Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BIR BO‘G‘INLI TURKIY SO‘ZLAR ETIMOLOGIYASI (“Devoni lug‘otit turk” asari misolida)
Mamilova Sabina Isoqovna · Mamilova Sabina Isokovna (Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Мамилова Сабина Исоковна (Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi)
Для учителей · 10 · 55-56 · 2026
Аннотация
This article briefly describes the etymology of purely Turkic monosyllabic words. The index-dictionary of G.Abdurakhmonov and S.Mutallibov “Devoni lugʻati-at turk” and the books “Etymological dictionary of the Uzbek language” by Sh.Rahmatullayev were used. Keywords. Pure Turkic words, dictionary, etymology, the word “art”, the word “berk”, the word “burch”, the word “yanch”, the word “koʻrk”, the word “kavsh”, the word “ilk”. Etimologiya – tilshunoslik fanining muhim va murakkab sohasi. Etimologiya soʻzi asl yunoncha “etymon” va “logos” soʻzlaridan tarkib topgan; etimon soʻzi “chin, asl mohiyat” ma’nosini logos soʻzi esa “ta’lim” ma’nosini anglatadi. Shunga koʻra etimologiya sohasida 192 soʻzlarning asl shakli va ma’nosini aniqlash boʻyicha izlanishlar olib boriladi. Sof turkiy bir boʻg‘inli soʻzlar etimologik kelib chiqishini quyidagi leksemalarda ko‘rib chiqamiz: Art – “mato bilan ishqab xoli qil” – degan ma’noda keladi. Masalan: Stol ustini hoʻl latta bilan arting. Bu soʻz qadimgi turkiy tildagi “poklan” ma’nosini anglatgan ar – fe’lidan -t orttirma nisbat qoʻshimchasi bilan hosil qilingan; keyinchalik ikkinchi boʻg‘inidagi tor unli talaffuz qilinmay qoʻygan; oʻzbek tilida “a” unlisi ä unlisiga almashgan: ar+t=art>ärt. Bu fe’l dastlab “pok qil” ma’nosini bildirgan, “xoli qil” ma’nosi keyin oʻsib chiqqan [1,32]. Masalan: Soʻtag-ey! joʻjaxoʻroz-ey! Qoʻyib bersa, meni soʻroq qilmoqchi! Meni-ya! Jangovar Qizil Bayroq ordenlari kavaleri, kimsan Komissarni-ya! Avval burniningni artib ol, mishiqi! [2,45] Ushbu matn tarkibida qo‘llanilgan “art” so‘zi fe’l turkumini ifodalagan va ushbu o‘rinda shakldoshlik yuzaga kelgan. Gʻ.Abdurahmonov va S.Mutallibovlar tomonidan nashr etilgan “Devoni lug‘ati at-turk” indeks-lugʻatida ham “art” soʻzining boshqa bir nechta ma’nolari keltirilgan: a) art - tog‘ tepasi, dovon - vershina, g‘or, pereval; b) art - orqa, boʻyin, art – sach - orqa soch, gardom muyi [3,23]. Hozirgi kunda ishlatilish darajasi faol: Berk – mustahkam yopilgan. M: Bu uyning darvozasi hamisha berk. Bu sifat turkumiga oid birlik qadimgi turkiy tildagi “mustahkam boʻl” ma’nosini anglatgan be – fe’lining -r orttirma qoʻshimchasi bilan hosil qilingan shakliga -(i)k qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan; keyinroq ikkinchi boʻg‘indagi tor unli talaffuz qilinmay qoʻygan: (be+r=ber)+ik=berik>berk. Mahmud Koshg‘ariy “Asli bek, r harfi ortiqcha”, - deydi, vaholanki bek va berk soʻzlarining tarkibi keskin farq qiladi.[1,46] M: Azizxon kun boʻyi yer parchin boʻlib yotadi.U oʻzini boshi berk koʻchaga kirib qolgandek sezardi. [4,43] Bu soʻz Gʻ.Abdurahmonov va S.Mutallibov “Devoni lugʻat at-turk” indeks-lugʻatida oʻz maʼnosida yaʼni “berk, mustahkam” ma’nosida kelgan [3,32] ushbu so‘zning fonetik tarkibi ham e’tiborga molik, qator undosh kelgan so‘zlar, asosan, fors-tojik tiliga xos xususiyat hisoblanadi. Burch – ikki narsa tomonining kesishgan joyi. Hovlining ichkari chap burchiga oshxona qurilgan. Bu ot “aylantir”, “eg” semalariga ega. Bur – feʼlidan -u(ch) qoʻshimchasi bilan yasalgan; keyinchalik ikkinchi boʻgʻinidagi tor unli talaffuz qilinmay qoʻygan: bur+uch=buruch>burch. [3,71] M: – Qoʻyvor! Qoʻyvor ayamni! Ayvon burchagida qoʻnishib turgan qizaloq quyundek uchib kelib, Fotimaning yelkasidan quchoqlab oldi [2,67]. Ushbu holatda ham so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlaridan biri shakldoshlik munosabati yuzaga kelyapti. Bu jarayon tilning leksik sathiga xos, lekin uzoq davr mobaynida shakllanadi. Koʻrk – husn, chiroy. M: Togʻlarning betkay tomonlarida endi gullagan jiydalar bogʻlarning koʻrkiga koʻrk qoʻshardi. Bu ot qadimgi turkiy tilda “qara”, “nazari tush” maʼnosini anglatuvchi kör – feʼliga -oʻ(k) qoʻshimchasini qo‘shish bilan yasalgan, keyinchalik ikkinchi boʻgʻindagi tor unli talaffuz qilinmay qoʻygan. Oʻzbek tilida ö unlisining yumshoqlik belgisi yoʻqolgan: kör+oʻk = köroʻk > körk > kork. [1, 230] Bu ot dastlab “koʻrinish” maʼnosini anglatgan boʻlib, “husn” maʼnosi shu maʼno asosida yuzaga kelgan. M: Ne desangiz, har ikki tomonning ish boshigʻa intilgan kishilarning koʻkragiga qoʻl solib koʻrsangiz, birisining faqat el talamoq, boyliq orttirmoqqagʻina boʻlgan gʻarazini, ikkinchisining koʻrkli xotinlar, yuqori turmushlar uchun boʻlgʻan maqsadinigʻina koʻrib, ikki orada “elni tinchitay”, el ham rohat-tirikchilik qilsin. degan uchinchi bir oliy maqsadini charogʻ yoqib axtarsangiz ham topolmassiz. [5, 236] Koʻrk – sinonim soʻz boʻlgani uchun hozirgi kunda uning maʼnodoshlari ham ishlatiladi. Masalan: Bahor yangligʻ ochildi, Gullar kabi sochildi, Chiroyidan ovoza, Elga tarqaldi toza.[6,21] Yanch – ezgʻila, maydala, kukunga aylantir, donni qobigʻidan ajrat. 193 M: Ilonni quyrugʻidan emas, boshidan yanchadilar. (Maqol). Bu soʻz qadimgi turkiy tildagi “yoy”, “soch” – maʼnosini anglatgan yan – feʼliga kuchaytirish maʼnosini ifodalovchi -ch qoʻshimchasini hosil qilingan, keyinchalik ikkinchi boʻgʻinidagi tor unli talaffuz qilinmay qoʻygan; oʻzbek tilida a unlisi ä unlisiga almashgan: yan+ch=yanch>yanch>yänch. Soʻ
Доказательный фрагмент
«This article briefly describes the etymology of purely Turkic monosyllabic words.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article briefly describes the etymology of purely Turkic monosyllabic words. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Pure Turkic words, dictionary, etymology, the word “art”, the word “berk”, the, lugʻat, etimologiya “art”soʻzi, Kalit soʻzlar. Sof turkiy soʻzlar, “kavsh” soʻzi, “ilk” soʻzi., “yanch” soʻzi, “burch” soʻzi, “koʻrk”soʻzi, “berk” soʻzi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025