К содержанию
РецензированоUZ2026

MILLIY TIL VA ADABIY TIL

Bekmurodova Nilufar Dilshod qizi · Yusupov Sardor Shodi o‘g‘li (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute talabasi) · Bekmurodova Nilufar Dilshod kızı (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute talabasi) · Özbekistan-Finlandiya Pedagoji Enstitüsü öğrencisi (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute talabasi) · Yusupov Sardor Shodi o‘g‘li (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute talabasi)

Для учителей · 2026

Аннотация

This article analyzes the writer's image skills using the example of Otkir Hoshimov's work “There is light, there is shadow”. The inner world of the characters in the work, the process of their embodiment as personal and figurative images are revealed in various materials. The author's realistic style of portraying the characters, his deep disclosure of their spiritual experiences, his ability to analyze through programs in the folk language, and his skills of monologues and dialogues are thoroughly examined. , the article analyzes the images of Sherzod and Sayfi Sokiyevich, through which they illuminate such contradictions as social problems, justice and injustice, humanity and self-interest. The article is devoted to studying the skills of Otkir Hoshimov's work and serves as a methodological and effective disclosure of the writer from the point of view of literary criticism. Keywords. Otkir Hoshimov, image creation, “There is light, there is shadow”, artistic means, hero, writing style, literary criticism. Adabiyot inson qalbining eng chuqur sirlarini ochib beruvchi san’at turi hisoblanadi. Yozuvchi esa oʻz asarlari orqali hayotning yorugʻ va qorongʻu jihatlarini inson kechinmalarini hamda ijtimoiy muammolarni aks ettiradi. Oʻtkir Hoshimov – XX asr oʻzbek adabiyotining yirik vakillaridan biri boʻlib, uning ijodida inson ruhiyati, hayotiy sinovlar va jamiyat muammolari asosiy oʻrin tutadi. Uning “Nur borki, soya bor” asari ham ana shunday hayotiy muammolarni aks ettirgan badiiy asarlaridan biri hisoblanadi. Mazkur maqola Oʻtkir Hoshimovning ushbu asardagi obraz yaratish mahoratini tahlil qilishga bagʻishlanadi. Yozuvchi qahramonlarning ichki olamini qanday ochib beradi? Ular oʻquvchilarga qanchalik ta’sir qilishi mumkin? Muallif qaysi badiiy vositalar yordamida qahramonlarni jonlantiradi? Ushbu maqolada aynan shu kabi savollarga javob izlanadi. Obraz – bu adabiy qahramon, yozuvchi tomonidan yaratilgan xayoliy yoki real shaxs. Yozuvchi obrazni faqat tashqi koʻrinishi bilan emas, balki uning his tuygʻulari, ichki olami, qalb kechinmalari, xarakterlari va hayotga boʻlgan munosabati bilan tasvirlaydi. [1, 62 b.] 496 Oʻtkir Hoshimovning obraz yaratish uslubi oʻziga xosligi va hayotiy ekani bilan ajralib turadi. Uning qahramonlari sunʼiy yoki boʻrttirilgan emas, balki haqiqiy insonlar kabi his etiladi. Ijodkorning uslubi quyidagi jihatlar bilan ajralib turadi: qahramonlarning realistik tasviri, ularning ruhiy kechinmalarini chuqur ochib berish, xalq tiliga yaqin uslub, monolog va dialoglar orqali xarakterlar ochilishi hamda qahramonlar va muhit uygʻunligi. “Nur borki, soya bor” asarida ham ijodkor obrazlarning ichki dunyosini oʻta tabiiy va ishonarli tarzda ochib bera oladi. Undagi qahramonlar faqat tashqi harakatlar bilan emas, balki oʻz fikrlari, ichki monologlari orqali ham gavdalanadi, hayotdagi muammolar bilan kurashadi, jamiyatdagi turli bosimlarni boshdan kechiradi. Misol uchun asardagi bosh qahramon – Sherzodni olaylik. Ijodkor Sherzod obrazni tirishqoq, oʻta oʻjar, kuyinchak va adolatsizlikka chidab tura olmaydigan, qalbi toza hamda qalami oʻtkir yozuvchi sifatida gavdalantiradi. Asardan olingan quyidagi dialog oʻquvchining e’tiborini jalb qilmasdan qolmaydi: ...Men bilolmay qoldim, – dedi Sherzod ovozi titrab. – Palatada boʻsh joy tursa-yu, kasal yoʻlakda yotsa? Boʻlim mudiri: – Xotirjam boʻling, joy boʻsh qolmaydi, yoki oʻzingizni joyingizni boʻshatib bermoqchimisiz? Sherzod bu odam yarim hazil, yarim ermak ohangida gapirayotganini tushundi-yu, bolaligidan qoniga singib ketgan qaysarlik lop etib yuziga tepdi. – Boʻpti, boʻshatib beraman! Faqat men yoʻlakda emas manavi devanga chiqib yotaman! Boʻlim mudiri Sherzodning yelkasiga qoqib: – Qiziq odam ekansiz! – dedi. Ammo bu gapni kinoya ohangida emas, samimiy aytdi. – Bu bizning ishimiz, birodar. Kasalni biz davolaymiz, siz emas! – Bilaman, dedi Sherzod boʻgʻiq ovozda, tanasini davolaysiz, ruhini oʻldirasiz. – Tushunmadim, dedi mudir qoshini chimirib. – Nimasini tushunmaysiz?! – Sherzod keskin qoʻl siltadi. Ikki kun yoʻlakda yotgan odam, nega meni tayyor joyga olishmadi, deb oʻylamaydimi? Men oʻsha zormanda joyga loyiq emas ekanman-da, deb koʻngli choʻkmaydimi?! [2, 9 b.] Ushbu parchada Sherzodning oʻziga begona inson taqdiriga befarq emasligi va unga nisbatan boʻlayotgan adolatsizlikka qarshi noroziligi yaqqol koʻrinadi. Asarda bosh qahramon sifatida yana bir obraz koʻzga tashlanadi. Bu – Sayfi Soqiyevichdir. Ushbu obrazni Oʻtkir Hoshimov laganbardor, hamma narsani pul bilan bogʻlaydigan, adolatsiz, dimogʻdor, indallosini aytganda, salbiy qahramon sifatida gavdalantiradi. “Bu dunyoda yo zaring boʻlsin, yo zoʻring boʻlsin” iborasi uning hayotdagi shiori desak mubolagʻa boʻlmaydi. Sayfi Soqiyevichning Sherzod bilan boʻlgan dialogdagi parchaga diqqat qilaylik: - Yoshsiz, uka, yoshsiz! Hozir hamma shunaqa qiladi! Hamma! Baliq ham dumini likkilatmasa suza olmaydi. Dunyoda murosa-yu madora degan gap bor. Naynov, ahmoq. Lekin ahmoq boʻlgani bilan amali bor. Bu

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the writer's image skills using the example of Otkir Hoshimov's work “There is light, there is shadow”.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the writer's image skills using the example of Otkir Hoshimov's work “There is light, there is shadow”. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Otkir Hoshimov, image creation, “There is light, there is shadow”, artistic, adabiy til, adabiy til shakllari., Kalit so‘zlar. Milliy til tushunchasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники