Persian names, Turkish names. Antroponimlar (shaxsning ismi, laqabi va taxallusi) o‘zbek xalqining qadimiy madaniy- ma’naviy hamda lisoniy qadriyatlaridan biridir. O‘zbek antroponimlarining lug‘aviy va ma’noviy xususiyatlari axloqiy jihatdan yetuk, komil inson bo‘lishini istash tushunchasini ifoda etuvchi ism berish. Diniy motivlar. Ushbu motiv ma’lum tarixiy sharoit tufayli o‘zgarib turgan bo‘lsa-da, uning asosiy mazmuni diniy e’tiqod motivi bolaga ism tanlashda yetakchi tasavvurlardan biri bo‘lgan. Masalan, turkiy xalqlarning islom diniga o‘tishi uning antroponimiya tizimiga katta ta’sir ko‘rsatgani bunga dalil bo‘la oladi. Keltirilgan motivlar o‘zbek ismlarining paydo bo‘lishi, ismlar fondining shakllanishi va boyishida asosiy omillik rolini o‘ynagan va hozirga qadar an’anaviy fond sifatida iste’molda bo‘lishini ta’minlagan. Keltirilgan motivlarning barchasi o‘zbek antroponimiyasi rivojidagi ekstralingvistik (nolingvistik) omillar bo‘lib, buni etnolingvistika, sotsiolingvistika, shuningdek, tarix va madaniyat tarixi sohalari ham o‘rganadi. Otabek – bu ism qahramonining zodagonlik darajasi, jasurligi va oilaviy qadriyatlari bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Otabek obrazi milliy qahramonlik vatanparvarlik va an’anaviy qadriyatlari ifodalanadi. Otabek – beklar boshlig‘i, nasl-nasabli bola degan ma’noni anglatadi. 1. Yusufbek Hoji. “Yusuf” ismi arabcha bo‘lib, “xudo qo‘shsin” yoki “xudo orttirsin” degan ma’noni anglatadi. Hoji esa, haj ziyoratini ado etgan kishiga nisbatan aytiladi. 2. Kumush. Turkiycha so‘z bo‘lib, quyidagi ma’nolarga ega: e’tiborni tortuvchi qiz yoki oq yuzli, oq badan, nafis go‘zal qiz. 3. Hasanali. Hasan – arabcha so‘z bo‘lib go‘zal, chiroyli degan ma’noni bildiradi, Ali esa, yuqori, ulug‘ degan ma’noni anglatadi. 4. Homid. Arabcha ismi bo‘lib, maqtovchi yoki maqtovga sazovor degan ma’noni anglatadi. 5. Zaynab. Arabcha so‘z bo‘lib, “go‘zal”, “ziynatli” degan ma’noni anglatadi. 6. Mirzakarim. Mirza forscha so‘z hisoblanadi va yozuvchi yoki kotib ma’nolarini anglatadi. Karim esa, arabcha saxiy, oliyjanob degan ma’nolarini bildiradi. Birgalikda esa, oliyjanob inson ma’nosini anglatadi. Qutidor. “Quti” (baxt, saodat) va “dor” (egasi) so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, “baxt egasi” yoki “saodatli” degan ma’noni anglatadi. 7. Rizvonbek. “Rizvon” arabcha bo‘lib, “rozi qilganman” degan ma’noni anglatadi. “Bek” esa “hokim” yoki “rahbar” degan ma’noni anglatadi. 8. Xushro‘y. Forscha ism bo‘lib, “xush” (yoqimli) va “ro‘y” (yuz) so‘zlaridan “yoqimli yuzli” yoki “chiroyli” degan ma’noni anglatadi . 9. Musulmonquli. “Musulmon” va “qul” so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, “Allohning quli” degan ma’noni anglatadi. 10. Alim. Arabcha ism bo‘lib, “bilimdon, olim” degan ma’noni anglatadi. 11. Sodiq. Arabcha ism bo‘lib, “sodiq”, “ishonchli” degan ma’noni anglatadi. 12. Olim. Arabcha ism bo‘lib, “bilimdon” “olim” ma’nosini bildiradi. 13. Qobil. Arabcha ism bo‘lib, “qobiliyatli”, “istedodli” degan ma’noni anglatadi. 14. Solih. Arabcha, “solih”, “ezgu”, “yaxshi” degan ma’noni anglatadi. 15. Abdurahmon. Arabcha “Abd” - (qul) va “Rahmon” (Allohning ismlaridan biri “mehribon”) so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, “Allohning quli” degan ma’noni anglatadi. 184 16. Iskandar. Yunoncha, “Aleksandr” ismining o‘zbekcha ma’nosi bo‘lib, “insonlarni himoya qiluv” degan ma’noni aglatadi. 17. Xolida. Arabcha ism bo‘lib, “abadiy”, “mangu”, degan ma’noni anglatadi. 18. Zulfiya. Arabcha ism bo‘lib, “sochlari jingalak” yoki “sochlari silliq” degan ma’noni anglatadi. 19. Rahmat. Arabcha ism bo‘lib, “rahmat”, “marhamat” degan ma’noni anglatadi. 20. Shamsiya. Arabcha ism bo‘lib, “quyoshga oid” yoki “quyoshli” degan ma’noni anglatadi. 21. Habiba. Arabcha ism bo‘lib, “sevimli”, “yoqimli” degan ma’noni anglatadi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, roman qahramonlarining ismlari ularning ijtimoiy mavqeyi, axloqiy fazilatlari va hayotdagi o‘rnini aks ettiradi. Otabek ismi zodagonlik va jasorat ramzi sifatida qo‘llangan. Yusufbek Hoji ismi diniy hurmat va tajriba ma’nosini ifodalaydi. Kumush ismi esa go‘zallik va nafosat ramzi hisoblanadi. Romandagi antroponimlar arabcha, forsiy va turkiy manbalardan kelib chiqqan bo‘lib, ularning semantik ma’nolari o‘zbek madaniyati va tilining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, maqolada antroponimlarning tarixiy shakllanishi, ularning diniy va milliy motivlari ham o‘rganildi. Natijada o‘zbek antroponimiyasida ekstralingvistik omillar, jumladan etnolingvistika va sotsiolingvistika asosiy rol o‘ynashi aniqlandi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, o‘zbek xalqining nom tanlash an’analari, uning madaniy merosi va tarixiy taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. Foydalanilgan ad

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the anthroponyms used in Abdulla Qodiriy’s novel "Days Past".»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the anthroponyms used in Abdulla Qodiriy’s novel "Days Past". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Abdulla Qodiriy, “Days Past”, anthroponyms, Arabic names, Persian names, Kalit so‘zlar. Abdulla Qodiriy, arabiy ismlar, antroponimlar, “O‘tkan kunlar”, turkiycha ismlar., forscha ismlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники